Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
288 subscribers
14K photos
998 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Televideniya xizmatlaridan foydalanishga ulanish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videoda...

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Jarayon

Shaxmat-shashka musobaqasi tashkil etildi

 Yurtimizda yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bo‘ka tuman adliya bo‘limi tomonidan Bo‘ston mahallasida Besh muhim tashabbus loyihasi doirasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

 Mahalla yoshlar yetakchisi bilan birgalikda 39-umumtaʼlim maktabida  mahalla aholisi, o‘qituvchi va  o‘quvchi yoshlar o‘rtasida shaxmat-shashka musobaqasi tashkil etildi. G‘olib va faol ishtirokchilar adliya bo‘limi tomonidan taqdirlandi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Adliya_xabari

📢📢 Adliya vazirligi tizimida korrupsion omillarni aniqlash yuzasidan navbatdagi onlayn so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Barchani ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olishda o‘z hissangizni qo‘shishga chorlaymiz. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

So‘rovnoma 👉 to‘ldirish

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135 ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Chet eldan g'aroyib yovvoyi o'simlik olib kelish uchun nima qilish kerak?

🌿Ba'zan chet elda g'aroyib yovvoyi o'simlik sotib olishni va uni uyga olib kelishni yoki aksincha, mamlakatdan olib chiqishni xohlaysiz. Biroq ushbu harakatingiz kontrabandaga aylanmasligi uchun nima qilish kerak?

👮Qonuniy usullardan biri olib chiqish yoki olib kirish ruxsatnomasini olishdir. Ushbu ruxsatnomalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi.

📄Qanday qilib ruxsatnoma olish mumkin:

💠Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling va quyidagi hujjatlarni taqdim eting

🔸 Ariza beruvchining ma'lumotlari;

🔸Turlar bo'yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o'simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug'lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko'rsatiladi;

🔸Chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;

🔸 Olib chiqish uchun asos — yovvoyi o'simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o'simliklarni qonuniy g'amlash (to'plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami)

Xizmat ko’rsatish muddati: 15 ish kuni

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_eslatma

Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 9-aprel (1336-yil)

Buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur
#688_yilligi

Chinozlik yoshlar Temuriylar tarixi davlat muzeyida

Bugun yurtimizda yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludining 688 yilligi keng nishonlanmoqda.

Chinoz tumani adliya bo‘limi tashabbusi bilan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir guruh faol yoshlar uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

   Sayohat davomida yoshlar Temuriylar davlati, Buyuk Ipak Yo‘li, Amir Temur shajarasi va temuriylar davriga oid qo‘lyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, meʼmoriy bezak qoplamalari, kitoblar, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlar haqida ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, shaxsiy tomorqasida band bo'lgan yoki mazkur maydonda, issiqxona, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog'dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug'ullanayotgan tomorqa yer egalari yoki ularning oila a'zolari yerning maydoni yoki hayvon va parranda sonidan qat'i nazar o'zlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to'lashi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏠 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

🗓 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🖥 Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Chirchiq shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi faoliyati  “Mahalla” telekanalining “Mahalla yangiliklari” informatsion dasturida yoritildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
— Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.

📌Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📢📢 Adliya vazirligi tizimida korrupsion omillarni aniqlash yuzasidan navbatdagi onlayn so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

📝Barchani ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olishda o‘z hissangizni qo‘shishga chorlaymiz. Sizning fikringiz biz uchun muhim.

SO‘ROVNOMA 👉TO‘LDIRISH

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Bilasizmi

Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:

🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini SESga borish shart emas

📝Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🔸Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 2 baravarida (640 ming soʻm) yigʻim undiriladi.

🗓Soʻrovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

🖥Belgilangan muddat mobaynida, Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan, sanitariya pasportini DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

📌Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi oʻzgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi.

👉Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_davlat_xizmatlari

💠Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videoda...👆🏻

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat