Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
287 subscribers
14K photos
999 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

O‘quvchilarning huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi

Bekobod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan   Nayman mahallasi yoshlarining huquqiy bilimini baholash va rag‘batlantirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, shuningdek, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 44-umumtaʼlim maktabda “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlarda yoshlar uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan muhim huquqiy maʼlumotlar, konstitutsiya, davlat xizmatlari, intellektual mulk va saylov huquqi hamda tadbirkorlik sohalaridagi huquqiy masalalarga oid maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida viktorina savol-javoblari va test sinovi o‘tkaziladi.  Eng faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar va  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Jarayon

 Sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi

 O‘rta Chirchiq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazdan 15 chaqirim uzoqlikda joylashgan “Boyovul” mahallasida aholi uchun sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Mutaxassislar tomonidan aholining murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi. id.gov.uz va my.gov.uz portallari va Mobile-ID tizimidan foydalanish, davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda olish mumkinligi aytib o‘tildi. 

Tadbir davomida pensiya haqida, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha,   uy-joyni kadastrdan o‘tkazish, arxiv maʼlumotnomasini olish va oqava suvi hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazish   kabi 30 ga yaqin sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Bilasizmi

🏠 Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

📌Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir.

📎Xizmatni koʻrsatish tartibi:

🔹 Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.

🔹 Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

📝 Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

🗓 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

🔰 Xizmat narxi:

BHMning 3 foizi miqdorida – 10 200 soʻm;

✔️Asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Televideniya xizmatlaridan foydalanishga ulanish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videoda...

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Jarayon

Shaxmat-shashka musobaqasi tashkil etildi

 Yurtimizda yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bo‘ka tuman adliya bo‘limi tomonidan Bo‘ston mahallasida Besh muhim tashabbus loyihasi doirasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

 Mahalla yoshlar yetakchisi bilan birgalikda 39-umumtaʼlim maktabida  mahalla aholisi, o‘qituvchi va  o‘quvchi yoshlar o‘rtasida shaxmat-shashka musobaqasi tashkil etildi. G‘olib va faol ishtirokchilar adliya bo‘limi tomonidan taqdirlandi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Adliya_xabari

📢📢 Adliya vazirligi tizimida korrupsion omillarni aniqlash yuzasidan navbatdagi onlayn so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Barchani ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olishda o‘z hissangizni qo‘shishga chorlaymiz. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

So‘rovnoma 👉 to‘ldirish

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135 ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM