Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari himoya qilinadi

Yurtimizda inson huquqlari, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarining kafolatlarini mustahkamlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida qator tadbirlar olib borilmoqda.  

Xabaringiz bor, adliya vazirligi tomonidan  “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” aksiyasi eʼlon qilingan. Mazkur aksiyasi doirasida Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi tomonidan “Lazzat” mahallasida huquqiy tadbirlar o‘tkazildi.  

Adliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan jismoniy yoki aqliy nuqsoni bor, turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslarga nogironlik belgilanishi, mezonlari,  qancha muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishligb, nogironlik darajasini o‘zgartirish tartiblari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati

📝 "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Noshirlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish mumkin.

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

🖥Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📄Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan ma’lumotlar👈

💠Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

👉Ma'lumot uchun: Ushbu talablar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlari va boshqa hujjatlarni nashr etishga, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar, o‘quv va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan va qo‘lyozma huquqlari bilan ommaviy ravishda tarqatish yoki ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun qayerga murojaat qilishlari lozim?

🔅Bugungi kunda elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra:

🏢Davlat xizmatlari markazlari

💻Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

👨‍💻“ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Hukumatning 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 11-bandida iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda murojaat etganda yig‘im undirilmasligi belgilangan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?

👉Javob: Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

📝belgilangan namunadagi ariza;

🔹adliya boshqarmasi idoraviy FHDY arxivining nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi yoki yo‘qolganligi (yo‘qolish sabablarini ko‘rsatgan holda) haqidagi ma’lumotnomasi;

🔹pasportlarning kseronusxalari (nusxalari);

🔹bolalarining (ular bo‘lsa) tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari;

🔹nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa qo‘shimcha hujjatlar.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Mahalla raislari uchun seminar

Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida tumandagi mahalla raislari ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda “Yashil makon” aksiyasi doirasida tumandagi bo‘sh turgan yer maydonlarini aholiga ijaraga berish, undan foydalanish bo‘yicha tuziladigan ijara shartnomasining huquqiy shartlari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, ijro intizomi bo‘yicha edo.ijro.uz elektron dasturdan foydalanish qulayliklari, mahalla faoliyatda yuzaga keladigan muammolarning huquqiy yechimi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.  online-mahalla.uz platformasining kamchilik va yutuqlari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

🔹Yuridik shaxs (ish beruvchi)
🔹Jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)

📄Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸330 000 so'm (BHMning 1 baravari);

📝Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

📌Ma'lumot uchun: Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Biometrik pasportni ID kartaga qayerda almashtirish mumkin?

💡Bugungi kunda biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan Ichki ishlar organlari yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉Batafsil yuqoridagi videoda

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Mahallalarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

 Quyi Chirchiq  tuman adliya bo‘limi  Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan “Beruniy”, “Ko‘ksaroy”, “Bishkent”, “Chinobod”, “Sergeli” va “Surum” mahalla fuqarolar yig‘inida manzilli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarga qonunchilikda qanday imtiyoz va yengilliklar ko‘rsatib o‘tilgani bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, murojaatlar bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil etish borasida o‘zaro fikr almashildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, raqobatchini obro'sizlantirish, ya'ni bosma yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xo'jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg'on, noaniq yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarni tarqatish quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (16 mln 500 ming so'mdan 33 mln so'mgacha) miqdorda jarima;

360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

Qoida tariqasida, o'rindoshlik asosida ishlovchi xodimga o'rindoshlik bo'yicha ishlaydigan ish joyiga taqdim qilishi uchun asosiy ish joyiga taqdim qilinadigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma'lumotnomasining davolash-profilaktika muassasasi bo'lim mudiri tomonidan tasdiqlangan nusxasi berilishi belgilangan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

ID-kartani rasmiylashtirish va berish qaysi hollarda amalga oshiriladi?

📌ID-kartani rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

🔹ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
fuqaro 16 yoshga to‘lganda;

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganda;
ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;

🔹fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;

🔹ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;

🔹ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;

🔹ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;

🔹ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.

✔️Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-son farmoni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM