Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
253 subscribers
15.4K photos
1.17K videos
6 files
8.66K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi

  Toshkent viloyati adliya boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi, adliya boshqarmasi vakillari, tuman va shahar partiya faollari hamda deputatlar ishtirok etdi.

Batafsil:👉https://telegra.ph/Konstituciyavij-%D2%9Bonun-loji%D2%B3asining-mazmun-mo%D2%B3iyati-keng-tushuntirildi-10-26

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

👉Murojaatlar:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

📝Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

🔹amalga oshirish yoki amalga oshirish niyatida bo‘lgan harakatlar va (yoki) faoliyatning muayyan turi ko‘rsatilgan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi ariza;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy bo‘limlaridan olingan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash huquqi uchun sanitariya-epidemiologiya xulosasi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 2 baravari

📄Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: BHMning 2 baravari

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 3 yil

Izoh:
Rentgen uskunasidan foydalanish uchun beriladigan ariza, ariza beruvchi tomonidan har bir rentgen uskunasi uchun alohida beriladi, bunda har bir ariza uchun to‘lanadigan yig‘im alohida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FHDY_xizmatlari

📌 FHDY organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan toʻlov miqdorlari haqidagi maʼlumotlar infografikalarda.

🔊Hurmatli fuqarolar!

⚡️ FHDY organlarida ortiqcha pul mablagʻlari talab qilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Adliya vazirligining @antikorbot telegram botiga hamda 1148 ishonch telefon raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bu_muhim

👨‍👩‍👧Yaqin qarindoshlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshiring!

💳Yagona interaktiv davlat xizmatlari potalidagi sahifangiz orqali yaqin qarindoshlaringiz to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish imkoni mavjudligidan xabardormisiz?

🖥Agarda bexabar bo'lsangiz, quyida keltirilgan havola orqali yaqinlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshirishingiz mumkin.

🔹https://my.gov.uz/uz/zags-pinfl-info 👈👈👈

❗️Agar siz biron bir xatolik yoki nomuvofiqlikni aniqlasangiz, ma‘lumotlarni tahrirlash uchun ariza yuboring.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat etiladimi?

📌Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat beriladi.

📎Bunda, ko‘chma savdo obyektlarini foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi, ijaraga oluvchi esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

😄Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 990 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari himoya qilinadi

Yurtimizda inson huquqlari, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarining kafolatlarini mustahkamlash, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida qator tadbirlar olib borilmoqda.  

Xabaringiz bor, adliya vazirligi tomonidan  “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” aksiyasi eʼlon qilingan. Mazkur aksiyasi doirasida Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi tomonidan “Lazzat” mahallasida huquqiy tadbirlar o‘tkazildi.  

Adliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan jismoniy yoki aqliy nuqsoni bor, turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslarga nogironlik belgilanishi, mezonlari,  qancha muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishligb, nogironlik darajasini o‘zgartirish tartiblari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati

📝 "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Noshirlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish mumkin.

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

🖥Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📄Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan ma’lumotlar👈

💠Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

👉Ma'lumot uchun: Ushbu talablar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlari va boshqa hujjatlarni nashr etishga, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar, o‘quv va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan va qo‘lyozma huquqlari bilan ommaviy ravishda tarqatish yoki ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun qayerga murojaat qilishlari lozim?

🔅Bugungi kunda elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra:

🏢Davlat xizmatlari markazlari

💻Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

👨‍💻“ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Hukumatning 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 11-bandida iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda murojaat etganda yig‘im undirilmasligi belgilangan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?

👉Javob: Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

📝belgilangan namunadagi ariza;

🔹adliya boshqarmasi idoraviy FHDY arxivining nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi yoki yo‘qolganligi (yo‘qolish sabablarini ko‘rsatgan holda) haqidagi ma’lumotnomasi;

🔹pasportlarning kseronusxalari (nusxalari);

🔹bolalarining (ular bo‘lsa) tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari;

🔹nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa qo‘shimcha hujjatlar.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube