Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
277 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.02K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Mening korxonam tizimda harakatsiz holatga o‘tkazilibdi. Harakatsiz holat nima va qanday asoslarga ko‘ra korxona harakatsiz holatga o‘tkaziladi.

✔️Hukumatning 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga asosan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish choralari ko‘rilmaganda, ularni davlat reyestridan chiqarishga qadar korxonani harakatsiz holatga o‘tkazish chorasi qo‘llaniladi.

📝Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyatini harakatsiz holatga o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi;
🔹to‘qqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, o'zini o'zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so'mgacha miqdorida kredit mablag'lari naqd pulda berilishi belgilangan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon 

Yuridik xizmat ko‘rsatish sifati oshmoqda  

  Toshkent viloyat adliya  boshqarmasi va Qibray tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari “Olmazor”, “Shodlik”, “Beruniy”, “Yangiobod”, “Yuqori yuz”, “Do‘rmon” va “Zebuniso” mahalla fuqarolar yig‘inida   targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi.

  Unda davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish, xodimlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, mulkiy hamda boshqa huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama samarali himoya qilinishini taʼminlash hamda   sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati borasida ham huquqiy tushunchalar berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xavfli yuklarni tashish uchun sig‘imlarning yaroqliligi to‘g‘risida xulosa" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxs va yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸660 000 so'm (BHMning 2 baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im miqdori:

💸660 000 so'm (BHMning 2 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Adliya_xabari

❗️Oliy ma'lumotga ega shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi

📝 Kurslarda o'qish uchun barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishi mumkin.

➡️ Hujjatlar 2023 yil 3-31-oktabr kunlari qabul.centertsul.uz sayti orqali faqat elektron ravishda qabul qilinadi.

📁 Buning uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

fuqarolik pasporti;
oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom va uning ilovasi;
3.5x4.5 o'lchamdagi rangli fotosurat.

Qabul kvotasi 100 nafarni (o'zbek tilida) tashkil etadi.

💰To'lov-kontrakt miqdori – 14 500 000 so'm.

⚠️ Eslatib o'tamiz, kursni tugatib, diplom olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo'ladi.

🔘 Murojaat uchun telefonlar: (71) 236-28-55 (1018); (71) 233-66-36 (1018); (90) 930-70-74; (99) 937-04-33; (95) 988-01-50; (98) 125-73-92.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
# Kitob_aksiya

Savobli ishdan chetda qolmang

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi yakuni bo‘yicha Toshkent viloyatda 1 mln. dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Bu raqamning o‘ziyoq aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Aholining davlat xizmatlarini olish jarayonida kutish vaqtini behuda o‘tkazmaslik maqsadida barcha Davlat xizmatlari markazlarida kichik kutubxonalar tashkil etilgan.

DXMlardagi kitob javonlarini qiziqarli va foydali kitoblar bilan to‘ldirish maqsadida aksiya o‘tkazilishi eʼlon qilinadi.

Siz o‘zingiz yoqtirgan va sevib o‘qigan asaringizdan boshqalar ham bahramand bo‘lishini istasangiz bu aksiyada ishtirok eting va kitob sovg‘a qiling.

Topshirilgan kitoblar hududlardagi DXM xodimlari tomonidan qabul qilinib, saqlashi taʼminlanadi.

   Kitob-maʼnaviyat sarchashmasi, u bilan do‘stlashish nafaqat bizni maʼnan yuksaltiradi, balki ezgulikka yetaklaydi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Bu_muhim

🔅Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Adliya aralashgach

Fuqaro Said Xabirov Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan do‘stining nomini abadiylashtirish bo‘yicha adliya vazirligi va viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasiga yo‘llagan murojaati ijobiy hal etildi.
Bu haqda "Nurafshon Tv" telekanalida yoritildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

🔰 Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qiladi.

☑️ Hammualliflikda yaratilgan asarga bo'lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko'rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin 70 yil davomida amal qiladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon 

Davlat tilida ish yuritilishi o‘rganilmoqda

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan adliya organlari va muassasalarida til to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish  hamda sohani rivojlantirish maqsadida “Til-tur” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur aksiya doirasida Ohangaron tuman va Ohangaron shahar adliya bo‘limlarida   maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hamda davlat tilida ish yuritish holatlari o‘rganildi. Binolar peshtoqidagi yozuvlarning lotin alifbosida berilganligiga eʼtibor qaratilib, xodimlar bilan davlat tilida ish yuritish borasida suhbat olib borildi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati

"O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

🔸Yuridik shaxs (ish beruvchi)
🔸Jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸330 000 so'm (BHMning 1 baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

📌Ma'lumot uchun: Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube