Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
272 subscribers
14.3K photos
1.03K videos
6 files
8.06K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

🏢 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸330 000 so'm (BHMning 1 baravari baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

📌Ma'lumot uchun: Oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish litsenziyaning ushbu kichik turida oxirgi iste’molchilarga yo‘ldoshli aloqa va yo‘ldoshli navigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilmaydi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Bilasizmi

📁 Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

Bir xarakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Jarayon 

Adliya xodimlari mahallalarda  

 Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi  yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari  tomonidan  “Mevazor” va “Baxt”  mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, qonun va farmonlar mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. 

“Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi Sayyora Alimjanova va Zulfiya Abduxalilovalar “Temir daftar”da ro‘yxatda turadi. Adliya bo‘limi xodimlariga  boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini olish tartib-tamoyillari xususida murojaat qilishdi. Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan ularga huquqiy maslahatlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon 


Yangi Mehnat kodeksi xodimlar manfaatini ko‘zlaydi    

  Maʼlumki, 2022 yil 28 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilindi. Kodeksda bir qator yangi mehnat turlari ham o‘rin oldi va ish beruvchi hamda ishchi-xodimning mehnatga oid huquqlari yana-da mustahkamlab qo‘yildi.

 Bekobod tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi hamda  Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari umumtaʼlim maktablarida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi. Unda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, mehnat munosabatlarida ish beruvchi va xodimlarning huquqlari, mehnat taʼtillariga chiqish borasida huquqiy maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar haqida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon 

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Ohangaron tuman adliya bo‘limi va Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 11 -sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda “Nurobod” va “Eyvalik” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib, yangi Kodeksda ish beruvchi hamda ishchi-xodimning mehnatga oid huquqlari, mehnat taʼtillariga chiqish borasida huquqiy maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning ko‘p qavatli davlat hisobidagi uy-joylariga order olish,  ijtimoiy himoya va ishga joylashish masalasidagi murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Bir necha yil avval 15 nafar fuqaroga “Nurobod” MFYdan uy-joyga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga berilgan uylarning orderlarni yangilash va yo‘qolgan orderlarning dublikatini olish masalasida qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi. 2 nafar fuqaroga dori vositalari hamda tibbiy buyumlari yetkazib berishni tuman tibbiyot birlashmasi masʼullari nazoratga oldi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik