Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
277 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.02K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon 

Osiyo o‘yinlari sovrindori uylandi

   Yaqinda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX Osiyo o‘yinlarida  Bo‘stonliq tumani farzandi Shaxriyor Mahkamov 1000 metrga baydarkada eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi  musobaqada marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tib, kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

 Osiyo o‘yinlari sovrindori Shaxriyor Mahkamov oila qurmoqda. U o‘ziga umr yo‘ldosh sifatida Durdona  Ahmatovani tanladi. Yoshlar 12 oktyabr kuni Bo‘stonliq tuman FHDY bo‘limida  rasmiy nikohdan o‘tishdi.  

Yangi oila qurgan yoshlarni chin yurakdan tabriklaymiz!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

🔊Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 330 000 so'm (BHMning 1 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

❗️Muhim ma'lumot: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlarlari bilan quydagi ILOVA 👈 orqali tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi deb nimaga aytiladi?

📄Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi bu – bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonuni.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon 

Mahallalarda huquqiy targ‘ibotlar o‘tkazilmoqda  

  Quyi Chirchiq  tuman adliya bo‘limi  yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari  tomonidan  37-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, yangi qabul qilingan qonunlar yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. 

 “Mashrab” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda esa xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ishsiz ayollar bandligini taʼminlashning yangicha tizimi, oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish hamda alimentga oid amaldagi qonun hujjatlari yuzasidan  huquqiy suhbat o‘tkazildi.

  Xususan, “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi "Barkamol avlod" ko‘chasi 227-uyda yashovchi Boyjigitova va "Gulyashnar" ko‘chasi 10 uyda yashovchi Tarakanovalar xonadonlarida bo‘lib, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini olish tartib-tamoyillari xususida huquqiy maʼlumotlar berildi.  

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

🏢 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸330 000 so'm (BHMning 1 baravari baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

📌Ma'lumot uchun: Oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish litsenziyaning ushbu kichik turida oxirgi iste’molchilarga yo‘ldoshli aloqa va yo‘ldoshli navigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilmaydi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Bilasizmi

📁 Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

Bir xarakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Jarayon 

Adliya xodimlari mahallalarda  

 Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi  yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari  tomonidan  “Mevazor” va “Baxt”  mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, qonun va farmonlar mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. 

“Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi Sayyora Alimjanova va Zulfiya Abduxalilovalar “Temir daftar”da ro‘yxatda turadi. Adliya bo‘limi xodimlariga  boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini olish tartib-tamoyillari xususida murojaat qilishdi. Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan ularga huquqiy maslahatlar berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube