Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_табриги

Қадрли ватан ҳимоячилари!

Сизларни Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганлигининг 31 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни билан самимий муборакбод этамиз.

Юртимиз тинчлиги ва фаровонлиги, осойишта ҳаётини кўз қорачиғидек асраб-авайлашдек шарафли ва масъулиятли фаолиятингизда улкан муваффақиятлар доимий ҳамроҳ бўлсин.

Ушбу қутлуғ дамда барчангизга сиҳат-саломатлик, оилавий хотиржамлик ёр бўлишини, хонадонингиздан файзу барака аримаслигини тилаймиз.

Ҳурмат билан, Адлия вазирлиги жамоаси

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qaysi toifa vakillarining farzandlari imtiyozli tarzda maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yiladi?

🔹I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
🔹koʻp bolali oilalarning bolalari;
🔹yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
🔹“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
🔹kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
🔹talabalar va pedagoglarning bolalari;
🔹akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
🔹koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
— Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.

📌Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_tabrigi

Qadrli vatan himoyachilari!

Sizlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinchligi va farovonligi, osoyishta hayotini ko'z qorachig'idek asrab-avaylashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo'lsin.

Ushbu qutlug' damda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik yor bo'lishini, xonadoningizdan fayzu baraka arimasligini tilaymiz.

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali

📊Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan boʻlsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib oʻtish haqida oʻylab yurgan boʻlsangiz, bizning infografika sizga yordam beradi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

⚡️Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtiring

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga muvofiq, fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

📌Amal qilish muddati o'tgan biometrik pasportning o'z vaqtida ID kartaga almashtirmasligi — ya'ni fuqaroning pasportsiz yoki ID-kartasiz yashashi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga binoan pasport tizimi qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʻmuriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

💸Bunday huquqbuzarlik BHMning ikkidan bir qismidan - uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

📍Eslatib o'tamiz, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan ichki ishlar organlari yoki tegishli davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔍Hujjatlaringizni ko'zdan kechirayotib, maktab shahodatnomasini topa olmadingizmi?

😀Хavotirga o’rin yo‘q, shahodatnoma dublikatini olish mumkin.

🏢Buning uchun 👩‍💻my.gov.uz sayti orqali ariza qoldirish orqali kerakli ta’lim tashkilotini tamomlaganlik to‘g‘risida tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat dublikatini olishingiz mumkin.

💰Xizmat narxi — Bepul

Xizmat ko'rsatish muddati — 5 ish kuni

❗️Ma'lumot uchun:
Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Maktabdan tashqari taʼlim faoliyati bilan shugʻullanmoqchimisiz?

Unda siz "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Maktabdan tashqari taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani" vakolatli organga yuborishingiz zarur!

Ushbu xabarnoma orqali nodavlat maktabdan tashqari taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati bilan shugʻullanishingiz mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
—Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori: 150 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Muhim ma'lumot:
Chet tillarga oʻqitgan hollarda, pedagog kadrlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi malaka sertifikati yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikati (IELTS, CEFR, TOEFL IBT) mavjud boʻlishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔰Aktuariy malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

💠 Aktuariy malaka sertifikatini berish Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

📃 Daʼvogar Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi daʼvogar nomidan, YAIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa belgilangan shakldagi anketani elektron shaklda toʻldiradi.

📌 Anketani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli maʼlumot identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

💸 Daʼvogarning aktuariy malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🔸 Daʼvogar davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yigʻim summasining 90 foizi miqdorida undiriladi.

🔰 Malaka imtihoni kamida uch kishidan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, lekin uch oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Malaka imtihonini oʻtkazish sanasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

📎 Vakolatli organ imtihon komissiyasining bayonnomalari qabul qilib olgandan soʻng uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qoʻyilgan aktuariy malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki daʼvogarga YAIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.

💻 Agar aktuariy malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan daʼvogarga YAIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda daʼvogarning elektron kabinetida namoyon boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Аksiyadorlik jamiyatini (АJ) qanday davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin?

Javob:

Аksiyadorlik jamiyatini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish usullari quyidagicha:

🔹onlayn tartibda “fo.birdarcha.uz” sayti orqali (elektron raqamli imzo yordamida) murojaat etiladi;
🔹 istalgan Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilgan holda.

Аksiyadorlik jamiyatini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

🔸arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
🔸 taʼsis hujjatlari (ustav).

Ma’lumot uchun: Аksiyadorlik jamiyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun BHMning 1 baravari (uch yuz ming so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi (fo.birdarcha.uz orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda BHMning 90 foizi).
Аksiyadorlik jamiyatini 30 daqiqa ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#bilasizmi

🔅JShShIR chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qanday yengillik beradi?

O'zbekistonda JShShIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.

📑 Davlat organlari “Elektron hukumat” maxsus platformasi orqali o‘zaro hamkorlik orqali jismoniy shaxslardan qo‘shimcha maʼlumotlarni so‘ramasdan, JShShIR asosida zarur maʼlumotlarni almashadilar.

📝Xususan, 2021-yil 1-iyuldan JShShIR davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator sifatida belgilandi.

📌 O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimida taʼsischilar, direktor, ariza beruvchi yoki uning vakili to‘g‘risidagi maʼlumotlarda JShShIR ko‘rsatilishi kerak.

Afsuski, JShShIR amalda majburiy bo‘lib identifikator sifatida tasdiqlanish vaqtida ta’sischilar – O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilmaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar imkoniyatlari hisobga olinmadi.

☑️ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan qarorida shunday tartib belgilandiki, O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar JShShIR olishlari mumkin.

📎 2022-yil 1-iyundan O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan chet el fuqarosi o‘zining ishonchli vakili orqali Davlat xizmatlari markazlariga JShShIR olish uchun ariza berishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_qiziq

⚡️Qaysi vaqtda fuqarolar ko'proq tashrif buyuradi?

🕐Davlat xizmatlari markazlariga fuqarolarning tashrif buyurishi o‘rganilganda:

🔴Eng ko'p tashrif buyuradigan vaqt soat 09-00dan – 12-00gacha

🟡O'rtacha tashrif 12-00dan – 16-00gacha

🟢Hamda eng kam tashrif 16-00dan – 18-00gacha tashkil etishi aniqlandi.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash” mumkin

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari

🛡Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno)

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 600 000 so'm (BHMning 2 baravari);

💠Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 000 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmati
#Jarayon

Yurtdoshlarimizga issiq choy va kofe ulashilmoqda

Toshkent viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarida davlat xizmatlarini olish uchun tashrif buyurayotgan yurtdoshlarimizga xodimlar tomonidan bir piyola issiq choy va kofe, turli shirinliklar ulashilmoqda. DXMga yaqin joyda bo‘lsalar tashqarida turib qolmasdan markaz ichkarisiga kirib isinib olishlariga imkoniyat yaratilgan.
Shuningdek, barcha DXMlarga tashrif buyurgan pensioner, nogiron, yosh bolali ayollarni zarur hollarda “Damas” xizmat avtomashinasi yordamida yaqindagi bekatlarga, shahar, tuman markaziga yoki uyiga qadar yetkazib qo‘yishlari mumkin.
Shu o‘rinda, barcha davlat xizmatlarini ko‘chaga chiqmay, uydan turib
my.gov.uz, license.gov.uz hamda new.birdarcha.uz portallari orqali ham elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube