Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
275 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.03K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

📝 Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.

✔️O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔖O'zbekiston Respublikasini himoya qilish O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.

🌐 Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o'tashga majburdirlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to'lash asosida amalga oshirililadi.

To'lovlar yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko'rsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun kiritiladi. To'lovlar mazkur ruxsatnomalar berilayotganda kiritiladi.

📝 Yovvoyi hayvonlar to'lovga muvofiq miqdorda tutiladi. YOvvoyi hayvonlarni tutish uchun to'lovlar miqdorlari belgilangan.

⚠️ Agar biron-bir hayvon ovchilik xo'jaligiga yoki insonning xo'jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi hayvon sifatida tutiladigan bo'lsa, uning uchun to'lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, yo'lovchi tashish poezdida (shaharlararolardan tashqari) yo'lovchiga sotib olingan chiptaga binoan joy taqdim qilinmaganda, yo'lovchi talabiga binoan jo'nash stansiyasi tomonidan dalolatnoma tuziladi va bu dalolatnoma asosida unga zudlik bilan chipta uchun pullar to'liq qaytariladi.

📋 Shuningdek, yo'lovchiga o'sha yo'lovchi tashish poezdining o'zida quyi toifa vagonida joy taqdim qilinganda, poezdda yurish uchun olingan summa va o'sha vagonda taqdim etilgan joyning haqiqiy qiymati orasidagi farq qaytariladi.

🖥 Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan chiptalar bo'yicha to'lov qaytarish, ular qaysi stansiyada rasmiylashtirilganligidan qat'i nazar, har qanday stansiyada amalga oshiriladi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📝Fuqarolar dinga munosabatidan qat'i nazar qonun oldida tengdir.

🌐 Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga e'tiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi.

🚫 Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini ko'rsatishga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: Yig‘im undirilmaydi.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Yig‘im undirilmaydi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

📌 Kanalga ulanish