Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
271 subscribers
14.4K photos
1.04K videos
6 files
8.09K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Ohangaron tumanidagi Telov qishlog‘ida "Adliya sayli" tashkil etildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_bizi_haqimizda

“Mahalla” telekanalining “Reportyor” informatsion dasturida Chinoz tuman adliya bo‘limi faoliyati yoritildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxs va yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸60 000 so'm (BHMning 20 foizi baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 3 oy

📌Ma'lumot uchun: Olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “O‘zarxiv” agentligining vakolatli ekspertlari tomonidan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi o‘tkaziladi va ularning xulosasiga ko‘ra ruxsatnoma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Eslatma

⚡️2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirish oxirgi muddati – 31-mart

🔰 Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari
va avtomototransport roʻyxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

▫️ 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil
31-martgacha;
▫️ 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
▫️ 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
▫️ 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

‼️Eski
“prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat Davlat xizmatlari markazlariga, balki Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (IIBB YHXB)ga murojaat qilishingiz yoki uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#eslatma

🪪 Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalarini Toshkent viloyati bo‘yicha quyidagi joylarda almashtirishingiz mumkin:

🟢 Toshkent viloyati IIB YHXB Ro‘yhatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi ➡️ Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Qorasuv 6, Gyote ko‘chasi 52-uy

🟢 IIB YHXB 1-TRIB ➡️ Olmaliq shahar Ulug‘bek ko‘chasi 4-uy

🟢 IIB YHXB 2-TRIB ➡️ Chirchiq shahri Kangli ko‘chasi 1-uy

🟢 IIB YHXB 3-TRIB ➡️ Yangiyo‘l shahar, Toshkent shox ko‘chasi, 57-uy

🟢 IIB YHXB 4-TRIB ➡️ O‘rta Chirchiq tumani Oq-ota QFY Mustaqillik ko‘chasi

🟢 IIB YHXB 5-TRIB ➡️ Angren shahar, Dukent qo‘rg‘oni,13-daha, 13-uy.

🟢 IIB YHXB 6-TRIB ➡️ Bekobod shahar, G‘alaba ko‘chasi 1-uy.

🟢 IIB YHXB 7-TRIB ➡️ Qibray tumani, Qibray shaharchasi, A.Navoiy ko‘chasi, 2-uy

🟢 IIB YHXB 8-TRIB ➡️ Toshkent tumani Keles yo‘li ko‘chasi

🟢 IIB YHXB 9-TRIB ➡️ Parkent tumani A.Navoiy ko‘chasi

🟢 IIB YHXB 10-TRIB ➡️ Bo‘ka tumani, Yangihayot MFY, Markaziy ko‘chasi, 1-uy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

🔅Qanday hollarda nikohni qayd etishdagi 1 oylik muddat qo‘llanilmaydi?

📌Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Gidrogeologik xulosada qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?

📄Gidrogeologik xulosada quyidagi asosiy ma’lumotlar aks ettiriladi:

🔹ko‘rsatilgan hududning geologik-gidrogeologik tuzilishi haqida ma’lumot;

🔹yer osti suv qatlamining tavsifi, gidrokimyoviy va gidrodinamik xossalari haqida ma’lumot;

🔹tegishlicha loyihalashtirilayotgan quduqlarning konstruksiyasiga tavsiyalar.

☑️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Gidrogeologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari;

💸 Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kunida.

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

🔹Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

🔸Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

🔹Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

📌Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlar_raqamlarda

Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

Ushbu xizmatdan bugungi kunga qadar qancha fuqaro foydalandi?

📊Infografika

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
⚡️Nostrifikasiya qanday hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi?

🔅Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish quyidagi hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi:

📃Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta’limi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari;

🏢O‘zbekiston Respublikasi hududida alohida bo‘linmalari (filiallari) va qo‘shma ta’lim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

📈O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan ro‘yxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

📒Tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining yo‘llanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

📕1992-yil 1-yanvargacha xorijiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan talabgorlarning hujjatlari;

📗Oliy ta’limda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining to‘laqonli a’zolari — vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo‘nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;

📘Amerika Qo‘shma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo‘nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;

📙xorijiy oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

📓O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏫Bugungi kunda respublikamizda mavjud Davlat xizmatlari markazlarining 35 tasida Xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

📊Batafsil infografikada👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat