Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
251 subscribers
15K photos
1.14K videos
6 files
8.49K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Xizmatlar_raqamlarda

🔅Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

📌Bugungi kunga qadar biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirganlar soni — 34 444 tashkil qildi.

📊Batafsil Infografikada👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#b-advice.uz

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda toʼsiqlarga duch keldingizmi?

💡
Unda, “b-advice.uz” interfaol axborot portaliga murojaat qiling!

💻Ishonchli, qulay va eng muhimi bepul huquqiy maslahat beruvchi “b-advice.uz” portali sizga tadbirkorlik subʼektlari toʼgʼrisida hamda ularning faoliyatlariga bogʼliq boʼlgan barcha foydali maʼlumotlarni taqdim etadi.

🖥Mazkur portalda:

💼Tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va ulardagi yangiliklar;

📄Biznesni boshlash va yuritish tartib-tamoyillari;

📎Litsenziyalash. Sertifikatlash. Ruxsatnoma olish tartiblari;

🏦Soliq, Bank, Bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bogʼliq xizmatlari;

📂Biznesni tugatish tartibi;

🔍Tekshirishlar tartibi;

📌Qonunbuzarliklar uchun javobgarlik;

⚡️Hayotiy vaziyatlar;

📝Koʼp beriladigan savollar va ularga ekspertlar javoblari;

💳Kredit va ssuda olish tartiblari kabi masalalar yuzasidan maʼlumotlarga ega boʼlishingiz mumkin.

Shuningdek, qo'shimcha savollaringiz yoki ma'lumot kerak bo'lganda murojaat yuborish yoki biz Sizga qaytib qo'ng'iroq qilishimiz uchun xabar qoldirishingiz mumkin!!!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

FHDY BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA.

Xabaringiz bor fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalari

tugʻilish

nikoh

oʻlim

nikohdan ajratishni qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.

Xoʻsh, xizmatlardan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish oʻzi nima?

❗️Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, yuqorida qayd etilgan davlat xizmatlarini istalgan FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Davlat xizmatlari markazlari orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Ma'muriy reglament kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga yer uchastkasi berish tartibini belgilaydi.

📌Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, Hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun 3 ish kunida kiritiladi, hamda 10 ish kunida hujjatlar konseptual jihatdan ko‘rib chiqiladi va yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

💠Yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

🔹kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori;

🔹Ijara muddati davomida yer solig‘i (ijara to‘lovi) summasiga nisbatan qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffitsient miqdori;

🔹Ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi;

🔹Faoliyatida yuqori texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi;

🔹Rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori.

💠Yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etilgan takliflar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgorni g‘olib deb topiladi.

❗️Muhim ma'lumot: Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar, tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
❗️Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz

Xususiy notariuslik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchiman, buning uchun qayerga murojaat qilishim va qanday hujjatlarni taqdim etishim lozim?

❗️Javob:

Hukumatning 369-son qaroriga muvofiq Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

📝Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:

🔹Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;

🔹Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma.

🔸Davlat xizmatini koʻrsatish uchun 150 000 so'm (BHMning 50 %) miqdorida yigʻim undiriladi.

🔸Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya berganlik uchun 300 000 so'm (BHMning 1 baravari) miqdorida davlat boji undiriladi.

🔸YIDXP orqali murojaat etilganda toʻlovlarning 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Эслатма

⚡️2010 йилгача олинган “права”ни янгисига алмаштиришнинг охирги муддати – 31 март

🔰 Эски намунадаги барча миллий ҳайдовчилик гувоҳномалари ва автомототранспорт рўйхатдан ўтказилганлиги тўғрисидаги гувоҳномаларни мажбурий алмаштириш муддати қуйидагича:

▫️2010 йилгача бўлган даврда берилганлари – 2023 йил
31 мартгача
;
▫️2010 – 2012 йилларда берилганлари – 2023 йил 30 июнгача;
▫️2013 – 2015 йилларда берилганлари – 2023 йил
30 сентябргача
;
▫️2015 йилдан кейин берилганлари – 2023 йил 31 декабргача.

📌 Юқоридаги муддатларгача алмаштирилмаган гувоҳномалар ҳақиқий эмас деб ҳисобланади.

‼️Эски “права”ни янгисига алмаштириш учун нафақат Давлат хизматлари марказларига, балки Ички ишлар бош бошқармаси
Йўл ҳаракати хавфсизлиги бошқармалари (ИИББ ЙҲХБ)га мурожаат қилишингиз ёки уйдан туриб ЯИДХП (my.gov.uz) орқали буюртма беришингиз мумкин.
#Jarayon

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Ohangaron tumanidagi Telov qishlog‘ida "Adliya sayli" tashkil etildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_bizi_haqimizda

“Mahalla” telekanalining “Reportyor” informatsion dasturida Chinoz tuman adliya bo‘limi faoliyati yoritildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxs va yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸60 000 so'm (BHMning 20 foizi baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 3 oy

📌Ma'lumot uchun: Olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “O‘zarxiv” agentligining vakolatli ekspertlari tomonidan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi o‘tkaziladi va ularning xulosasiga ko‘ra ruxsatnoma beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Eslatma

⚡️2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirish oxirgi muddati – 31-mart

🔰 Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari
va avtomototransport roʻyxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

▫️ 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil
31-martgacha;
▫️ 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
▫️ 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
▫️ 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

‼️Eski
“prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat Davlat xizmatlari markazlariga, balki Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (IIBB YHXB)ga murojaat qilishingiz yoki uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#eslatma

🪪 Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalarini Toshkent viloyati bo‘yicha quyidagi joylarda almashtirishingiz mumkin:

🟢 Toshkent viloyati IIB YHXB Ro‘yhatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi ➡️ Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Qorasuv 6, Gyote ko‘chasi 52-uy

🟢 IIB YHXB 1-TRIB ➡️ Olmaliq shahar Ulug‘bek ko‘chasi 4-uy

🟢 IIB YHXB 2-TRIB ➡️ Chirchiq shahri Kangli ko‘chasi 1-uy

🟢 IIB YHXB 3-TRIB ➡️ Yangiyo‘l shahar, Toshkent shox ko‘chasi, 57-uy

🟢 IIB YHXB 4-TRIB ➡️ O‘rta Chirchiq tumani Oq-ota QFY Mustaqillik ko‘chasi

🟢 IIB YHXB 5-TRIB ➡️ Angren shahar, Dukent qo‘rg‘oni,13-daha, 13-uy.

🟢 IIB YHXB 6-TRIB ➡️ Bekobod shahar, G‘alaba ko‘chasi 1-uy.

🟢 IIB YHXB 7-TRIB ➡️ Qibray tumani, Qibray shaharchasi, A.Navoiy ko‘chasi, 2-uy

🟢 IIB YHXB 8-TRIB ➡️ Toshkent tumani Keles yo‘li ko‘chasi

🟢 IIB YHXB 9-TRIB ➡️ Parkent tumani A.Navoiy ko‘chasi

🟢 IIB YHXB 10-TRIB ➡️ Bo‘ka tumani, Yangihayot MFY, Markaziy ko‘chasi, 1-uy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

🔅Qanday hollarda nikohni qayd etishdagi 1 oylik muddat qo‘llanilmaydi?

📌Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Gidrogeologik xulosada qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?

📄Gidrogeologik xulosada quyidagi asosiy ma’lumotlar aks ettiriladi:

🔹ko‘rsatilgan hududning geologik-gidrogeologik tuzilishi haqida ma’lumot;

🔹yer osti suv qatlamining tavsifi, gidrokimyoviy va gidrodinamik xossalari haqida ma’lumot;

🔹tegishlicha loyihalashtirilayotgan quduqlarning konstruksiyasiga tavsiyalar.

☑️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Gidrogeologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM