Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Aksiya

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “ADLIYA TADBIRKORNING MANFAATIDA” aksiyasi o‘tkaziladi.

Batafsil infografikada👆

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

⚡️Davlat xizmatlari markazlari orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Ma'muriy reglament kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga yer uchastkasi berish tartibini belgilaydi.

📌Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, Hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun 3 ish kunida kiritiladi, hamda 10 ish kunida hujjatlar konseptual jihatdan ko‘rib chiqiladi va yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

💠Yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

🔹kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori;

🔹Ijara muddati davomida yer solig‘i (ijara to‘lovi) summasiga nisbatan qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffitsient miqdori;

🔹Ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi;

🔹Faoliyatida yuqori texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi;

🔹Rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori.

💠Yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etilgan takliflar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgorni g‘olib deb topiladi.

❗️Muhim ma'lumot: Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar, tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha takliflar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ayollar daftariga kimlar kiritiladi?


Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

🔹Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
🔹Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
🔹Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
🔹Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
🔹Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
🔹Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma #Bu_muhim

⚡️2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishgacha — 66 kun qoldi

Taniqli raqqosa, “Nihol” mukofoti sovrindori Parizoda
eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini tezroq yangisiga almashtirib olishga chaqirmoqda.

❗️ 2010-yilgacha olingan "prava"ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati — 31-mart

❗️Eski “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat
DXMlarga, balki BEVOSITA vakolatli idora IIBB YHXB boʻlimlariga ham murojaat qilish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

🏢 Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸1 500 000 so'm (BHMning 5 baravari);

📑Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 000 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

⚡️Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi qanday?

“Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizom qabul qilingan.

🔸Murojaatlar:

▫️"Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
▫️ YIDXPmy.gov.uz orqali qabul qilinadi;

💠 Xabarnoma yuborganlik uchun 150 000 s'om (BHMning 50 foizi) miqdorigacha yigʻim undiriladi (alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotishni boshlaganlik haqidagi xabarnomalar bundan mustasno).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

💠Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi Qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning davlat organlari bilan munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan.

Qonunga koʻra maʼmuriy tartib-taomil deganda davlat organlarning ommaviy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalar (yaʼni litsenziya, ruxsat berish tartib-taomillari, davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillar va x.k.)tushuniladi.

Batafsil yuqoridagi infografikalarda👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

👨‍💼Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🔸Murojaatlar qabul qilinadiYIDXPmy.gov.uz;

🔰Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🔸Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

💠Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

🔹intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

🔹sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

🔹sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

📃Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi

📌 Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari);

❗️Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qaysi toifadagi shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi to‘lovlarda chegirma mavjud?

Quyidagi toifadagi shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi:

🔹«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga;
🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga.

📌Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma #Bu_muhim

⚡️2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishgacha — 65 kun qoldi

Taniqli so'z ustasi Davron Asqarov eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini tezroq yangisiga almashtirib olishga chaqirmoqda.

❗️ 2010-yilgacha olingan "prava"ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati — 31-mart

❗️Eski “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat
DXMlarga, balki BEVOSITA vakolatli idora IIBB YHXB boʻlimlariga ham murojaat qilish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔊Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 300 000 so'm (BHMning 1 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

❗️Muhim ma'lumot: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlarlari bilan quydagi ILOVA 👈 orqali tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#ЭЪЛОН

Шошилинг 6 кун муддат қолди!
Нодавлат нотижорат ва диний ташкилотлар диққатига
!

Нодавлат нотижорат ва диний ташкилотларнинг 2022 йилдаги фаолияти тўғрисидаги ҳисоботларни 2023 йил 1 февралидан кечиктирмай e-ngo.uz портали орқали электрон шаклда ёки қоғоз шаклида (ННТлар учун https://lex.uz/docs/3796969, диний ташкилотар учун https://lex.uz/docs/4089832) тақдим қилишингиз сўралади.

Эслатма: Ўзбекистон Республикаси МЖтКнинг 239-моддасига асосан нодавлат нотижорат ташкилотларининг ўз фаолияти тўғрисидаги ҳисоботларни рўйхатдан ўтказувчи органга тақдим этмаслиги, ўз вақтида тақдим этмаслиги ёки белгиланмаган шаклда тақдим этиши, ўз фаолияти тўғрисида била туриб нотўғри маълумотлар тақдим этиши, худди шунингдек нодавлат нотижорат ташкилотларининг ахборотни, шу жумладан улар томонидан мол-мулк ва пул маблағларидан фойдаланилиши тўғрисидаги тасдиқловчи ҳужжатларни тақдим этмаслиги

Мансабдор шахсларга базавий ҳисоблаш миқдорининг ўн беш бараваридан ўттиз бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

💻e-ngo.uz портали

📹 Ҳисоботни тўлдириш юзасидан видео қўлланма билан батафсил танишинг

Minjust.uz | Telegram | Twitter | Facebook | Instagram

Каналга уланиш: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFZCEkvVhtOzezh5Hw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_bizi_haqimizda

Тoshkent viloyati adliya boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda viloyat adliya, ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi huquqiy targ‘ibot tadbirlari, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik xissini uyg‘otish, 2022 yilda olib borilgan ishlar yakuni va kelgusi rejalar muhokama etildi.
Bu haqda "Nurafshon Tv"da lavha efirga uzatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:


👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Sudlanganlik holati qachon tugatiladi?

💠Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugatiladi:

🔹shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
🔹majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
🔹jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin – 1 yil o‘tgach;
🔹ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – 2 yil o‘tgach;
🔹5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 4 yil o‘tgach;
🔹5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 7 yil o‘tgach;
🔹10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 10 yil o‘tgach.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Gaz quvurlari va gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi boshqa obyektlarini montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 600 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati — 1 yil;

gaz xo‘jaligining gaz iste’mol qiluvchi obyektlarini ishga tushirish-sozlash ishlari bo‘yicha — 2 oy.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

🔹 mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori920 000 soʻm;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori300 000 soʻm;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori324 000 soʻm;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar633 000 soʻm;

🔹 bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa 698 000 soʻm;

🔹 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa500 000 soʻm;

🔹 ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda500 000 soʻm;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori – 698 000 soʻmdan iborat.


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube