Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
252 subscribers
15.1K photos
1.15K videos
6 files
8.51K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Transport vositalarini piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Batafsil videoda 👆👆👆👆

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Bilasizmi

🔖Qonunchilikka ko'ra, mehmonxonalarning mulkdorlari umumiy xonalar fondining kamida 1 ta xonasini o‘rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlashi lozim.

☑️Shuningdek, mulkdorlar eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq eʼlonlar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar o‘rnatilishini taʼminlashi shart.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Bilasizmi

🔖Qonunchilikka ko'ra,telekanallar efirida, tele-, video-, kinoxronikali dasturlarda tarqatilayotgan reklamaning umumiy davomiyligi:

🔹ko'rsatuv vaqtining 1 soati davomida 20 foizdan, biroq 1 sutkada ko'rsatuv vaqtining 15 foizidan oshishi mumkin emas.

⛔️Ushbu talab faqat reklama teledasturlariga ixtisoslashtirilgan telekanallarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

❗️Davomiyligi 10 daqiqadan kam bo'lgan teleko'rsatuvlarni reklama bilan uzib qo'yishga va reklama bilan birga namoyish etishga yo'l qo'yilmaydi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Bilasizmi
#Mehnat_huquqlari

⚠️Qonunchilikka ko'ra, yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so'mgacha maxsus oylik ustamalar to'lash ko'zda tutilgan.

📃Ustamalar ularning birinchi 3 yillik mehnat faoliyati uchun belgilanadi.

✔️Bunda maxsus oylik ustamalar har oyda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

🔹birinchi yil uchun — 1 million so'mdan;

🔹ikkinchi yil uchun — 750 ming so'mdan.

🔹uchinchi yil uchun — 500 ming so'mdan.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Bilasizmi
#Mehnat_huquqlari

🔖Qonunchilikka ko'ra, xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo'yicha sudga murojaat etganda sud xarajatlaridan ozod qilinadi.

✔️Sud xarajatlari davlat boji va ishni ko'rish bilan bog'liq chiqimlardan iborat.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Nikohingizni qayd etish uchun arizani masofadan turib yuborish imkoniyatingiz mavjud.

Videoda batafsil.👆

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Bilasizmi

⚡️Qonunchilikka ko'ra, Elektron raqamli imzolar (ERI) kalitlari egalarining huquq va majburiyatlari belgilangan bo'lib, ERI kaliti egasi quyidagilarga amal qilishi shart:

🔹ERIning yopiq kaliti xavfsizligini ta'minlash uchun barcha mumkin bo'lgan choralarni ko'rishi;

🔹ERIning kaliti boshqa shaxslar tomonidan foydalanilayotganligi yoki kirish rejimining buzilganligi aniqlangan taqdirda, ERI kalitining sertifikatini bergan ro'yxatga olish markazini darhol xabardor qilishi;

🔹tarqatilishi cheklangan axborotni o'z ichiga olgan elektron hujjatlarga imzo qo'yish uchun mo'ljallangan ERIning kalitidan faqat tegishli maqsadlarda foydalanishi.

Shuningdek, ERI kalitining egasi qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi hamda uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

⚠️Qonunchilikka ko'ra, 16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga yoki ota-ona o'rnini bosuvchi shaxsga oyiga qo'shimcha 1 dam olish kuni beriladi.

💸Ushbu dam olish kuni uchun 1 kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to'lanishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

📃 Prezident qarori: PQ-5168-son, 29.06.2021 y.

⚖️ Yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari doirasida quyidagilar belgilangan:

⚖️ Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish yo‘nalishida:

Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan hamkorlikda tashkilot xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda ishtirok etish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini yetkazish;

Tashkilot rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlashga ko‘maklashish;

Xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish va ularda bevosita ishtirok etish;

Tashkilot faoliyatida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;

Tashkilot veb-saytiga joylashtirish uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmuni haqida ma’lumotlar tayyorlash;

Xodimlar murojaatlari asosida tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashish, zarur hollarda tushuntirishlar berish;

Qonunchilikdagi o‘zgarishlar, sud amaliyoti hamda Adliya vazirligining ko‘rsatmalarini tashkilotlarga yetkazish.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, yangi quriladigan ko'p kvartirali uylarni chiqindi to'plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

🏬 Shuningdek, uylarning chiqindi to'plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to'plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube