Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
288 subscribers
14K photos
998 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Kun_tarixi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2004-yildan eʼtiboran 9-dekabr – xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni deb eʼlon qilingan. Ushbu xalqaro kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosini tubdan tushunish va Konvensiyaning korrupsiya bilan kurashish va uni oldini olish borasidagi ahamiyatidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6257-son Farmoniga muvofiq yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilgani bu boradagi ishlarni tizimli amalga oshirish imkonini bermoqda.

Obuna boʻling: 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

🔗 Aloqada qoling:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA
#Kun_tarixi

10-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

1992-yil 10-dekabrda “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan. Qonunga koʻra, Davlat madhiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi. 2010-yil 24-dekabrda mazkur qonunga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, fuqarolarimiz, shuningdek, mamlakatimizda boʻlib turgan boshqa shaxslar madhiyamizni hurmat qilishi shart.
Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov sheʼri, Oʻzbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorugʻ umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi

🗓 8-yanvar (1992-yil)

Prezident Farmoni bilan O‘zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilgan

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Yurtimizda Vatan himoyasi kabi ulugʻvor ishga oʻzini bagʻishlagan harbiylarimiz katta hurmat va eʼzoz bilan qadrlanib, har yili “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganiga 30 yil boʻldi.
Oʻzbekiston Mustaqillikka erishganiga endigina bir necha kun boʻlganida, yaʼni 1991-yil 6-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. Harbiy komissariatlar respublika boʻysunuviga oʻtkazilib, sobiq ittifoq armiyasiga askar yuborish toʻxtatildi. 1992-yil 14-yanvar kuni esa mamlakat hududidagi barcha harbiy qism va boʻlinmalarni Oʻzbekiston tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisida tarixiy qaror qabul qilindi. 1993-yilda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni, deb eʼlon qilindi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi

9 fevral – Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan sana

Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher 1441 yilning 9 fevralida Hirotda tug‘ildi. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo‘lgan. Alisher 10-12 yoshlaridan sheʼr yoza boshlagan. Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Navoiyning isteʼdodidan mamnun bo‘lgan mavlono Lutfiy, uning:

Orazin yopqoch, ko‘zumdan sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh.
matlaʼli g‘azalini tinglab: "Agar muyassar bo‘lsa edi, o‘zimning o‘n-o‘n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g‘azalga almashtirardim..." degan. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida keng tanilgan. Sheʼrlarini turkiyda Navoiy, forsiyda Foniy taxalluslari bilan yozgan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Kun_tarixi
#Navoiy_581

Bugun yurtimizda hazrat Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi keng nishonlanmoqda.

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egalladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi

Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat — boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda tug‘ildi.
Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg‘onistonni egalladi. 1519-1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos soldi dekabrda Agra (1530 y. 26 dekabr)da vafot etdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko‘ra Qobulga ko‘chirilgan.
Boburning lirik merosi “Qobul devoni” (1519)ga, 1528-29 yillarda “Hind devoni” ga jamlangan. To‘liq devon tuzgani haqida ma’lumot bor. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g‘azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi
#Bobur_539

Bugun yurtimizda mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat — boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlanmoqda.

Boburning ulug‘ asari “Boburnoma” bo‘lib, uni “Vaqoye” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. “Boburnoma”ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O‘zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e’lon qildi. “Boburnoma”ning 1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda va keyingi yillarda to‘ldirilgan qayta nashrlari amalga oshirildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi

Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tugʻilgan. 17 yoshida “Xayot varaqlari” (1932) birinchi sheʼrlar toʻplami nashr etilgan.
Shoiraning urushdan soʻnggi yillarda yozilgan “Dalada bir
kun” (1948), “Tong qoʻshigʻi” (1953) kabi bir qator sheʼrlar turkumi, “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar” (1958), “Kuylarim sizga” (1965) toʻplamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik koʻrsatayotgan kishilar hayoti joʻshib kuylanadi. Uni “Soʻroqlaydi shoirni sheʼrim” (1960), “Oydin” (1953), “Quyoshli qalam” (1967) kabi ocherk va dostonlari nashr etilgan.
Atoqli shoira 81 yoshida, 1996-yil 1-avgustida vafot etgan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi

Bugun Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

SIR

Shamoldek beqaror shoir sevgisi,
Uning bor davlati – savlati.
Sogʻinchdan yoqaru rayhonlar isi,
Meni talaganing gʻalati...

Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.

Qasri shuhrat aro qon yigʻlar yurak,
Koʻksingda nimadir gʻichchak chaladi.
Unga sheʼr kerakdir,
Senga er kerak.
Koshki tushunsa u valʼadi...

U soʻz kutar, uni sen kutib oylab,
Bir umr yoʻl kutib koʻzing toladi.
Sevgilim, farishtam... tentagim, yo rab,
Baxtingni yarmini sheʼrim taladi!..

Gunohing ne edi, ey mungligʻ dilbar,
Seni tanlaganim gʻalati...
Asl shoir asli oʻylanmay oʻtar,
Uylansa ham koʻrmay xotin oladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Ushbu kun 1925 yil Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan bo‘lsa, oradan 25 yil o‘tib, 1950 yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi.
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#kun_tarixi

18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.
Bayrog‘imizning balandligi yurtimizning obro‘-nufuzi yuksakligidan dalolatdir.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 9-fevral (1441-yil)

Buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

14 fevral (1483 yil)

Buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_tarixi

🗓 8 yanvar (1992 yil)

Prezident Farmoni bilan O'zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilgan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 14-fevral (1483-yil)

Buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Kun_tarixi

Bugun O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya – Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda tavallud topgan kun.

 
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrimga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab,
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.

Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.

Men o‘tgan umrimga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da, bir yashash!..

© Zulfiya Isroilova

  Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 9-aprel (1336-yil)

Buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM