Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
280 subscribers
14.1K photos
1.01K videos
6 files
7.96K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Savol_bormi_Javob_beramiz

"Davlat xizmatlaridan foaydalanishda kimlarga chegirma bor?"

— Nikohdan o'tgan yoki o'tmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kerak. II-guruh nogironiman, ushbu xizmatdan foydalanishda chegirma bormi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi "Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6269-sonli farmoniga asosan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal(my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lov bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatdan tashqari)
#Savol_bormi_Javob_beramiz

Savol: My.gov.uz portali orqali ariza yuborgandim. Ushbu arizamni qanday topishim mumkin?

Javob: Oldin jo‘natilgan arizalar yoki to‘lov uchun kutish tartibida turgan arizalarni “Mening arizalarim” sahifasidagi “Jo‘natilganlar” bo‘limidagi ro‘yxatdan topish mumkin.

Oxirigacha to‘ldirilmagan, to‘lov uchun invoysga ega bo‘lmagan arizalarni “Qoralamalar” bo‘limida topish mumkin.

Arizaning klik bo‘yicha ochilishi ariza haqidagi barcha maʼlumotlarni aks ettiradi. Invoys bo‘yicha to‘lov amalga oshguniga qadar arizani bekor qilish yoki to‘lov qilishga o‘tish imkoniyati mavjud