Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
272 subscribers
14.3K photos
1.04K videos
6 files
8.08K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Tuya bo‘g‘iz mahalla fuqarolari uchun 6-sonli umumtaʼlim maktabida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi  PF-80-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi, aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.

Tadbir davomida aholiga 10 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Fuqarolardan 11 ta huquqiy masaladagi murojaatlar tinglandi. Yuridik masalalarning 2 tasiga joyida  huquqiy tushunchalar berilib, 1 ta murojaat vaqt talab qilganligi bois adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Qibray tumanidagi Beruniy mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilib, adliya va “mahalla yettiligi” hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilmoqda, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.

Mazkur loyihasi doirasida mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Tibbiy ko‘rik jarayoniga 107 nafar mahalla aholisi jalb etildi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 94 nafar aholiga  25 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. 27 nafar bemor fuqaroga tuman va viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim qilindi.

Tibbiy ko‘rik doirasida mahalla ahlining tibbiy-ijtimoiy muammolari muhokama qilindi. Shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlash kurslaridan o‘tmoqda

 Angren shahar FXDY bo‘limiga nikohdan o‘tish uchun ariza bergan 200 nafardan ortiq nikohlanuvchi yoshlar Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda 16 soatlik “Yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash” o‘quv kursida o‘qitildi. 

O‘quv kurslari davomida nikohlanuvchiga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha hayotiy misollar asosida kerakli bilimlar berib borildi.

Kurs yakunida yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Ohangaron tuman adliya bo‘limi xodimlari aholining huquqiy muammolarini aniqlash va hal etish maqsadida Sartamg‘ali, Quyun, Yangiobod, Telov,  Yalpoqtepa va Qiziloy mahallalarida bo‘lishdi. Aniqlangan 48 ta murojaat qabul qilinib, mahalla.adliya.uz platformasi orqali ijroga qaratildi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “Elektron_onlayn auksionlar” orqali yuridik shaxs tashkil etmagan holda yoshlar tomonidan tashkil etilayotgan dehqon xo‘jaliklari davlat ro‘yxatdan o‘tkazilib, guvohnomalar topshirilmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari aholining huquqiy muammolarini aniqlash va hal etish maqsadida Yangiyo‘l, Ming buloq, Islohat, Iftixor, Ittifoq, Umid, Do‘stlik, Ho‘jaobod, Markaz, Nihol, Olmazor va Nurobod  mahallalarida bo‘lishdi. Aniqlangan murojaatlar mahalla.adliya.uz platformasi orqali ijroga qaratildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “Elektron_onlayn auksionlar” orqali yuridik shaxs tashkil etmagan holda yoshlar tomonidan tashkil etilayotgan dehqon xo‘jaliklari davlat ro‘yxatdan o‘tkazilib, guvohnomalar topshirilmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Yangi yil shukuhi

Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Shu kunlarda yurtimizning har bir go‘shasida ana shu bayram shukuhi hukmron. Yana bir necha kundan so‘ng yangi — 2025 yilni qarshi olamiz.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya bo‘limlarining binolarida yangi yil archasi qad rostladi.  Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan fuqarolarga xodimlar tomonidan sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Aholiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida  markaz binolari rango-rang panno va chiroqlar bilan bezatilib, tashrif buyuruvchilarga bir olam zavq-shavq ulashmoqda. Odamlar qalbida farahbaxsh kunlar uchun shukronalik hissini oshirib, ezgu niyatlarni uyg‘otmoqda. 

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Bekobod tuman adliya bo‘limi tomonidan markazdan 55 chaqirim olis hudud, Achamayli mahallasida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasi doirasida sayyor qabul va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.


Qabul davomida aholining mehnat qonunchiligi, yoshlar va xotin-qizlarning huquqlari hamda ularga berilgan imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, subsidiya olish kabi masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmoni ijrosi doirasida bir qator targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “Elektron_onlayn auksionlar” orqali yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilayotgan dehqon xo‘jaliklari davlat ro‘yxatdan o‘tkazilib, guvohnomalar topshirilmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Ohangaron shahar adliya bo‘limi va shahar Xalq qabulxonasi hamkorligida  Baxt mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-grafik asosida sayyor qabul hamda “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.                                                                        

Sayyor qabulga shahardagi tegishli korxona va tashkilot rahbarlari jalb etilib, aholining mehnat qonunchiligi, subsidiya olish, xotin-qizlarning huquqlari hamda ularga berilgan imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish kabi masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘iboti kuni” loyihalari doirasida Navqiron mahallasida “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda  fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.

 Loyiha doirasida adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida  mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari ko‘rib chiqildi va “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan choralar belgilanib, ish yurituviga olindi.

 Shuningdek, aholiga “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyati,  yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Jarayon

Qibray tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan “Adliya kuni” va “Huquqiy targʻiboti kuni” loyihalari doirasida Poʻlat qadam mahallasida “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganildi.

Loyiha doirasida adliya boʻlimi xodimlari ishtirokida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari koʻrib chiqildi va “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan choralar belgilanib, ish yurituviga olindi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari asosida Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, “Madad” NNT hamkorligida fuqarolarga bepul yuridik yordam koʻrsatilgan boʻlsa, Davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimi xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

“Huquqiy mahalla” doirasida huquqiy muammolarni oʻrganish davom etmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya