Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
288 subscribers
14K photos
998 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Kun_tarixi
#Bobur_539

Bugun yurtimizda mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat — boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlanmoqda.

Boburning ulug‘ asari “Boburnoma” bo‘lib, uni “Vaqoye” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. “Boburnoma”ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O‘zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e’lon qildi. “Boburnoma”ning 1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda va keyingi yillarda to‘ldirilgan qayta nashrlari amalga oshirildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Bobur_539

O‘zni , ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.

Ayshu tarab gulbunig‘a suv berib,
G‘ussa niholini qurutmoq kerak.

Tiyra turur zuhd damidin ko‘ngul,
Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak.

Har nimag‘a g‘am ema,g‘am ko‘p turur,
Aysh bila o‘zni unutmoq kerak.

Qo‘yma mashaqqat aro,Bobur,ko‘ngul,
O‘zni farog‘at bila tutmoq kerak.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda