Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
273 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.04K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Muammo_nimada

Bogʻchaga navbatingizni kuzatib boring. Aks holda...

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish davlat xizmatini koʻrsatish Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti asosida tartibga solinadi.

Ushbu reglament talabiga koʻra, fuqaro oʻzi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Amaliyotda fuqarolarimiz tomonidan farzandining bogʻchaga yoʻllanmasi shakllantirilganidan keyin, oʻz vaqtida yoʻllanma bilan bogʻchaga bormasdan, yoʻllanmaning amal qilish muddati oʻtganidan soʻng murojaat qilish, masʼullari bu boʻyicha tushuntirish bergan boʻlishiga qaramay, qattiq eʼtiroz bildirish holatlari uchramoqda.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun murojaat qilganingizdan soʻng, uning navbatini search.mpe.uz sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kuzatib borishingizni soʻraymiz.

Shaffoflikni taʼminlash maqsadida navbatda turganlar roʻyxatini kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Navbatni kuzatishingiz uchun Sizga ariza raqami yoki bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma seriyasi va raqami kerak boʻladi.

❗️Toʻgʻri, yoʻllanma shakllanganda, soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqamiga sms-xabarnoma yuborilishi yoʻlga qoʻyilgan. Biroq, telefon raqami notoʻgʻri koʻrsatilganda yoki uni belgilangan shaklda koʻrsatilmasligi oqibatida sms-xabarnoma kerakli shaxslarga yetib bormasligi, yuborilgan sms-xabarnomalarga eʼtiborsizlik natijasida tayyor boʻlgan yoʻllanmalarning “kuyib ketish” holatlari kuzatilmoqda.

⚡️Yoʻllanma shakllantirilgan kundan 15 kun ichida bogʻchaga murojaat qiling!

❗️Farzandingizni bogʻchaga navbati kelganligi toʻgʻrisida shakllangan yoʻllanma 15 kun oʻtgach bekor qilinadi. Oʻrin esa navbatda turgan keyingi daʼvogarlarga beriladi va farzandingizni qaytadan navbatga qoʻyishingiz kerak boʻladi.

🔗
Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube · DXA_lotinda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muammo_nimada

Bogʻchaga navbatingizni kuzatib boring. Aks holda...

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Diqqat_muhim
#Muammo_nimada

Aziz fuqarolar!

Qibray tumani, Zebuniso koʻchasida elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq texnik nosozlik holati yuzaga keldi.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan mutaxassislar jalb etilib, hozirda texnik nosozlikni bartaraf etish choralari koʻrilayotganligi sababli, Qibray tumani Davlat xizmatlari markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi (FHDY) vaqtincha ish faoliyatida emasligini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz hamda zarur xizmatlardan foydalanish uchun sohada eksterritorial tamoyil joriy qilinganligi sababli siz oʻzingizga yaqin boʻlgan Davlat xizmatlari markazi yoki FHDY boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Tizimlar faoliyati tiklanganidan soʻng, bu haqida qoʻshimcha xabar beramiz.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Muammo_nimada

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati uzaytirildimi?

Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchi fuqarolarimiz fikrlarini inobatga olgan holda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 3 oydan 1 yilgacha uzaytirilganligini eslatib oʻtishni lozim deb topdik.

2021-yil 17-noyabrda “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida toʻgʻrisida”gi Hukumat qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

🔰Unga muvofiq, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtirilishi belgilandi:

● 2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;

● 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;

● 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;

● 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

🔗Аloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube · DXA_lotinda
#Muammo_nimada

DXA: Sms-xabarnoma adashib kelishi mumkinmi?

Soʻngi vaqtlarda fuqarolarimizdan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali davlat xizmatlariga oid sms-xabarnomalarga oid savollar koʻpaydi. Ushbu masalaga oydinlik kiritamiz.

BATAFSIL

🔗Аloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Muammo_nimada

DXA: Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Asos nima?

So‘nggi kunlarda Davlat xizmatlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali fuqarolarimizdan fo.birdarcha.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishdagi kadastr maʼlumotlarini kiritish bilan bog‘liq savollar ko‘paydi.

Ushbu masalaga aniqlik kiritamiz.

Tizimda o‘zgartirishlar kiritilishiga asos nima?

BATAFSIL

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda