Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
288 subscribers
14K photos
998 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Kun_tarixi
#Bobur_539

Bugun yurtimizda mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat — boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlanmoqda.

Boburning ulug‘ asari “Boburnoma” bo‘lib, uni “Vaqoye” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. “Boburnoma”ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O‘zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e’lon qildi. “Boburnoma”ning 1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda va keyingi yillarda to‘ldirilgan qayta nashrlari amalga oshirildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi

Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tugʻilgan. 17 yoshida “Xayot varaqlari” (1932) birinchi sheʼrlar toʻplami nashr etilgan.
Shoiraning urushdan soʻnggi yillarda yozilgan “Dalada bir
kun” (1948), “Tong qoʻshigʻi” (1953) kabi bir qator sheʼrlar turkumi, “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar” (1958), “Kuylarim sizga” (1965) toʻplamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik koʻrsatayotgan kishilar hayoti joʻshib kuylanadi. Uni “Soʻroqlaydi shoirni sheʼrim” (1960), “Oydin” (1953), “Quyoshli qalam” (1967) kabi ocherk va dostonlari nashr etilgan.
Atoqli shoira 81 yoshida, 1996-yil 1-avgustida vafot etgan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi

Bugun Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

SIR

Shamoldek beqaror shoir sevgisi,
Uning bor davlati – savlati.
Sogʻinchdan yoqaru rayhonlar isi,
Meni talaganing gʻalati...

Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.

Qasri shuhrat aro qon yigʻlar yurak,
Koʻksingda nimadir gʻichchak chaladi.
Unga sheʼr kerakdir,
Senga er kerak.
Koshki tushunsa u valʼadi...

U soʻz kutar, uni sen kutib oylab,
Bir umr yoʻl kutib koʻzing toladi.
Sevgilim, farishtam... tentagim, yo rab,
Baxtingni yarmini sheʼrim taladi!..

Gunohing ne edi, ey mungligʻ dilbar,
Seni tanlaganim gʻalati...
Asl shoir asli oʻylanmay oʻtar,
Uylansa ham koʻrmay xotin oladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Kun_tarixi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Ushbu kun 1925 yil Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan bo‘lsa, oradan 25 yil o‘tib, 1950 yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi.
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#kun_tarixi

18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.
Bayrog‘imizning balandligi yurtimizning obro‘-nufuzi yuksakligidan dalolatdir.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 9-fevral (1441-yil)

Buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

14 fevral (1483 yil)

Buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_tarixi

🗓 8 yanvar (1992 yil)

Prezident Farmoni bilan O'zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilgan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 14-fevral (1483-yil)

Buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
#Kun_tarixi

Bugun O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya – Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda tavallud topgan kun.

 
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrimga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab,
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.

Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.

Men o‘tgan umrimga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da, bir yashash!..

© Zulfiya Isroilova

  Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 9-aprel (1336-yil)

Buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM