Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
282 subscribers
14.1K photos
1.01K videos
6 files
7.95K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon 


Yangi Mehnat kodeksi xodimlar manfaatini ko‘zlaydi    

  Maʼlumki, 2022 yil 28 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qabul qilindi. Kodeksda bir qator yangi mehnat turlari ham o‘rin oldi va ish beruvchi hamda ishchi-xodimning mehnatga oid huquqlari yana-da mustahkamlab qo‘yildi.

 Bekobod tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi hamda  Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari umumtaʼlim maktablarida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi. Unda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, mehnat munosabatlarida ish beruvchi va xodimlarning huquqlari, mehnat taʼtillariga chiqish borasida huquqiy maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar haqida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon 

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Ohangaron tuman adliya bo‘limi va Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 11 -sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda “Nurobod” va “Eyvalik” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib, yangi Kodeksda ish beruvchi hamda ishchi-xodimning mehnatga oid huquqlari, mehnat taʼtillariga chiqish borasida huquqiy maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning ko‘p qavatli davlat hisobidagi uy-joylariga order olish,  ijtimoiy himoya va ishga joylashish masalasidagi murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Bir necha yil avval 15 nafar fuqaroga “Nurobod” MFYdan uy-joyga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga berilgan uylarning orderlarni yangilash va yo‘qolgan orderlarning dublikatini olish masalasida qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi. 2 nafar fuqaroga dori vositalari hamda tibbiy buyumlari yetkazib berishni tuman tibbiyot birlashmasi masʼullari nazoratga oldi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бишкек шаҳрида Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в очередном заседании Совета глав государств Содружества Независимых Государств в городе Бишкеке.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bilasizmi

‼️ Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar mas'ul?

✳️ Daraxtlar va butalarni sug'orish va oziqlantirishga quyidagilar mas'ul hisoblanadi:

1️⃣ Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko'chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan binodan ko'chagacha bo'lgan oraliqdagi tashkilotlar.

2️⃣ Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko'chalar, mahallalar hududlari hamda ko'p qavatli uylar oralig'i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o'zlariga biriktirilgan hududlar bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan binodan ko'chagacha bo'lgan oraliqdagi tashkilotlar.

3️⃣ Tashkilotlarning hududlaridayer egalari.

4️⃣ Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari bo'ylaridaAvtomobil yo'llari qo'mitasi tashkilotlari.

5️⃣ Umumiy foydalanishdagi temir yo'llar bo'ylarida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tashkilotlari.

6️⃣ Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo'ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo'jaligi organlari.

7️⃣ Fermer xo'jaliklari yerlarida va qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.

8️⃣ Zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube