Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
277 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.02K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l mahallasida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. 

Tuman adliya bo‘limi mutasaddilari tomonidan aholiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy maʼlumotlar berildi. Aholiga 7 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Fuqarolardan 12 ta huquqiy masaladagi murojaatlar tinglandi. Yuridik masalalarning 8 tasiga joyida  huquqiy tushunchalar berildi. 1 murojaat vaqt talab qilganligi bois adliya ish yurituviga olindi.

Shuningdek, davlat xizmatlari binosiga tashrif buyurgan fuqarolarga   Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16-apreldagi 204-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, flayer va bukletlar tarqatilmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Qibray tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan yoshlarning huquqiy bilimlarini yana-da oshirish maqsadida “Islohotlarga dahldorman” huquqiy aksiyasi doirasida Toshkent davlat agrar universitetining “Huquq va turizm” fakulteti talabalari ishtirokida  davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi  PF-80-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning ayrim normalari tahlil qilinib, yoshlarga oid davlat siyosati talabalarga tushuntirib o‘tildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi  qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan turli  seminar va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

 
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi 46-sonli umumtaʼlim maktabida Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilariga  Konstitutsiyaning mazmun – mohiyati, unga kiritilgan o‘zgarishlar, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda burchlari to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berib o‘tildi.

 Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borilmoqda.

Joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etilib, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilib, muvofiqlashtirib borilmoqda.

Ohangaron tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori G‘ayrat Ahmedov o‘ziga biriktirilgan G‘allaquduq, Shodmalik, Yangihayot, Gulobod va Ubayd mahallalarida  “mahalla yettiligi” aʼzolari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazib, aniqlangan murojaatlar mahalla.adliya.uz orqali ijroga qaratilishi taʼminlandi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

O‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini puxta o‘rgatish, uning insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini yozma ishlarda, tasviriy asarlarda, ko‘rgazmali vositalarda ifodalash borasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. 


Ohangaron tuman adliya bo‘limi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida tuman Yoshlar markazida tinglovchilar va harbiy yoshlar ishtirokida, shuningdek 4 va 29-sonli umumtaʼlim maktablari  bitiruvchilari ishtirokida 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

 Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quvchilarga Bosh Qomusimizning mamlakatimiz va xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, har bir fuqaro taqdiridagi ahamiyati haqidagi huquqiy tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Konstitutsiya mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy poydevori, inson huquq va erkinliklarining kafolati, birdamlik zanjiri, tenglik mezonidir. Davlatning erkin va adolatli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlat bo‘lishida Konstitutsiyaning ahamiyati cheksiz. 

Viloyat hokimining farmoyishi bilan, korrupsiya holatlarining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida 2024 yilning 13 noyabr kunidan 13 dekabr kuniga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” profilaktik tadbiri o‘tkazish belgilangan.

Yangiyo‘l shahar hokimligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida seminar o‘tkazildi. Seminarda “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va mexanizmlari” mavzusida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Umarov maʼriza o‘qidi. Тadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Bekobod shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan  energiyadan oqilona foydalanish, energetika sohasidagi huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va ushbu yo‘nalishda samaradorlikni yana-da oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar davomida yurtimizga qish mavsumi kirib kelganligini inobatga olgan holda, aholi tomonidan elektr, gaz va boshqa energiya manbaalaridan tejab foydalanish, ularning bexuda ishlatilishi va isrof etilinishini oldini olish orqali energiya samaradorligiga erishish bo‘yicha huquqiy maʼlumotlar berilmoqda.  

Adliya bo‘limi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda, tashkilotlarda, Davlat xizmatlari markazi va FHDYO bo‘limlariga tashrif buyurgan fuqarolarga aholini huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatilib, mehnat jamoalarida aholi gavjum joylarda, bozorlarda, taʼlim va tibbiyot muassasalarida huquqiy targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Tuya bo‘g‘iz mahalla fuqarolari uchun 6-sonli umumtaʼlim maktabida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi  PF-80-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi, aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.

Tadbir davomida aholiga 10 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Fuqarolardan 11 ta huquqiy masaladagi murojaatlar tinglandi. Yuridik masalalarning 2 tasiga joyida  huquqiy tushunchalar berilib, 1 ta murojaat vaqt talab qilganligi bois adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Qibray tumanidagi Beruniy mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilib, adliya va “mahalla yettiligi” hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilmoqda, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.

Mazkur loyihasi doirasida mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Tibbiy ko‘rik jarayoniga 107 nafar mahalla aholisi jalb etildi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 94 nafar aholiga  25 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. 27 nafar bemor fuqaroga tuman va viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim qilindi.

Tibbiy ko‘rik doirasida mahalla ahlining tibbiy-ijtimoiy muammolari muhokama qilindi. Shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlash kurslaridan o‘tmoqda

 Angren shahar FXDY bo‘limiga nikohdan o‘tish uchun ariza bergan 200 nafardan ortiq nikohlanuvchi yoshlar Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda 16 soatlik “Yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash” o‘quv kursida o‘qitildi. 

O‘quv kurslari davomida nikohlanuvchiga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha hayotiy misollar asosida kerakli bilimlar berib borildi.

Kurs yakunida yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya