Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
287 subscribers
14K photos
998 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Xizmatlar #Yangilik #Bu_muhim

🔉Yana bir yangi xizmat ishga tushdi!

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19-yanvardagi 33-son qarori bo'yicha "Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish" xizmati ishga tushirildi.

❗️Kimlar davlat xizmatidan foydalanishi mumkin?

🔹veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi mutaxassislar;
🔹tasarrufida veterinariya xizmati mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislari;
🔹ishlab chiqarishda veterinariya xizmatlari tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mutaxassislari;
🔹xususiy veterinariya xizmatlari mutaxassislari.

📌Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (Malaka oshirish markazi).

📝Xizmat uchun BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (YIDXP orqali foydalanilganida 10 foiz miqdorida chegirma mavjud).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmatlar #Yangilik #Bu_muhim

🔊Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatish ishga tushdi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlar #Yangilik #Bu_muhim

⚡️ Istalgan avtomobil tarixiga oid maʼlumotlarni olish mumkin

Hukumatning 106-son qarori bilan “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YAIDXP orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Avtotransportni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida avtotransportning bosib oʻtgan masofasi haqidagi maʼlumotlar, jumladan, texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tadbirkorlar tomonidan ham majburiy tartibda axborot tizimiga kiritiladi.

“Avtomobil tarixi” maʼlumotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
▫️avtotransportning agregat maʼlumotlari;
▫️shartnoma tuzilganligiga oid maʼlumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya);
▫️yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi (mavjud bo'lsa);
▫️qoidabuzarliklar holati (mavjud bo'lsa);
▫️ garovga qoʻyilganlik holati;
▫️ taqiq borligi yoki yoʻqligi;
▫️ bojxona rasmiylashtiruviga oid maʼlumot;
▫️ litsenziya olinganlik holati (yoʻlovchi tashish uchun).

☑️ Davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiriladi (DXM, YAIDXP, veb-sayt yoki ilova orqali).

➡️ Davlat xizmati uchun BHMning 10 foizi (30 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

🧾 Maʼlumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi.

📋 Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi (avtotransport mulkdori tomonidan oʻz “Avtomobil tarixi”ni bilish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bundan mustasno).

📌 Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.

❗️“Avtomobil tarixi”ga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonlari to‘liq oxiriga etmaganligi sababli mazkur xizmat TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#yangilik

Endilikda, Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosani olish yanada oson

👉Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🔸 davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun 33 ming soʻm yigʻim undiriladi.

📝Jismoniy shaxslar YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

🗓 Soʻrovnoma kelib tushgach, vakolatli organ bino va xonalarni 10 ish kuni ichida normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

💳Keyingi qadamda, Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan, barcha talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
#Yangilik

📍Endilikda Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish bo‘yicha ariza yuborish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin.


👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklari;
Davlat tashkilotlari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 oy.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha mulk huquqini beruvchi davlat orderi taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qarori

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya