Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xabaringniz bor, joriy yil 14-oktyabrdan 28-oktabrgacha Adliya vazirligi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazildi.

 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan aksiya doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, joylarda vakolatli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda mahallalarda uyma-uy yurish, “Huquqiy targ‘ibot kuni” va “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish reja-grafiklari asosida sayyor qabullar o‘tkazildi. “Huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida o‘tkazilgan 75 ta sayyor qabulda 1208 nafar fuqaroning qatnashishi taʼminlandi.

Sayyor qabullarda 658 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, 87 nafar fuqaroning murojaatlari adliya organlari ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, sayyor qabullar davomida fuqarolarga 270 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oʻzbekistondagi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarni kuzatishga kelgan Rossiya Davlat dumasi raisi oʻrinbosari Vladislav Davankov bugun Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev markazda V. Davankov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar fuqarolarga muhim masalalarni tez va qulay hal qilishga koʻmaklashadigan raqamlashtirilgan, proaktiv va kompozit xizmatlarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Taʼkidlanishicha, davlat xizmatlari markazlari orqali 400 ga yaqin turdagi xizmatlardan foydalanish mumkin. Oʻtgan yilning oʻzida markazlar orqali mamlakat aholisiga 13 millionga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

Bir binoda DXM bilan bir qatorda adliya boʻlimi, bepul huquqiy maslahat beruvchi “Madad” NNT va yuridik xizmat koʻrsatish markazi joylashgani tufayli, fuqarolar barcha huquqiy masalalarni boshqa idoralarga qoʻshimcha tashrif buyurmasdan, joyning oʻzida hal qilish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovi oʻtkaziladi

Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga kirishni istaysizmi? Unda “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovida oʻzingizni sinab koʻring!

Tanlovda kim ishtirok etishi mumkin?

Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan, umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi oldingi oʻquv semestri davomida 86 va undan yuqori foizni tashkil etgan hamda adliya tizimida faoliyat olib borish istagi boʻlgan 4-kurs talabalari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:
▫️ saralash bosqichi (har bir fakultet doirasida);
▫️yakuniy bosqich (TDYU doirasida).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 1—10-noyabr kunlari qabul qilinadi.

📎Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar tomonidan har bir fakultet doirasida tashkil etilgan Tanlov komissiyalariga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
▫️ariza;
▫️talabgorning shaxsiy varaqasi;
▫️talabgorning tanlov oʻtkazilishidan oldingi oʻquv semestri (6-semestr) oʻzlashtirish koʻrsatkichlari (transkript).

❗️Saralash bosqichi test va taqdimot shartlari asosida amalga oshiriladi. Yakuniy bosqich test, kazus (muammoli vaziyatga yechim) va blits savol-javob shartlari asosida oʻtkaziladi.

Tanlov natijalariga koʻra, I, II va III oʻrinlarni egallagan hamda tegishli nominatsiyalarga ega boʻlgan ishtirokchilar Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga qabul qilinadi.

🖥 Roʻyxatdan oʻtish

👉Tanlov nizomi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Gʻozgʻon shahar adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, YXKM, FHDY faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot mobaynida Gʻazgʻon shahrida huquqiy xizmatlar sifati, “mahalla yettiligi” bilan ishni tashkil etish, huquqiy targʻibot targʻibot masalalari eʼtibor markazida boʻldi. Shuningdek, davlat xizmatlari, FHDY, YXKM faoliyati ham tahlil etildi.

Shuningdek, adliya vaziri Navoiy shahrida boʻlib, “Chinor” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Bunda “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar hamda masalalarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Adliya vaziri tomonidan huquqiy muammolarni tizimli oʻrganish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng, adliya vaziri shahar hududidagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishib, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida qatnashdi.

Muloqot davomida, yoshlarda vatanga sadoqat, ilm olishga intilish, mamlakatdagi islohotlarga daxldorlik hissini oshirib borish xususida soʻz yuritilib, huquqshunoslik kasbining jozibadorligi tushuntirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishni jadallashtirmoqda: Tojikistondagi forumda adliya vaziri o‘rinbosari sohadagi ustuvorliklar va yutuqlar haqida so‘zlab berdi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinmoqda.

Yigʻilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish, murojaatlar bilan ishlash, ochiqlik siyosati va boshqa sohalar kesimida tahliliy maʼlumotlar keltirildi.

Xususan, 1 569 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, tashabbus bilan 187 ta loyiha ishlab chiqildi. Joylarda 420 mingdan ziyod huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Kelib tushgan 123 007 ta murojaatdan 78 foizi qonuniy hal etilib, fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan taʼsir choralari natijasida pul mablagʻi undirib berildi.

Hay'at majlisi davom etmoqda.

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

⚡️Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi davom etmoqda.

Unda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sohalar kesimida tahlil qilinmoqda.

Taʼkidlanishcha, davlat organlarining 44 mingdan ziyod noqonuniy hujjatlari bekor qilinib, qoʻpol qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan 2 686 nafar aybdor shaxslar intizomiy hamda 8 093 nafar aybdor mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 8,4 milliondan ortiq xizmatlar koʻrsatilib, xizmat koʻrsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida oʻrtacha xizmat koʻrsatish vaqti 5 daqiqani tashkil etmoqda.

Yuridik xizmat markazlari tomonidan davlat tashkilotlarining 6,3 milliondan ziyod hujjat loyihalari boʻyicha huquqiy xulosalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM