Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
271 subscribers
14.4K photos
1.04K videos
6 files
8.09K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Sayyor_xizmatlar

Bo‘ka tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilish va ularga qulaylik yaratish maqsadida tuman markazidan 7 chaqirim olisda joylashgan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Muhlisabonu Solihabonu” MCHJ nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatdi. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent bolalari uchun belgilangan kvotalar bo‘yicha bog‘chaga joylashtirish bo‘yicha arizalar qabul qilindi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Sayyor_xizmatlar

Siz kelmang, o‘zimiz boramiz

Uzoq qishloq va mahallalarda yashaydigan aholining tuman markaziga kelib davlat xizmatlaridan foydalanishga har doim ham vaqti va imkoni bo‘lavermaydi. Ana shunday pallalarda esa markaz xodimlari tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari yordamga keladi.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazdan ancha olisda joylashgan “Madaniyat” va “Yilqichi” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Tadbir davomida 8 ta yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaligi ro‘yxatdan o‘tkazilib, 14 ta ERI kaliti yaratildi.
Shuningdek, mutaxassislar ishtirokchilarga id.gov.uz va my.gov.uz portallaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida huquqiy maʼlumotlar ham berishdi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Sayyor_xizmatlar

Markazga kelishga imkoniyatingiz yo‘qmi?

“Siz kelmang, o‘zimiz boramiz” loyihasi doirasida Chinoz tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Navbatdagi manzil “Nafis” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Mazkur hududda istiqomat qiluvchi II-guruh nogironi Tursunoy Mavrupovaning davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji sabab markaz xodimlari o‘zlari uning xonadoniga tashrif buyurdi. Tursunoy opaga yashab turgan xonadoniga Kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi. Shuningdek, “Rasulobod” mahallasida yashovchi Oyhol aya Yusupova ham davlat xizmatlaridan sayyor tartibda foydalandi. Tadbir davomida my.gov.uz, fo.birdacha.uz va ra.yt.uz saytlaridan foydalanish bo‘yicha huquqiy maslahatlar ham berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Sayyor_xizmatlar

Siz kelmang, o‘zimiz boramiz!

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari “Novobod” mahalla aholisining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganib, shu yerning o‘zida sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatdi. Jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish, farzandlarini davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun yo‘llanma berish, ichimlik suvi va tabiiy gaz hisoblagichlarini qiyoslovdan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha arizalar qabul qilindi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan fuqarolarga id.gov.uz va my.gov.uz portallaridan foydalanish, kabi davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida huquqiy maʼlumotlar ham berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#sayyor_xizmatlar

Boʻka tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarning uzogʻini yaqin qilish va ularga qulaylik yaratish maqsadida tuman markazidan 12 chaqirim uzoqlikda joylashgan “Solnыshko” nomli oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Fuqarolardan bogʻchaga joylashtirish uchun sayyor tartibda arizalar qabul qilindi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#sayyor_xizmatlar

Markazga kelishga imkoniyatingiz yo‘qmi?

“Siz kelmang, o‘zimiz boramiz” loyihasi doirasida Ohangaron tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Navbatdagi manzil “Susam” va “Chuvildoq” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Mazkur hududda aholi bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga id.gov.uz va my.gov.uz portallari va Mobile-ID tizimidan foydalanish, davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda olish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida huquqiy maʼlumotlar ham berildi.
Tadbir davomida aholiga 15 turdagi sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Sayyor_xizmatlar

Markazga kelishga imkoniyatingiz yo‘qmi?

“Siz kelmang, o‘zimiz boramiz” loyihasi doirasida Bekobod shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholining yashab turgan manziliga borgan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Navbatdagi manzil “Al-Xorazmiy” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Mazkur mahallaning Salomatlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi II-guruh nogironi Sanobar Hakimovaning xonadoniga borib "Keksalar haftaligi" doirasida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek markaz xodimlari ishtirokida shahardagi kasb-hunar maktabi va 9-umumiy o‘rta taʼlim maktabida sayyor targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarga id.gov.uz va my.gov.uz portallari va Mobile-ID tizimidan foydalanish, davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda olish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida huquqiy maʼlumotlar ham berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Sayyor_xizmatlar

Bekobod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan “Siz kelmang, o‘zimiz boramiz” loyihasi doirasida markazdan olisda joylashgan “Savrak” mahallasida
sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Hududida istiqomat qiluvchi aholiga kadastr pasportini shakllantirish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish, suv tarmog‘iga ulanish kabi sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga
id.gov.uz va my.gov.uz portallari va Mobile-ID tizimidan foydalanish, davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda olish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida huquqiy maslahatlar ham berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#sayyor_xizmatlar

“Chinor” mahallasida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Ohangaron tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman markazidan olisda joylashgan “Chinor” fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib, sohaga oid huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilinayotgan bolalarni joylashtirish, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘ma jildini tayyorlash, FHDYO bo‘limi tomonidan takroriy guvohnoma berish bo‘yicha 100 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”va “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan fuqarolarga kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#sayyor_xizmatlar

Chekka hududlarda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Bo‘ka tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan sayyor xizmat tadbirlari aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilmoqda
Tumaning “Achamayli Fayz-baraka”, “Mirzabek” va “Parkent” mahallalari tuman markazidan 15-20 chaqirim olisda joylashgan. Mazkur hududlarda joylashgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni joylash fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Tadbir davomida 128 nafar bolajonlarning ota-onalaridan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga arizalar olindi. Shuningdek, sayyor xizmat davomida mutaxassislar tomonidan aholiga my.gov.uz, fo.birdacha.uz va ra.yt.uz saytlaridan foydalanib davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish bo‘yicha huquqiy maslahatlar ham berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#sayyor_xizmatlar

Mobil-ID tizimi tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda

Bo‘ka tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan korxona, tashkilot va davlat muassasalari xodimlari Mobil-ID tizimi tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida tuman markazida faoliyat olib borayotgan 1, 2, 3, 7, 10, 11, 12 va 13-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 1-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining 200 dan ortiq xodimlari sayyor tartibda Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shuningdek xodimlar tomonidan Davlat xizmatlari markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida huquqiy tushunchalar ham berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#sayyor_xizmatlar

Chekka hududlarda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Bo‘ka tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan sayyor xizmat tadbirlari aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilmoqda.
Tumaning “Shodlik” mahallasi tuman markazidan 8-10 chaqirim olisda joylashgan. Mazkur hududda joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga bolalarni joylash bo‘yicha fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Tadbir davomida 60 nafar bolajonlarning ota-onalaridan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga arizalar olindi. Shuningdek, fuqarolarga Mobil-ID ning afzalliklari tushuntirildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi hamda sayyor xizmat davomida mutaxassislar tomonidan aholiga My.gov.uz saytidan foydalanib davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish bo‘yicha huquqiy maslahatlar ham berildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube