Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
287 subscribers
14K photos
999 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun nima asos bo‘ladi?

📝Javob
: Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatishda patent bojini to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

📌Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat etiladimi?

📌Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat beriladi.

📎Bunda, ko‘chma savdo obyektlarini foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi, ijaraga oluvchi esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

😄Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 990 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?

👉Javob: Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

📝belgilangan namunadagi ariza;

🔹adliya boshqarmasi idoraviy FHDY arxivining nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi yoki yo‘qolganligi (yo‘qolish sabablarini ko‘rsatgan holda) haqidagi ma’lumotnomasi;

🔹pasportlarning kseronusxalari (nusxalari);

🔹bolalarining (ular bo‘lsa) tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari;

🔹nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa qo‘shimcha hujjatlar.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

ID-kartani rasmiylashtirish va berish qaysi hollarda amalga oshiriladi?

📌ID-kartani rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

🔹ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;
fuqaro 16 yoshga to‘lganda;

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganda;
ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;

🔹fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;

🔹ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;

🔹ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;

🔹ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;

🔹ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.

✔️Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi PF-6065-son farmoni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Jismoniy shaxslar soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

Javob:

✔️Hukumatning 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

📝Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

❗️ Eslatma!
- xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
- xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ixtiyoriy tugatish uchun qayerga murojaat qilishim lozim va qanday hujjatlar talab etiladi?

📎Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ixtiyoriy tugatish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, ya’ni Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurib yoki tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish moduli (https://new.birdarcha.uz/) orqali ariza bilan murojaat qilish lozima.

🤔Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

📄Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

🔹muhr va shtamplar (agar mavjud bo‘lsa);
🔹barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);
🔹agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi tijorat bankining ma’lumotnomasi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?

📝Javob: Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

🔹belgilangan namunadagi ariza;

🔹adliya boshqarmasi idoraviy FHDY arxivining nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi (yo‘qolganlik sabablari ko‘rsatilgan holda) haqidagi ma’lumotnomasi;

🔹pasportning kseronusxasi (nusxasi);

🔹nikoh tuzilganligi haqida nikohdan ajratish to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan ma’lumotnoma;

🔹ilgarigi nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun qancha miqdorida yig‘im undiriladi?

❗️Javob:
Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish muddatlari qanday?

📌Elektron talabnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng:

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqami axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda;

🔹xorijiy davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat