Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
277 subscribers
14.3K photos
1.02K videos
6 files
8.02K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

🔅"Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish" xizmatidan kimlar foydalanishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19-yanvardagi 33-son qarori bo'yicha xizmatdan:

🔹veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi mutaxassislar;
🔹tasarrufida veterinariya xizmati mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislari;
🔹ishlab chiqarishda veterinariya xizmatlari tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mutaxassislari;
🔹xususiy veterinariya xizmatlari mutaxassislari foydalanishi mumkin.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
🔸 Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi.

📑Murojaatlar:
🔹Davlat xizmatlari markazlari;
🔹YIDXP (my.gov.uz) qabul qilinadi.

💸To‘lanadigan yig‘im miqdori:
🔹 Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda - 60 000 so'm (BHMning 20 foizi).
🔹YIDXP orqali murojaat etilganda - yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Zarurat tufayli korxonamni yopmoqchi edim. Buning uchun davlat xizmatlari markaziga qanday hujjatlar taqdim etishim lozim? Korxona taʼsischisining korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorida qanday maʼlumotlar boʻlishi lozim?

❗️Javob:

Hukumatning 704-son qaroriga muvofiq, Siz korxona taʼsischisining yoki taʼsischilarini umumiy yigʻilish korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorini, qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay ariza bilan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinigiz lozim.

📌Korxona taʼsischisining korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:

📃tugatilayotgan korxona toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);

📋tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);

tugatilayotgan korxona boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;

📎korxonani tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

❗️Пенсияни ҳисоб-китоб қилишнинг янги тартиби жорий этилади

Батафсил инфографикада👆

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Bilasizmi

📢NFC –reader qurilmasi haqida ma'lumotga egamisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-sonli Farmoniga muvofiq, aholiga qulaylik yaratish va vaqtni tejash maqsadida barcha Davlat xizmatlari markazlariga identifikasiya ID-kartalarni o'qish imkoniyatiga ega “NFC-reader” qurilmalari o'rnatilgan.

📌Ushbu qurilmalarda ID-kartadagi hamda chet el fuqarosi pasportidagi chipdan ma'lumotlarni o'qish va ushbu ma'lumotlarni axborot tizimlarida qo'llash imkoniyati mavjud.

💠Hozirgi kunda, Davlat xizmatlari markazlarida “NFC-reader” qurilmalarini qo'llash orqali Respublika bo’yicha kuniga 1 000 dan ziyod aholi uchun davlat xizmatlari ko’rsatilib, ularning qimmatli vaqtlari tejalmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_табриги

Ҳурматли Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари!

Сизларни 26 сентябрь – Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимлари куни муносабати билан самимий муборакбод этамиз.

Мамлакатимизнинг конституциявий тузумини, суверенитетини, ҳудудий яхлитлигини турли таҳдидлардан ҳимоя қилиш ҳамда қонун устуворлигини таъминлашдаги шарафли хизматларингизда улкан зафарлар ёр бўлсин.

Ҳурмат билан Адлия вазирлиги жамоаси

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xususiy korxona mulkdori oʻz ulushini sotgan taqdirda, oʻzgarishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun qaysi hujjatlarni taqdim qilishi lozim?

❗️Javob:

Hukumatning 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

🔹Ulushning boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining taʻsis hujjatlariga ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qarori;

🔹Davlat tilidagi taʻsis hujjatlari;

🔹Ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar).

🔹Ushbu Nizomga asosan taʻsis hujjatlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish taʻsis hujjatlarini yangi tahrirda qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

📌Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 490-moddasiga muvofiq, xususiy korxona mulkiy majmua sifatida sotilganda korxonani sotish shartnomasi notarial guvohlantirilishi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Forwarded from Huquqiy axborot
#2022_йил_1_октябрдан

📝 “Нотариус” автоматлаштирилган ахборот тизимида мол-мулкни бошқа шахсга ўтказиш тақиқлаб (хатлаб) қўйилганлиги, шунингдек тақиқлаб (хатлаб) қўйиш бекор қилинганлиги тўғрисидаги электрон маълумотлар банки жорий этилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

☑️ Истеъмолчининг ҳуқуқлари бузилиши туфайли унга етказилган маънавий зарар учун уни етказган шахс, башарти у айбдор бўлса, ҳақ тўлаши лозим. Маънавий зарар учун тўланадиган ҳақ миқдорини суд белгилайди.

❗️Маънавий зарар учун ҳақ тўлаш мулкий зиён ва истеъмолчи кўрган зарарнинг ўрни қопланишидан қатъи назар, амалга оширилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🚫 Қонунчиликка кўра, реклама ва реклама ҳақидаги анонс, шу жумладан теледастур анонси товушининг баландлиги даражасини реклама ва реклама ҳақидаги анонс билан узиб қўйилган теледастур ва телекўрсатув товушига нисбатан баландроқ қилиб белгилаш тақиқланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Qulaylik

Mobil-🆔 tizimi

❗️Davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalanuvchini roʻyxatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash, verifikatsiya qilish uchun faqatgina mobil telefon raqami yetarli boʻladi.

📊Batafsil bu haqida infografika orqali tanishishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида электротехника саноатидаги истиқболли йўналишлар ҳамда келгусидаги асосий вазифалар юзасидан йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

Давлатимиз раҳбари соҳада эришилган натижаларга тўхталди.

Охирги 5 йилда электротехника саноатида ишлаб чиқариш - 4,5 бараварга (4 триллиондан 17 триллион сўмга), экспорт – 5 бараварга (117 миллиондан 563 миллион долларга) ошди.

Йил якунигача экспорт 750 миллион доллардан ошиши кутилмоқда.

Экспортбоп маҳсулотлар сони 200 тага етди, Фарғона, Самарқанд, Қашқадарё ва Тошкент вилоятидаги 11 та корхона илк бор ташқи бозорга чиқди.

Бугунги кунда соҳада 1 миллиард 200 миллион долларлик 205 та лойиҳа амалга оширилмоқда.

Тармоқда юқори қўшилган қийматли маҳсулот ишлаб чиқаришни 2 бараварга, экспортни янада ошириш режа қилинган.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент тармоқдаги ўз ечимини кутаётган долзарб масалаларни кўрсатиб ўтди.

Жаҳон бозорларидаги вазият икки йилда экспортни 1,5 миллиард долларга етказиш мумкинлигини кўрсатмоқда. Бундан ташқари, ички бозорда ҳам 1 миллиард 300 миллион долларлик импорт бозори бор.

Бундан ташқари, ички ва атрофимиздаги бозорларда ярим ўтказгич ва электрон платаларга талаб 6 миллиард долларни ташкил этади.

Масалан, электромобиль саноати учун зарур литий-темир-фосфатли батареялар ишлаб чиқаришга барча хом-ашё заҳираси мавжуд.

Бу борада ҳудудларда барча имкониятлар яратиб берилган. Лекин, ҳудуд раҳбарлари бу имкониятларни ҳисоб-китоб қилиб, фойдаланмаётгани кўрсатиб ўтилди.

Масалан, электротехника маҳсулотлари ишлаб чиқариш қувватлари Қорақалпоғистон, Бухоро, Қашқадарё, Сурхондарё ва Хоразмда қолган ҳудудларга нисбатан 2-3 баравар паст (200 миллиард сўмга етмайди).

Бугунги кунда экспорт бозорига битта-иккита маҳаллий бренд чиқа олди, холос. Экспортнинг 80 фоизи шу брендларга тўғри келмоқда.

Экспортни 1,5 миллиард долларга олиб чиқиш учун эса камида 3-4 та янги бренд яратиш зарурлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Яқинда Президент томонидан тасдиқланган қайта тикланувчи энергия манбаларини кенгайтириш бўйича дастурда:

- 34 мингта хонадон, вазирлик ва идораларнинг 6 мингта объектида бундай қурилмалар ўрнатилиши белгиланди;

- аҳолига компенсация олиш, кредитни 3 йил ичида фоизсиз бўлиб-бўлиб тўлаш имконияти яратилди.

Келгуси уч йилда мисни чуқур қайта ишлашни камида 2 бараварга ошириш зарурлиги қайд этилди.

Оҳангарондаги мис кластерининг бошқарув тизимини такомиллаштириш, хорижий бошқарувни йўлга қўйиб, чуқур қайта ишлаш лойиҳалари, илм ва инновацияни олиб кириш муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|Twitter
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomani qayerdan olsam bo‘ladi?

Javob:

👨‍💼Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan YIDXP (my.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

📌Bunda fuqarolarga ortiqcha hujjatlarsiz, tizim orqali (real vaqt rejimida) ma’lumotnomani olish imkoniyati yaratilgan.

Ma’lumot uchun: Ushbu xizmatda faqatgina fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomalarni olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_live

🔴Funksional tahlil bo‘yicha trening o'z ishini boshladi

Ayni damda Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining (YI) “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi bilan hamkorlikda Latviyaning Riga shahridan Funksional tahlil bo‘yicha xalqaro ekspert Datse Grubert tashrifi doirasida seminar trening o’tkazilmoqda.

Tashrifdan maqsad – vazirlik va idoralarda funksional tahlil o‘tkazish uchun mutaxassislar va trenerlarda funksional tahlil, uning maqsadi, tarkibi va mexanizmlari haqidagi tushunchalarini shakllantirish va takomillashtirish, shuningdek, kelgusida funksional tahlilni amalga oshirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilishini ta‘minlash borasida 3 kunlik trening o‘tkazish va ushbu yo'nalishda mahalliy trenerlar tayyorlash.

Bundan tashqari, xalqaro ekspert D.Gruberte Namangan shahrida hamkor vazirlik va idoralar hududiy boshqarma hamda mahalliy hokimiyat vakillari uchun “Funksional tahlil va biznes jarayonlar reinjiniringi bo‘yicha “master-klass” o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat