Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
#Adliya_xabari #litsenziyalash_xizmati
⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.
✅Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi.
🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz orqali;
– YIDXP – my.gov.uz;
🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik shaxs (qo‘riqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan)
💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:
— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – Bepul;
— Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori — Bepul;
⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati – 20 ish kuni.
📌Amal qilish muddati — Cheklanmagan.
❗️Ma'lumot uchun:
💠 Qo‘riqlashning texnik vositasi — qo‘riqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilma.
💠 Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari turlari va sonini ko‘rsatgan holda o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, so'zlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat

Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми
✅ Дарахтлар ва буталарни кесишга мораторийнинг амал қилиши муддатсиз даврга узайтирилган.
🔰 Мораторий даврида амалдаги чеклов ва мажбуриятлар билан бирга қўшимча равишда ҳуқуқбузарларга:
▫️мораторий талабларини бузганлик учун маъмурий жарималар миқдори 5 бараварга;
▫️дарахтлар ва буталарни кесиш ва шикастлантириш билан етказилган зарар учун ундириш суммалари 2 бараварга оширилган ҳолда қўлланилади.
⏩ Дарахтлар ва буталарни кесиш, кундаков қилиш, шикастлантириш ёки йўқ қилишни назарда тутувчи кўрсатмаларни ўз ичига олган ҳукумат фармойишлари, баённомалар, ёзма топшириқлар, идоравий ҳужжатлар, ҳокимларнинг кўрсатмалари ва қарорларини қабул қилиш қатъиян тақиқланади.
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot

#Adliya_xabari #Tadbirkorlik #Infografika
🔊2022-yilning birinchi yarim yilligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar haqida
Batafsil👈👈👈
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔊2022-yilning birinchi yarim yilligida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar haqida
Batafsil👈👈👈
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Jarayon
Bekobod shahar adliya bo‘limi va Davlat xizmatlari markazi xodimlari shahardagi 1-sektor hududida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir davomida mutaxassislar ishtirokchilarga id.gov.uz va my.gov.uz portallaridan foydalanish, jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish, farzandlarini davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun yo‘llanma berish kabi davlat xizmatlaridan uyidan chiqmagan holda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida huquqiy maʼlumotlar berildi. Davlat xizmatlari sohasidagi va qonunchilikdagi yangiliklar ham targ‘ib qilindi.
Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️422 та Ҳукумат қарори бекор қилинди
“Қонунчилик базасини янада тизимлаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (396-сон, 21.07.2022 й.) қабул қилинди
🔰 Қарор билан норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни “тартибга солувчи гильотина” усули орқали тизимлаштириш натижасида 422 та Ҳукумат қарори ўз кучини йўқотди.
📝 Ўз кучини йўқотган ҳужжатларнинг 90 фоизи (331 та)ни яхлит қарорлар, 10 фоизи (91 та)ни эса ҳужжатларнинг айрим бандлари ташкил қилади.
🔘 Мазкур ҳужжатларнинг бекор қилинишига қуйидагилар асос бўлди:
▫️кейинроқ қабул қилинган ҳужжатлар билан бир хил нормаларнинг мавжудлиги;
▫️нормаларнинг кейинроқ қабул қилинган ҳужжатлар нормаларига зид келиб қолганлиги;
▫️қарорларнинг қабул қилинишига асос бўлган юқори юридик кучга эга бўлган ҳужжатларининг бекор қилинганлиги натижасида ўз долзарблигини йўқотганлиги;
▫️қарорлар билан ўзгартириш ва қўшимчалар киритилган бошқа қарорларнинг ўз кучини йўқотган деб топилганлиги;
▫️қарорларда белгиланган бир марталик, вақтинчалик бажарилиши лозим бўлган топшириқларнинг ижроси таъминланганлиги.
📌 Ҳужжат Адлия вазирлиги ташаббуси билан ишлаб чиқилган.

#Sayyor_xizmatlar
Bo‘ka tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilish va ularga qulaylik yaratish maqsadida tuman markazidan 7 chaqirim olisda joylashgan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Muhlisabonu Solihabonu” MCHJ nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatdi. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent bolalari uchun belgilangan kvotalar bo‘yicha bog‘chaga joylashtirish bo‘yicha arizalar qabul qilindi.
Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Bo‘ka tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilish va ularga qulaylik yaratish maqsadida tuman markazidan 7 chaqirim olisda joylashgan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Muhlisabonu Solihabonu” MCHJ nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatdi. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent bolalari uchun belgilangan kvotalar bo‘yicha bog‘chaga joylashtirish bo‘yicha arizalar qabul qilindi.
Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети “Смарт Университет”га айлантирилади
“Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети фаолиятини тизимли ислоҳ қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-330-сон, 23.07.2022 й.) имзоланди
✅ 2022/2023 ўқув йилидан янги авлод олий таълим муассасаси – “Смарт Университет” концепцияси асосида Университет фаолияти трансформация қилинади.
⏩ Университетда академик фаолият илмий-таҳлилий йўналтирилганлик ва академик яхлитлик таълим технологиялари ҳамда уларни таъминловчи дастурий-аппарат комплекси асосида, шу жумладан антиплагиат тизимини жорий этган ҳолда ташкил этилади.
🔄 Ҳар йили Университетнинг камида 10 нафар профессор-ўқитувчилари, докторантлари ва магистрантлари хорижий давлатларнинг етакчи таълим муассасаларига илмий стажировка ва малака ошириш учун юборилади.
❕2025 йил 1 январгача Университет журналини Scopus халқаро илмий-техник маълумотлар базасига киритиш чоралари кўрилади.
☑️ Университетга профессор-ўқитувчиларига илмий унвонларни бериш ҳамда уларни ишга қабул қилишда академик мустақиллик негизида берилган илмий унвонлар ва илмий даражаларни тан олиш ваколати берилади.
🗓 2022/2023 ўқув йили иккинчи семестрида Самарқанд давлат университети, Тошкент давлат иқтисодиёт университети, Тошкент давлат шарқшунослик университети ҳамда Тошкент давлат юридик университети билан Университет ўртасида талабалар алмашинувини назарда тутувчи ички академик мобиллик дастурлари асосида таълим олиш истагини билдирган талабалар учун бир семестр мос таълим йўналишлари бўйича ўқитиш ташкил этилади.
📝 2022/2023 ўқув йилидан Университетнинг иқтидорли талабалари ишлаб чиқариш амалиётини ўташ учун Ўзбекистоннинг хориждаги дипломатик ваколатхоналарига юборилади.
🔘 Университет ҳузурида “Халқаро муносабатлар: сиёсат, иқтисодиёт, ҳуқуқ” журнали таҳририяти ташкил этилади.

✅ Қонунчиликка кўра, фуқаролар жамғариб бориладиган пенсия тўловларини давлат пенсиясига бўлган ҳуқуқ (умумий асосда аёллар 55 ёшга, эркаклар 60 ёшга тўлганда) юзага келган тақдирда олишлари мумкин.
⚠️ Фуқаро вафот этган тақдирда, шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағида жамғарилган маблағлар меросга ўтади ва меросхўрга бир йўла тўла ҳажмда тўланади.
📌 Фуқаро Ўзбекистон ҳудудидан ташқарига доимий яшашга чиқиб кетаётган бўлса, шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағида жамғарилган маблағлар бир йўла тўла ҳажмда тўланади.

#Kun_hikmati
Vaqtni qo‘lingda tut! Har bir soat, har bir daqiqani asra. Nazorat qilmasang, kaltakesakday sirg‘alib qochib ketadi. Har bir lahzani halol va munosib amallar bilan beza! Vaqtga salmoq, mazmun va nur bag‘ishla.
Tomas Mann
Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Vaqtni qo‘lingda tut! Har bir soat, har bir daqiqani asra. Nazorat qilmasang, kaltakesakday sirg‘alib qochib ketadi. Har bir lahzani halol va munosib amallar bilan beza! Vaqtga salmoq, mazmun va nur bag‘ishla.
Tomas Mann
Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik
Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz
🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!
❓Sudlanmaganlik (sudlanganlik) haqida maʻlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganda undiriladigan yigʻimning miqdori qancha?
❗️Javob:
✅Hukumatning 797-son qarori bilan “Sudlanganlik haqida maʻlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning” maʻmuriy reglamentiga asosan, davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun 9 000 so'm (BHMning 3 foizi) va pullik xizmat uchun 6 500 so'm miqdorida yigʻim undiriladi.
💠YIDXP orqali murojaat etilganda, undiriladigan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
📌Ma’lumot uchun:“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

Joylarda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Bekobod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi va FHDYO bo‘limi mutaxassislari ishtirokida “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yana-da takomillashtirish, ularni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb etish, tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.