ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.08K subscribers
7K photos
858 videos
4 files
6.62K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yechim

Ortiqcha
egallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish asoslari qanday?

Batafsil javob 👉videoda

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yechim

Bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati oʻtganligi uchun arizalarning koʻrib chiqilishi yakuniga yetmagan boʻlsa ijara va mulki huquqi qanday tartibda eʼtirof etiladi?


Batafsil javob 👉videoda

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#huquqiy mahalla

Aholi muammolari o'rganilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Qibray tumanidagi "Beruniy" mahallasi hududida uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari adliya organidan iborat ishchi guruhlar tomonidan o'rganilmoqda.

Shuningdek, hozirda adliya organi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, "mahalla yettiligi" ishtirokida hamda uyma-uy yurgan holda fuqarolarga 700 dan ortiq targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

Bundan tashqari mahalla hududida yashovchi fuqarolarga huquqiy yordam berish maqsadida davlat xizmatlari, FHDY va notariuslardan iborat ishchi guruhi tomonidan joylarda 100 dan ortiq sayyor xizmatlar ko'rsatilmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Huquqiy_mahalla

Qibray tumanidagi Beruniy mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi  doirasida ishchi guruh aʼzolari uyma-uy yurgan holda fuqarolarning  murojaatlari o‘rganilmoqda.

Xususan, murojaatlarni o‘rganish doirasida fuqarolarning yo‘l taʼmiri va boshqa huquqiy masalalar  ijobiy hal etildi.

 Viloyat adliya boshqarmasi, adliya bo‘limi hamkorligida mahallada  aholining ijtimoiy va huquqiy masalalarini uyma-uy yurgan holda o‘rganish jarayoni davom etmoqda.  Fuqarolarni qiynayotgan qator masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya olish, taʼlim krediti, uy-joy taʼmiri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar ekanligi aniqlanmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_mahalla

Viloyat adliya boshqarmasi va Qibray tuman adliya bo‘limi ishchi guruhi aʼzolari tomonidan tumandagi Beruniy mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi  doirasida uyma-uy yurgan holda holining ijtimoiy va huquqiy masalalari   o‘rganilmoqda.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Huquqiy_mahalla

Xabaringiz bor, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi va Qibray tuman adliya bo‘limi ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Beruniy mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

 Mazkur loyiha doirasida “mahalla yettiligi” hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda. Jumladan, fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar berilib, aholining meros, bandlik, subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy taʼmiri, moddiy yordam bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganilmoqda.  

Shuningdek, adliya xodimlarining uyma-uy yurish jarayonida aholini qiziqtirgan ijtimoiy va huquqiy masalalariga oydinlik kiritilib, muammolar alohida tartibda saralanmoqda. Aholi o‘rtasida “Huquqiy savolnoma” ham o‘tkazilyapti.  

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Huquqiy_mahalla

Qibray tumanidagi Beruniy mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilib, adliya va “mahalla yettiligi” hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilmoqda, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.

Mazkur loyihasi doirasida mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Tibbiy ko‘rik jarayoniga 107 nafar mahalla aholisi jalb etildi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 94 nafar aholiga  25 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. 27 nafar bemor fuqaroga tuman va viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim qilindi.

Tibbiy ko‘rik doirasida mahalla ahlining tibbiy-ijtimoiy muammolari muhokama qilindi. Shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_mahalla

Qibray tumanidagi Beruniy mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilib, adliya va “mahalla yettiligi” hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.

Mazkur loyihasi doirasida mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Tibbiy ko‘rik jarayoniga 107 nafar mahalla aholisi jalb etildi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 94 nafar aholiga  25 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. 27 nafar bemor fuqaroga tuman va viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim qilindi.

Tibbiy ko‘rik doirasida mahalla ahlining tibbiy-ijtimoiy muammolari muhokama qilindi. Shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Huquqiy_mahalla

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar Lazzat mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi keng qamrovda amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda mahallada 1 ming 54 ta xonadonda 3 ming 400 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda mahallada loyiha doirasida yuzlab murojaatlarga yechim topilmoqda.

Loyiha doirasida “mahalla yettiligi” hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda. Jumladan, fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar berilib, aholini qiynayotgan muammolar bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganildi.  

Bugunning o‘zida 165 ta xonadonda o‘rganish o‘tkazilib, 60 ga yaqin huquqiy maslahat berildi. Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan 122 ta anketa to‘ldirildi. Fuqarolarning turli masalalarga oid huquqiy murojaatlari kirim qilinib, ish yurituvga olindi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Chinoz tuman adliya bo‘limi tomonidan “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasi doirasida tasdiqlangan reja-grafigi asosida  A.Navoiy nomli  mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Gulzarobod mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “Mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.

Aholining bir qator masalalarga yechim topilib, fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi. Aholini qiynayotgan muammolar bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganilib, ish yurituvga olindi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Ohangaron tumanida ham “
Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilib, aholining huquqiy muammolari o‘rganilmoqda.

 Sanam mahallasida 530 ta xonadon bo‘lib, 3 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda mahallada loyiha doirasida yuzlab murojaatlarga yechim topilmoqda.    
 
“Mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida aholining o‘rganilgan bir qator masalalarga yechim topilmoqda. Jumladan, fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar berilib, aholini qiynayotgan muammolar bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilmoqda.

Bugun 100 ta xonadonda o‘rganish o‘tkazilib, 50 nafardan oshiq aholiga huquqiy maslahat berildi.  40 ta anketa to‘ldirilib, 19 nafar fuqaroning turli masalalarga oid huquqiy murojaatlari   maxalla platformasiga kiritilib, ijrosi nazoratga qaratildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmoni ijrosi doirasida bir qator targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan,  tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, YUXKM xodimlari tomonidan Yuksalish mahallasida fuqarolarning huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganilib, “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritilmoqda. Fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar ham berib borilmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Yuqori Chirchiq tumani Ittifoq mahallasida ham “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholining huquqiy muammolari o‘rganilmoqda.

Mazkur mahallada 660 ta xonadonda 2 ming 575 nafar aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda adliya bo‘limi xodimlari va “mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.   

Ayni kunda  yuzdan ziyod xonadonda o‘rganish o‘tkazilib, 70 ga yaqin huquqiy maslahat berildi. Xodimlar tomonidan 50 ta anketa to‘ldirildi. Fuqarolarning turli masalalarga oid huquqiy murojaatlari “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritilmoqda. Aholiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar ham berib borilmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Nurafshon shahar adliya bo‘limi va “Madad” NNT xodimlari ishtirokida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari doirasida Yangiobod mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida “мahalla yettiligi” aʼzolari bilan mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, aholi tomonidan bildirilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, Prezidentimizning “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mohiyati va ahamiyati yuzasidan suhbatlashildi. Fuqarolarning turli masalalarga oid huquqiy murojaatlari “Huquqiy mahalla” platformasiga kirim qilinib, ish yurituvga olindi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan   davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Qibray tumani adliya bo‘limi tomonidan Po‘lat qadam mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.

Mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilinib, viloyat va tuman tibbiyot birlashmasidan mutaxassislar, UZI, EKG shifokorlari hamda sakkiz yo‘nalishdagi laboratoriya jalb etildi.

Tibbiy ko‘rikda qatnashgan 170 nafar aholining  42 nafariga 30 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. 27 nafar bemor fuqaroga tuman va viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim qilindi. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uylariga borgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish,  sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi hamda uning hududiy adliya bo‘limlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi konsepsiyasi doirasida aholi muammolari uyma-uy o‘rganilmoqda.

Loyiha doirasida Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan   Yuksalish mahallasida  uyma-uy yurilib, har bir fuqaro bilan alohida suhbatlashildi. Ularning kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolari tahlil qilindi.

 Xususan, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tug‘ilganlik haqidagi takroriy guvohnoma olish, subsidiya va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularning yechimi borasida huquqiy maslahatlar berildi. O‘rganish talab etiladigan muammolar “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritilib,  ijrosi nazoratga olindi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l mahallasida “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. 

Tuman adliya bo‘limi mutasaddilari tomonidan aholiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, adliya bo‘limi xodimlari va “Mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida aholining o‘rganilgan bir qator masalalariga yechim topilmoqda. Fuqarolarning turli masalalarga oid huquqiy murojaatlari “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritilmoqda. Aholiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar ham berib borildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Yuqori Chirchiq tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni aniqlash borasida uyma-uy yurgan holda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

 Ittifoq mahallasida ham “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholining huquqiy muammolari o‘rganilmoqda.

Mazkur mahallada 660 ta xonadonda 2 ming 575 nafar aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda adliya bo‘limi xodimlari va “mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda. Tegishli so‘rovnomalar to‘ldirilib, huquqiy muammosi aniqlangan fuqarolarning murojaatlari bo‘lim ish yurituviga qabul qildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Nurafshon shahar adliya bo‘limi tomonidan Yangiobod mahallasida “mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda.

Shahar adliya bo‘limi tashabbusi bilan mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilinib, shahar tibbiyot birlashmasidan shifokor va mutaxassislar jalb etildi.

Tibbiy ko‘rikda kerakli dori-darmonlar tarqatilib, bemorligi aniqlangan fuqarolarga viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim qilindi.  

Shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot tadbirlari ham o‘tkazilmoqda.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Huquqiy_mahalla

Parkent tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda Yangiobod mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “mahalla yettiligi” aʼzolari hamkorligida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari ko‘rib chiqildi va “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan choralar belgilanib, ish yurituviga olindi.

Shuningdek, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun mohiyati  yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya