ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.01K subscribers
7.83K photos
975 videos
4 files
7.1K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
#Jarayon

Mamlakatimizda kambag‘al oilalar hayotini o‘zgartirish, turmush tarzini yaxshilash uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari!” dasturi amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur dasturi bo‘yicha  Nurafshon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i o‘ziga biriktirilgan, Nurafshon shahar Hurriyat mahallasida yashovchi aholi bilan suhbatlashdi. Yaʼni oila aʼzolarining nechtasi ishsiz yoki imkoniyati cheklangan, salomatligi joyidami, qo‘lida hunari yoki kasbi bormi, bandligini taʼminlash imkoniyati qanday, tomorqasidan foydalanish darajasi qay holatda – shu va boshqa savollar asosida ishlar tashkil etilmoqda.  

Shuningdek, Hurriyat mahallasi Do‘stlik ko‘chasida yashovchi I.N.xonadoniga borilib oila aʼzolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi taʼminlandi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Parkent tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Toshkent viloyat turizm boshqarmasi bilan hamkorlikda tumanning so‘lim hududi So‘qoq qishlog‘i Chashma mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlik subyektlarini turizm faoliyatiga qayta ixtisoslashtirish va sayyohlarga keng qulayliklar yaratish masalalar ko‘rib chiqildi.

Xodimlar tomonidan 10 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Mehmonxona, turizm faoliyatlari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.  

Shuningdek,   og‘ir toifadagi profilaktika hisobida ro‘yxatda turgan fuqarolarning ota-onalari bilan suhbatlashildi, ularning ijtimoiy holati o‘rganildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“ Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli farmonida uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar ijrosi belgilab berilgan edi.  

Bekabod tumani adliya bo‘limi Davlat xizmtalari markazi xodimlari tomonidan aholi muammolarni aniqlash borasida uyma-uy yurgan holda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Oltin vodiy mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri tashkil etilib, fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Aniqlangan murojaatlar https://mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi.    

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

2024 yil 23 sentyabr kuni Prezidentimiz tomonidan “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmon hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.  

Ohangaron tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori G‘. Axmedov o‘ziga biriktirilgan Susam va Quyun mahallasidagi 5 ta xonadonda mahalla hokim yordamchisi  ishtirokida suhbat o‘tkazilib, turmush sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ushbu oilalarni tomarqadan samarali foydalanishi, daromad manbaini ko‘paytirish choralari, ishga joylashtirish,   kambag‘allikdan chiqarish hamda turmush sharoitlarini yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

  Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi fuqarolarning shaxsiy hujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim rol o‘ynadi. Bu aksiya orqali ko‘plab fuqarolar o‘z huquqlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Aksiya doirasida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan barcha tuman, shahar va chekka hududlarni qamrab olish maqsadida aniq rejali harakatlar amalga oshirildi.  

Xususan, Chirchiq shahar, Qibray, Bo‘ka va Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limlari tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida fuqarolarning shaxsiy hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari olib borildi.   Bu aksiya orqali ko‘plab fuqarolar o‘z huquqlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Oqqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning muammolarini joyida hal etish maqsadida  Usta Normat mahallasida   sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2025 yil 1 apreldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora -tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133- son qarori va 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Toshkent viloyatida 9 nafar fuqaroga egalik huquqi eʼtirof etildi

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonun 2024 yil 8 noyabrda kuchga kirgan.

Adliya vazirligi mazkur qonun normalarini mutasaddilarga, aholiga yetkazish bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirdi. Qonun ijrosi bilan bog‘liq masalalarda ham adliya organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lmoqda. 

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan 9 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etildi.

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur fuqarolarga ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etildi.

Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial hatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda 4 mingdan ortiq kadastr xodimlari tomonidan reja-jadvalga muvofiq, respublikamizning barcha hududlarida xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan tadbirlar olib borilmoqda.    

Madaniyat mahallasi fuqarolarining huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganilib,  tegishli so‘rovnomalar to‘ldirildi. Aniqlangan murojaatlar https://mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi.   

Shuningdek, fuqarolarga Prezidentimizning joriy yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Angren shahar adliya bo‘limi FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida hujjatsiz yurgan fuqarolar aniqlanib, ularning tug‘ilganlik, nikoh va yaqin qarindshlarining o‘lim haqidagi guvohnomalarini rasmiylashtirish ishlari tashkil etilmoqda.

Bo‘lim xodimlari joylarga chiqib, aholiga huquqiy maslahatlar bermoqda va zarur hujjatlarni tiklashda ko‘maklashmoqda.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan tadbirlar olib borilmoqda.    

Qumariq mahallasi fuqarolarining huquqiy muammolari uyma-uy yurish orqali o‘rganilib,  tegishli so‘rovnomalar to‘ldirildi. Aniqlangan murojaatlar https://mahalla.adliya.uz platformasiga kiritildi.   

Shuningdek, fuqarolarga energiya samaradorlik sohasidagi islohotlar va qabul qilinayotgan normativ hujatlar mazmun mohiyati, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025 yildagi PQ-133-sonli hamda  02.04.2025 yildagi PQ-134-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024 yildagi VMQ-204-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Siz kelmang biz boramiz!

Aholi muammolarini manzilli o‘rganish maqsadida Bekobod tumani hokimligi, Xalq qabulxonasi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida  Qo‘qoni mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

 Adliya bo‘limiga fuqarolar uy-joy, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ichimlik suvi, elektr va gaz taʼminotiga ulanish,  subsidiya olish yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.  

Qabul jarayonida mutasaddi rahbarlar tomonidan har bir murojaatni ijobiy hal etish uchun tegishli choralar ko‘rildi. Natijada ko‘p muammolarga yechim topilib, baʼzi masalalarni hal qilish uchun muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Forwarded from Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal (Эркин Дорипов)
#Jarayon

Bugun ko‘p qavatli uylar ostidagi yerto‘lalarni tadbirkorlarga ijaraga berish orqali ham aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalari yaratish, ham shahar infratuzilmasini rivojlantirish mumkin.

Chirchiq shahar adliya bo‘limida viloyat adliya boshqarmasi mutasaddilari va tadbirkorlar ishtirokida yerto‘lalardan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislar yig‘ilganlarga mutasaddi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish shartlari, ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi haqida maʼlumot berdi.

Shu kungacha Chirchiq shahrida 51 ta ijara shartnomalari rasmiylashtirilib, 3 000 m2 maydon foydalanishga berildi. 5 ta tadbirkor ijaraga berilgan yerto‘lalarda jihozlash ishlarini boshladi.

 📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Nurafshon mahallasida yashovchi xotin-qizlar ishtirokida “Huquqiy targ‘ibot kuni” va “Adliya kuni” loyihalari doirasida   sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda 50 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi va mutaxassislar tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligi, subsidiya olish, kedastr pasportlarini shakllantirish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish yuzasidan amaliy yordam, huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 80-sonli Farmoni va PQ-1-sonli Qarorlarining mazmun, “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” shiori ostida jinoyatlarni oldini olish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilganligi yuzasidan maʼlumotlar ham berib o‘tildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida eng dolzarb masalalaridan bir bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida huquqiy va institutsional islohotlar tizimli amalga oshirilmoqda.

Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlari va “Himoya garovi” advokatlik byurosi advokatlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2-sonli Toshkent akademik litseyida   “Korrupsiya – kelajak taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘qish jarayonida tanish-bilishchilik, o‘qituvchilarga pora yoki turli xizmatlar taklif qilmasdan, talabalarni   chuqur bilim olishi, o‘z ustida tinmay ishlashi, tanlagan kasbiga sadoqatli bo‘lish uchun uning sir-asrorlarini puxta egallashi muhim ahamiyatga ega ekanligin aytib o‘tildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Bugun yoshlar bilan ishlash va bu jarayonni jadallashtirish, jamiyatdan ajrab qolgan, hayotda o‘z o‘rnini topolmayotgan, buzg‘unchi g‘oyalar taʼsiriga tushib va yoki hayotning noto‘g‘ri ko‘chalariga kirib qolgan yoshlarni faol hayotga qaytarish eng muhim va kechiktirib bo‘lmas vazifadir.  

Chinoz tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi direktori o‘ziga  biriktirilgan og‘ir toifadagi yoshlar bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ish olib bormoqda.

Hozirga qadar biriktirilgan “og‘ir” toifadagi yoshning barchasi bilan yuzma-yuz uchrashdi, ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan suhbatlashildi. Ularga huquqiy murojaatlari bo‘yicha tushuntirish va tafsiyalar berilib, oilaviy ijtimoiy ahvoli o‘rganildi.

 📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departament boshlig‘i E. Mahkamov xizmat safari bilan Toshkent viloyatida bo‘lib, xizmat safari davomida Zangiota, Yangiyo‘l, Toshkent tumani va Yangiyo‘l shahar Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida markazlarda xodimlarga yaratilgan ish sharoitlari, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar atroflicha o‘rganildi.

E.Mahkamov markazlar faoliyatini yana-da takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholining xizmatlardan roziligini yana-da oshirish maqsadida xodimlar bilan bevosita muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida  sohadagi mavjud kamchilik va muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yana-da takomillashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Qibray tuman adliya bo’limi tomonidan Toshkent viloyati advokatlar palatasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida faoliyat ko'rsatuvchi advokatlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda advokatlar faoliyatiga oid masalalar, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi nizom yuzasidan seminar o'tkazildi.
Shuningdek, seminarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-1-son qarorining mazmun mohiyati tushuntirildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Joriy yilning 21-may kuni Adliya vazirligida nazorat qiluvchi va hamkor tashkilotlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166 Farmoniga asosan ijro intizomini samarali tashkil etish, Ijro.gov.uz elektron tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari, viloyat va tuman (shahar) hokimliklari hamda davlat tashkilotlarining nazorat va ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linma rahbarlari va xodimlari faol ishtirok etishdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Jarayon

Toshkent viloyatida 18 nafar fuqaroga egalik huquqi eʼtirof etildi

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonun 2024 yil 8 noyabrda kuchga kirgan.

Adliya vazirligi mazkur qonun normalarini mutasaddilarga, aholiga yetkazish bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirdi. Qonun ijrosi bilan bog‘liq masalalarda ham adliya organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lmoqda. 

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan 18 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etildi.