ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.01K subscribers
7.8K photos
973 videos
4 files
7.09K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
#Taʻlim
#Bilasizmi

📘 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan ota-onalar va o'quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o'qitishni yo'lga qo'yish belgilangan.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari  o‘tkazildi

Bugun Toshkent viloyatidagi 876 umumtaʼlim maktabida  “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bilan darslar boshlandi. Joriy o‘quv yilda 54 ming 800 nafar bolajon 1-sinfga qadam qo‘ydi.  

 “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari  “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida o‘tkazildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya bo‘limi xodimlari ham ishtirok etdi.

Bo‘ka tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida  o‘tkazilgan tadbirda adliya bo‘limi boshlig‘i U.Azizov so‘zga chiqib, barchani Mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi hamda boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.  Yangi o‘quv yili barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun omadli bo‘lishini tiladi.

Tadbir davomida maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 154 nafar o‘g‘il-qizlarga Prezident sovg‘asi tantanali tarzda topshirildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Jarayon

Saylov qonunchiligidagi yangiliklar bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i  B.Rahimov va Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan  27- va 40-sonli umumtaʼlim maktabida saylov uchastkasi aʼzolari ishtirokida saylov qonunchiligidagi yangiliklar va ularning mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilishi, saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linishi, Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, yaʼni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanishi to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

 Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

⚡️Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlarni pul mablag'larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog'liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Taʻlim
#Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo'lgan oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo'lgan taqdirda ta'lim bo'yicha to'lov kontrakti miqdorining 35 foizi to'lanishi belgilangan.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya