ТОШКЕНТ ВИЛОЯТ АДЛИЯ БОШҚАРМАСИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ/TOSHKENT VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
1.12K subscribers
6.59K photos
802 videos
4 files
6.39K links
Савол ва мурожаатлар учун @toshviladliya_bot
Download Telegram
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to'sgan holda bo'lish, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

⚠️ Bundan tibbiy ko'rsatmaga asosan yoki yo'l-transport harakatida xavfsizlikni ta'minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bog'liq hollarda yuzini to'sgan holda bo'lish yoki sport va madaniy tadbirlarni o'tkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini to'sgan holda bo'lishi, shuningdek qonunchilikda to'g'ridan-to'g'ri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to'sgan holda bo'lish mustasno.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

🔰 Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo'lgan shaxsni do'pposlash, ushbu shaxslarga sog'liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

🔰 Taqiqlangan ekinlarni, ya'ni ko'knor yoki moyli ko'knor, kannabis o'simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo'lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima;
360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ov qilish yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo'qolib borayotgan hayvon turlarini tutishning belgilangan tartibini yoki shartlarini, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzish:

Qizil kitobga kiritilgan hayvonot dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo'lsa:

🔹BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (136 mln so'mdan 204 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
🔹
3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹
3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

🖥 Qonunchilikka ko'ra, o'zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, quyidagi jazo choralaridan biri bilan jazolanadi:

🔸BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (102 mln so'mdan 136 mln so'mgacha) miqdorda jarima;

🔸2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud;

🔸2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, kassa operasiyalarini yuritish tartibini va to'lov intizomini buzish, mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (5 mln 100 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o'tkazish, shu jumladan ana shunday o'yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

✔️ Shuningdek, mazkur harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab, sodir etilgan bo'lsa 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

🚫Qonunchilikka ko‘ra, ommaviy tadbir tashkilotchisi, ommaviy tadbirga reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali fuqarolarni jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

☎️ Qonunchilikka ko‘ra, ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun BHMining 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so‘mdan 1 mln 20 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Amal_qiling

⚡️ Qonunchilikka ko‘ra, mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash taʼlim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha (34 mln so‘madan 51 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya