Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.41K subscribers
18.8K photos
4.38K videos
30 files
12.5K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Gʻalla_2023
#Jarayon

🌾Mirishkorlar xirmoniga baraka tilab...

Bugundan Toshkent tumanida 2023-yil hosili uchun yetishtirilgan gʻalla oʻrim-yigʻim mavsumiga start berildi.

👍Shu munosabat bilan erta tongdan dala maydonida tuman gʻallakorlari oʻrim-yigʻim ishlarini boshlab yubordilar.

Tumanda 2023-yil hosiliga jami 784 gektar boshoqli don ekinlari ekilgan boʻlib, hosildorlik gektariga 65-80 sentnerdan toʻgʻri kelmoqda.

♻️Buning uchun 3 ta yuqori unumli gʻalla oʻrish kombayni va har biriga 5 tadan jami 15 dona yuk mashinalari biriktirilgan.

💫Gʻalla yigʻim-terimi talafotlarsiz oʻtishi va donni nest-nobud qilmasdan yigʻib olish uchun tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi binosida kecha-kunduz faoliyat yuritadigan "Gʻalla-2023" shtabi tashkil etilib, malakali mutaxassislardan iborat 6 ta monitoring guruhlari mavsum davomida faoliyat yuritadilar.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 5, 2023
#xushxabar
#gʻalla_2023

Zafar muborak Toshkent tumani gʻallakorlari!

🌾Tumanimiz gʻallakorlari yerga boʻlgan mehri hamda fidokorona mehnatlari evaziga 11 ish kunida 784 gektar maydonga ekilgan boshoqli don ekinlaridan davlat xaridiga 1624 tonna sara don yetkazib berib yurtimizning xirmoniga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

💫Bunday muvaffaqiyatlarga erishishda fermer xoʻjaliklari, hududiy agrofirma rahbarlari, haydovchi-mexanizatorlar va 3 ta oʻrim otryadi rahbarlari Baxtiyor Sobitov, Avaz Oqiljonov, Abdurahim Karimov hamda oʻrimda ishtirok etib kuniga 60-80-tonnadan hosilni yigʻib olgan kombayni operatorlari Sherali Sotvoldiyev , Nodir Rahimov, Shuhrat Qoraboyev, Shokir Sultonbekov, Muxtor Mirzaboyev va boshqalar fidokorona mehnat qildilar.

Ushbu mavsumda “GREEN FRUIT IMPEX” MCHJ, “EGAMBERDI OMAD AGRO”, “BEXRUZ-BARAKA-FAYZ”, “JOʻRA TABARRUK MIRISHKOR”, “KOZIM-MIRISHKOR” fermer xoʻjaliklari don yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomaviy rejalarini birinchilardan boʻlib 200-392 foizga bajarib tuman xirmoniga munosib ulushlarini qoʻshdilar.

Tumanda gʻalla oʻrim-yigʻim ishlari qizgʻin davom etayotgan boʻlib, pirovard natijada don sotish hajmlari 2500 tonnaga yetkazilib, shartnomada koʻrsatilgan rejaga nisbatan 150 foizga bajarilishi kutilmoqda.

Tumanda gʻalla va ertaki ekinlardan boʻshaydigan 1200 gektar yer maydonlariga takroriy ekinlar ekish ishlari jadal davom etirmoqda. Takroriy ekinlardan ham yuqori hosil olinib tumanimiz va shahar aholisi dasturxoniga qish-bahor mavsumiga sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berilishi taʼminlanadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 23, 2023