Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.15K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Jarayon

Loyihalar yoshlar orasida

📚Toshkent tumanida joylashgan 9-maktabning o‘quvchi yoshlariga A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan Ibrat tillari, Uzchess, Mutolaa, UstozAI loyihalarining targ‘iboti jadal suratlarda olib borilmoqda.

📚Quvonarlisi, yoshlar orasida bu loyihalar katta qiziqishga sabab bo‘ldi va ular barcha loyihalar bepul berilayotganligidan xursand.

♻️Targibot davomida A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan 9-maktabda joylashgan yoshlar markazi kutubxonasida Ibrat farzandlari loyihasi doirasdai "Do'stlik daraxti" portreti ham yoshlar tomonidan tashkil etilib kutubxona devoriga ilib qo'yildi.

🟢O‘quvchi yoshlar, Yoshlar ishlari agentligiga o‘z minnatdorliklarini bildirib, davlat ularga bepul o‘qish tizimini yaratib kelajak uchun qayg‘urayotgan paytda ular ham davlatimiz kelajagi uchun bor bilimlarini sarflab katta yutuqlarga erishishga va'da berdilar.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Forum ishtirokchilari kutib olindi


Maʼlumki, BMT Bosh assambleyasining 62/136-son yigʻilishida eʼlon qilingan 15-oktyabr - "Xalqaro qishloq ayollari kuni" mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda.

Joriy yilda ham Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston "Agrar soha ayollari" uyushmasi hamkorligida "Fan va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish integratsiyasiga bagʻishlangan Markaziy Osiyo ayollari forumi" tashkil etilmoqda.

Ushbu Forumga Markaziy Osiyo davlatlaridan qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritib kelayotgan ayollar taklif qilingan.

Forum mehmonlariga hurmat va ehtirom koʻrsatish maqsadida kuni kecha Toshkent tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Lola Qoraboyeva Qozogʻiston Respublikasidan kelayotgan bir guruh ayollarni bojxona chegara postida kutib oldi.

Qoʻshni Qozogʻistondan Forumga kelayotgan delegatsiya vakillari oʻzbek xalqining mehmondoʻst ekanligiga yana bir marotaba ishonch hosil qilib, bu singari doʻstona munosabat uchun minnatdorchilik bildirdilar.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

💫Uch avlod uchrashuvi


Toshkent tumanidagi 26-umumta'lim maktabida Vatanga boʻlgan muhabbatu sadoqat, shuningdek, yurtimizdagi oʻzgarishlarga daxldorlik hisi bilan yashashga undaydigan "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi.

Unda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari "Faxriylar kengashi" raisi, isteʼfodagi tibbiy xizmat polkovnigi X. Sagdullayev, podpolkovnik B.Adamov, mayor A.Abdullayev, DXX chegara qoʻshinlari "Gʻishtkoʻprik" boʻlinmasi harbiy xizmatchisi, serjant Q.Qozoqov, maktab rahbariyati, 26, 28, 29-maktab ChQBT fani rahbarlari, "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolari va yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Jarayon

💫"Til-millat koʻzgusi!" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o'tkazildi


✍️Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasida Davlat tiliga o'zbek tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda "Tilga e'tibor-elga e'tibor" haftaligi doirasida Toshkent tumanidagi 9-va 12-umumta'lim maktablarida  "Til-millat koʻzgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan Vatanni, ona tilimizni madh etuvchi she'rlar, g‘azallar, kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari ijro etildi.

♻️Bayram tadbilarida Toshkent tumani Milliy gvardiya xodimlari va IIB profilaktika inspektorlari mehmon boʻlishdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Jarayon

Maqsad: Obodlik, tinchlik va farovonlik


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev oʻziga qarashli sektor hududidagi mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashdi.

Suhbat davomida, mahallalarda "yashil makon" umummilliy loyihasini oʻtkazilishi, obodonlashtirish ishlari, mahallalarning obod va koʻrkam boʻlishi uchun zaruriy saʼy-harakatlar haqida soʻz bordi.

Xususan, tuman hokimi migrantlar masalasida mahallalarda oʻtkazilayotgan xatlovning haqqoniy tarzda olib borilishi, koʻchalarning tozaligi va chiqindilardan holi hududga aylanishi, mahallalarda istiqomat qiluvchi aholini "yashil makon" umummilliy loyihasiga jalb qilishni yanada faollashtirish, asosiy maqsad obodlik, tinchlik va farovonlik boʻlishi kerakligi haqida gapirib oʻtdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

💫Uch avlod uchrashuvi


🟢Kuni kecha, Toshkent tumanidagi 23-maktabda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari "Faxriylar kengashi" raisi, isteʼfodagi tibbiy xizmat polkovnigi Xayrullo Sagdullayev, faxriylar: podpolkovnik Baxtiyor Adamov, mayor Abdumalik Abdullayev , DXX chegara qoʻshinlari  harbiy xizmatchisi, serjant Qahramon Qozoqovlar, maktab rahbariyati, 26, 28, 29,5-maktab ChQBT fani rahbarlari, "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolari va yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" va "Men ham harbiy boʻlaman" mavzusida kitob tadqiqoti oʻtkazildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Aholi yashash sharoitini yaxshilash choralari koʻrilmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentyabrdagi “Mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari” va Toshkent viloyati hokimining 2024-yil 20-sentyabrdagi 1/2-5-4704-sonli xatining - mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlarining ijrosini taʼminlash maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan Fayziobod mahallasida joylashgan bir oilaning sharoiti oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha oilaga ikki pallali qozon (dvuxkonturniy kotel) olib berildi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

"Ulugʻ ajdodlar ilmiy merosi kelajak mayogʻi
"

Toshkent tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy tadbir oʻtkazildi.

Unda Eshonguzar jome masjidi imom xatibi Boboravshan Rasulov, tarixshunoslar va kasb-hunar maktabining 120 dan ziyod oʻquvchilari qatnashdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-avgustidagi "Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida"gi qarorining ijrosi taʼminlash hamda ulgʻayib kelayotgan avlodga islom dini ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk olim, Vatandoshimiz Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning ulkan ilmiy merosi haqida soʻzlab berildi.

Tadbirda, Xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida uni keng targʻib etish, ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, yosh avlodni maʼnaviy-ruhiy olamni boyitish, ularni qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yanada kuchaytirilganidagina yuksak marralarga erishish mumkin ekanligi aytildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

“Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir”

Aynan shu shior ostida joriy yil 22-noyabr kuni 65921-harbiy qismida Toshkent tumanidagi inspektor-psixologlari-mayor A.Namozov, leytenant A. Mamajonov va K.Orzuqulovlar tumandagi 1, 23,24,26,28-maktab oʻquvchilari hamda Toshkent tumanidagi Mudofaa Vazirligiga qarashli 9-maktab qoshidagi “Jasorat vatan tayanchi harbiylashtirilgan taʼlim maktabi” oʻquvchilarini jalb etgan holda “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.

Tadbirda, Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash nuroniylar jamgʻarmasi Qibray tumani raisi Sayfullo Temirov, Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari, FVV faxriysi Xamidullo Orifjonovlar ishtirok etdi.

Tadbir soʻngida Milliy gvardiya AHNKO musiqiy konsert dasturini namoyish etdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Taʼlim muassasalarida profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

2024-yil 28-noyabr kuni yoshlar orasida jinoyatchilikni va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Toshkent tumani MMTB boʻlimiga qarashli 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi "Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-2833-sonli qarori ijrosiga qaratilib, unda Toshkent tumani FVB boʻlimi xodimi B.Perenboev, MG inspektor-psixologi leytenant B. Mamajonov hamkorlikda yuqori sinf oʻquvchilari bilan tigʻ tadbir oʻtqazildi va oʻquvchilardan taqiqlangan buyumlar aniqlandi.

Tadbir davomida aniqlangan buyumlar yuzasidan tushuntirish ishlari oʻtkazilib, oʻquvchilarning ota-onalari bilan suhbatlashildi hamda ogohlantirish berildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Yo‘llarda hushyor bo‘laylik!

🌨Ayni kunlarda yurtimizda yuzaga kelgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo'llarda qor va muzlamalar hosil bo'lgan.Toshkent tumani bo‘ylab yo‘llarni qordan tozalash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

❄️Hududlarda Obodonlashtirish bo'limi hamda Yoʻllardan foydalanish davlat muassasalari ishchi-xodimlari tomonidan qatnov harakati mavjud joylarda haydovchi va yo'lovchilarga qulaylik yaratish hamda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, avtomobil yoʻllariga qum-shagʻal aralashmasini sepish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tasvirlarda Toshkent tumanining deyarli barcha ko‘chalarida amalga oshirilayotgan ishlar.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

❇️ Toshkent tumani. Soat 23:45.
❄️ Havo harorati -9

⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali Toshkent tuman elektr ta’minoti bo‘limi tezkor brigadasi tomonidan shikastlangan transformatorni zaxiradagi  transformatorga almashtirish jarayonlari.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Toshkent tumani mas’ullari Toyloq tumani tajribasini o‘rgandi

🟢 Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari I. Saidikarimov, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori D. Muhiddinovlar, viloyat ishchi guruhi boshchiligida Toyloq tumanidagi “Ilk rivojlanish markazi” faoliyatini o‘rgandilar.

♻️Boshqarma xodimlari, tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari, Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mas'ullari hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbarlari ishtirok etgan ushbu tashrifda markazning imkoniyatlari batafsil o‘rganildi.

👩‍👩‍👧‍👦 Kelasi yil ushbu “Ilk rivojlanish markazi” Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida ochish rejalashtirilgan.

💠 "Ilk rivojlanish markazi" Toyloq pedagogika kolleji negizida Jahon banki hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bolalarni erta yoshdan takomillashtirish loyihasi asosida tashkil etilgan.


📸Jarayonlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Qurilish obyekti tuman hokimi nazoratida


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh masʼullar bilan tumandagi Halimkop mahallasida qurilayotgan taʼlim maskani holatini oʻrganish uchun qurilish obyektida boʻldi.

Ushbu qurilishi yakunlanmagan taʼlim maskaning foydalanishga topshirilishi bir qator sabablarga koʻra kechikayotganini bilgan tuman hokimi quruvchilar bilan suhbatlashib, ularni muammolarini oʻrgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2024-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-404-son Qarori ijrosi doirasida bitkazilib, foydalanishga topshirilishi kerak boʻlgan ushbu obʼekt 330 oʻrinli boʻlib, 2023-yilda qurilishi boshlangan va 2024-yil noyabr oyi yakuniga qadar qurilishi-montaj ishlari yakuniga yetkazilishi belgilangan.

Tuman hokimi qurilishi yakunlanmagan taʼlim maskanidagi holatni yaqindan oʻrganar ekan, qurilishni yakunlash muddatlarini belgiladi va mavjud muammolarni bartaraf qilishda koʻmaklashishini bildirdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Yongʻin oqibatlarini bartaraf qilishga koʻmaklashildi


Bugun erta tongdan, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev yongʻin oqibatlari bilan yaqindan tanishish uchun Uch sada mahallasi Birdamlik koʻchasidagi xonadonlarning birida boʻldi.

Oila vakili E.Oʻrmonov bilan boʻlib oʻtgan suhbat davomida tuman hokimi yongʻin oqibatlarini bartaraf qilishda kerakli yordamlar, mavjud muammolar haqida soʻradi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini koʻmak uchun chaqirdi.

Suhbat yakunidan soʻng, tuman hokimining oʻrinbosari S.Mirsagatov tomonidan xonadon egalariga yongan xonadondan yaroqsiz buyumlarni olib chiqib ketish uchun texnika jalb qilishda koʻmaklashdi.

Shuningdek, qurilish ishlari boshlanganidan soʻng, tuman hokimi tomonidan quruvchi-mutaxassilarni jalb qilib, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda yordam koʻrsatishga kelishib olindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Toshkent tumani Yangi yilga qanday bezanmoqda?


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tuman hokimining oʻrinbosari I.Saidikarimov bilan tumanda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlarini koʻzdan kechirdi.

Ayniqsa tuman markaziy sayilgohida oʻrnatilgan bosh archa atrofida bolajonlar uchun namoyish qilinadigan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi.

Oʻrganish yakunida bir qator kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Yongʻindan aziyat chekkanlar holidan xabar olindi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, joriy yil 13-dekabr kuni tumandagi Shirin mahallasi Marhamat kottej koʻchasida sodir boʻlgan yongʻin oqibatlari oʻrganish uchun yongan xonadonlarda boʻldi.

13-dekabrdan 14-dekabrga oʻtar kechasi sodir boʻlgan mudhish hodisa oqibatida 2 ta xonadon yongan boʻlib, u yerda istiqomat qiluvchi oila aʼzolarining deyarli hech narsasi qolmagan.

Tuman hokimi yongʻin oqibatlarini koʻzdan kechirar ekan, oila vakillariga imkon qadar yordam berishga va qurilish boshlanganidan soʻng, quruvchilarni jalb qilib, uy qurilishida ishtirok etishini bildirdi.

Shu oʻrinda hurmatli Toshkent tumani fuqarolaridan kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida ehtiyot choralarini koʻrishlarini va oila aʼzolarini turli xil nojoʻya hodisalardan asrashlarini soʻrab qolamiz.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Tuman deputatlari - Oliy Majlis Senatida


Xalq deputatlari Toshkent tumani kengashi deputatlari Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatida boʻlishdi. Oliy Majlis Senati Qoʻmita Raislari Abdulxakim Eshmurodov, Malika Qodirxonovalar va senatorlar qabul qilishdi.

Uchrashuv jarayonida Senatning hurmatli Qoʻmita raislari yurtimizda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ulkan islohotlar va Senat tomonidan bu boradagi xayrli ishlar haqida soʻzlab berdilar.

Undan soʻng Qoʻmita raislari qimmatli vaqtlarini ayamay Oliy dargohning moʻjizaviy va ulugʻvor Majlislar zali, kutubxona va boshqa diqqatga sazovor joylarini birma-bir erinmay soʻzlab berishdi.

Xayrlashar ekanmiz oʻzimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildirgan xolda, juda katta taʼsirotlar bilan qaytdik.

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati Mirislom Usmonov.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Hisobot tadbiri oʻtkazildi


Bugun, Toshkent tumani hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari Lola Qoraboyevaning 2024-yil yakunlariga bagʻishlangan hisobot tadbiri oʻtkazildi.

Unda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, mahallalarda ishlayotgan va hozirda ijtimoiy xodim sifatida ish faoliyatini davom ettirayotgan xotin-qizlar, "Oqila ayollar" harakati aʼzolari, korxona va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ayol rahbarlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti oʻtkazilib, faoliyatida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar tuman hokimi tomonidan taqdirlandi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM