Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

_“OQIBAT” MAHALLASIDA QANDAY O‘ZGARISHLAR RO‘Y BERMOQDA_

📹Tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

To'qsonbosti ekinlarni ekib, qo'shimcha daromadga ega bo'ling: Toshkent tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining MUROJAATI!

Qadrli yurtdoshlar!

♻️Hurmatli dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari!

👉 BATAFSIL

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik

Ozodlikning obod koʻchalari


Toshkent tumani Ozodlik mahallasida 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallada asosan koʻp kvartirali xonadonlar joylashgan boʻlib, aholining ko'p soni xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritadi.

Mahallaning drayveri tikuvchilik. Bugun, Ozodlik mahallasida qanday oʻzgarishlar roʻy bermoqda?

📹Batafsil Ozodlik mahallasi raisi Doniyor Salimov intervyusida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HAMKORLIK

💫Xalqaro hamkorlik taʼlim sohasida oʻz aksini topmoqda

Bugun xalqaro maydonda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan davlatimizda dunyoning deyarli barcha davlatlari elchixona va konsulliklari faoliyat yuritmoqda. Ular xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xususan, ta’lim sohasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim harakatlarni amalga oshirmoqda.

Birgina Birlashgan Arab Amirliklarining ta’lim va fan borasida erishayotgan yutuqlarini o‘zimizda qo‘llash amaliyoti ham bugun yaxshi natijalar bermoqda. Kuni kecha ushbu davlatning mustaqillik kuni munosabati bilan tadbir va ko‘rgazma tashkil etildi.

♻️Ushbu tadbirga turli soha vakillari bilan bir qatorda viloyatimiz ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar ham ishtirok etishdi. Jumladan, Toshkent tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig'i Nilufar Ubaydullayeva hamda tumanning bir qator tajribali pedagoglari tadbirlarda qatnashdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish
#Toshkent_tumani

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi amalda

Davlat rahbari tomonidan “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi farmon qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent tumanida sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda korxona-tashkilot rahbarlarining har biriga 5 tadan kambagʻal oila biriktirib berilib, ushbu xonadon egalarini oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan bugun, tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Lola Karaboyeva oʻziga biriktirilgan oilalarda boʻlib, xonadon bekalari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida, ularni qiynayotgan masalalar, oila daromadini oshirish uchun zarur saʼy-harakatlar, daromad manbaini yaratish va kambagʻallikdan chiqishga toʻsqinlik qilayotgan omillar haqida batafsil suhbat oʻtkazilib, soʻrovnoma toʻldirildi.

Kambagʻal oilalarga oid soʻrovnoma toʻldirilib, reyestr shakllantirilganidan soʻng, xonadon egalarining muammosini hal qilish va daromadini oshirish orqali kambagʻallikdan chiqarish choralari koʻrilishi belgilangan.

Bu singari oʻrganishlar Toshkent tumanining har bir mahallasida, har bir rahbar tomonidan joyiga chiqqan holda oʻtkazilmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Toshkent tumani 15-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Muhammadbilol Mirsobitov Xalqaro IELTS imtihonida 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Qayd etish lozimki, tumanda Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tashabbusi bilan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida stipendiya tashkil etilgan.

🤩Muhammadbilol endi bir oʻquv yili davomida ushbu stipendiya bilan ragʻbatlantirib boriladi.

💫Oʻquvchimizni samimiy tabriklab, bundan keyingi faoliyatida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi


🏢 Qarorga muvofiq, Jamoat ishlari jamg'armasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi negizida Kambag'allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg'armasi tashkil etiladi.

2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi.

🔍 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida og'ir ahvoldagi oilalarni kambag'allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning o'rinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi.

🗓 2025-yil 1-apreldan:

🔹Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan boquvchisini yo'qotgan to'liq bo'lmagan oilalar, mehnatga layoqatli a'zosi bo'lmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron a'zolari mavjud oilalardagi o'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko'rsatiladi;

🔹ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda g'amxo'rlik ko'rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko'rsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi;

🔹YTT sifatida ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxslarga alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning kunduzgi parvarish xizmatlarini hamda yuridik shaxslarga nogironligi bo'lgan bolalar, shu jumladan, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko'rsatishga ruxsat beriladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️DIqqat yangilik!

"Ugam river" turistik majmuasidan apartamentlarni sotib oling!


Ayni paytda "E-auksion" elektron savdo platformasiga 51 ta apartamentlar savdoga chiqarilgan bo'lib, istalan shaxs savdolarda qatnasha oladi.

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11354857
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11354846
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11312973
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11354814
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11354817
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11354815

Barcha lotlarni ko'rish

🛍To'lovlarni 6 oy muddatda bo'lib to'lash imkoniyati mavjud.

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Xumson mahallasida joylashgan tabiati bilan ajralib turuvchi majmua sizni kutmoqda.

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Ijtimoiy_himoya

Oilalarning sharoiti oʻrganilmoqda


Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi rahbari U. Maxamadjonov kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida oʻziga biriktirilgan oilalar sharoitini oʻrgandi.

FVB boshligʻi 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Gultepa mahallasidagi 3 ta va Istiqbol mahallasidagi 2 ta xonadonda boʻlib, muammolarni soʻrovnoma orqali oʻrgandi.

Shulardan, Istiqbol mahallasi yashovchi fuqaro I.N. oilasi oʻrganilganda 4 ta oila bitta xonadonda yashab kelayotganligi aniqlandi va fuqaroni ishga joylashtirish orqali kambagʻallikdan chiqarish hamda subsidiya orqali uy-joy olishga koʻmaklashish rejalashtirildi.

Har bir oilaning ijtimoiy ahvoli batafsil oʻrganilar ekan, ularning keysi shakllantirilib, kambagʻallikdan chiqarish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Ijodkor yoshlar taʼlim yoʻlagini barpo qildilar


Toshkent tumani Barkamol avlod bolalar maktabi oʻquvchilari oʻz ijod namunalarini tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga olib kiruvchi yoʻlakdagi devorda aks ettirdilar.

Tasviriy sanʼat oʻqituvchilari va oʻquvchilarining sanʼat asarlari "Taʼlim devori"da muhrlanib qoldi.

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.Ubaydullayeva tashabbusi bilan chizilgan ushbu ijod namunalarida tinch yurtning obod koʻchalari, baxtli bolalikning unutilmas xotiralari oʻz aksini topgan.

Bu singari oʻziga xos chellenj, bolalarga nafaqat oʻz hunarlarini namoyish etishga sharoit yaratdi, balki oʻquvchilar oʻrtasidagi ahillik rishtalarini mustahkamlashga hamda ustoz-shogird anʼanalarini barqarorlashtirishga zamin yaratdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM