Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.29K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Jarayon

Huquqiy targʻibot kuni oʻtkazildi


2024-yil 3-iyun kuni Toshkent tumani Madaniyat uyida adliya boʻlimi tashabbusi bilan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida "Huquqiy targʻibot kuni" doirasida yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Ushbu aksiyalar doirasida tashkil etilgan tadbirga Yoshlar ishlari agentligi, FHDY, DXM va mahalla yettiligidan vakillar jalb qilindi. Yoshlarga ularni qiynab keladigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar, tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun hujjatlar rasmiylashtirish tartibi tushuntirildi. Yoshlarga davlat xizmatlari mahallalarda sayyor tartibda koʻrsatildi. “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi va bepul koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlari haqida ishtirokchilar xabardor qilindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларда туризм инфратузилмасини яхшилаш ва хорижий туристлар оқимини янада кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ва соҳада фаолият юритаётган тадбиркорлар билан мулоқот бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнутся видеоселекторное совещание по мерам дальнейшего улучшения туристической инфраструктуры в регионах и наращиванию потока туристов, а также диалог с действующими в сфере предпринимателями.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида туризмни янада ривожлантириш бўйича устувор масалалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ва соҳадаги тадбиркорлар билан мулоқот бошланди.

Давлатимиз раҳбари ҳозирги мураккаб геосиёсий ва иқтисодий вазиятда туризм каби янги иш ўрни яратадиган, инвестиция ва экспортни кўпайтирадиган соҳаларни қўллаб-қувватлаш зарурлигини таъкидлади.

Мамлакатимиз туризм соҳасида ана шундай ишга солинмаган салоҳият борлиги, куни-кеча Ислом ҳамкорлик ташкилоти Туризм кенгашига раислик қилиш ваколати Ўзбекистонга ўтгани ҳам катта имконият экани кўрсатиб ўтилди.

Шу муносабат билан мутасаддилар ва ҳокимлар соҳадаги тадбиркорларни ўйлантираётган муаммоларни, фикр ва таклифларини ўрганиши, улар билан бамаслаҳат иш тутиши муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X
Ўтган йил Самарқандда ўтган Глобал туризм инвестиция форумида 2,3 миллиард долларлик келишувларга эришилган эди. Лекин айрим лойиҳалар бўйича ишлар суст кетаётгани кўрсатиб ўтилди.

Масалан, Наманган, Андижон, Тошкент, Хоразм, Фарғона вилоятлари ва пойтахтдаги лойиҳаларга ҳалигача ер танланмаган. Сирдарё ва Жиззахда хорижий ҳамкорларга бирорта лойиҳа таклиф қилинмаган.

Шу билан бирга, ишлар тўғри ташкил этилган ҳудудларда натижа бор. Масалан, хорижий инвесторлар Шаҳрисабз тумани Ғелон ва Сарчашма қишлоқлари орасида 3 минг гектарлик тоғ-чанғи комплексини ташкил қилиш, Мираки қишлоғида туризм зонасини барпо этиш ишлари бошланди.

Иқлими, табиати Шаҳрисабзга ўхшаш бўлган Оҳангарон, Ургут, Янгиқўрғон, Поп, Чортоқ, Бахмал туманлари ҳокимларида бу борада бирорта ташаббус йўқлиги танқид қилинди.

Facebook|Instagram|X
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilad
i

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, 35kV L-Saragach havo tarmog‘ida taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Darxon, Avliyo-ota, Rahbarobod, Hasanboy Guzari, Hasanboy, Kensoy, Chuvalachi, Gultepa, Shirin, Istiqbol, Kalas, Maʼrifat, Gulobod, Uch-chinor, Farovon, Uch-sada, Halimko‘p, Sag‘bon, Obodlik, Zargar, Majnuntol, Xiyobon, Sohibkor, Nurhayot mahallalarida va ushbu mahallalar xududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil❗️ 4 - iyun kuni soat 04:00 dan 10:00 gacha❗️elektr taʼminoti bo‘lmaydi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Бойсун баҳори” халқаро этно-фестивали ўтказилаётгани натижасида Сурхондарёда сайёҳлар оқими 4 карра кўпайди.

Умуман олганда, ёшларнинг экстремал туризмга қизиқиши йилдан-йилга ошаяпти. Бунинг учун Паркент, Бўстонлиқ, Паркент ва Айдаркўлда имкониятлар етарли. Мўйноқда ҳам парашют билан сакраш ва ҳаво дайвинги экстремал туризмини ривожлантириш мумкин. Бунинг учун алоҳида ҳаво ҳудуди бўлиши керак.

Мутасаддиларга экстремал туризмни ривожлантириш дастурини қабул қилишга топшириқ берилди.

Facebook|Instagram|X
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🗣DIQQAT E’LON!

🟡Toshkent viloyatida yurtimiz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan filmlar kinokarvoni bo‘lib o‘tadi.

Kinokarvonda quyidagi filmlar namoyish etiladi:

“Oʻzbek qizi”
“Yasha xotin”
“Abdulla Oripov”
“Doktor Abdullayev”
“Samuray”
“Ayol qismati”
“Sudya”
“Evrilish”
“Osmondagi bolalar – 3”


🟡Shuningdek, namoyishlar davomida Rajab Adashev, Zuhriddin Rejametov, Fotima Rejametova, Shavkat Komilov, Bekzod Tadjiyev, Otabek Xaqberdiyev, Akrom Axmedov, Gulruh Pirnazarova, Mahliyo Asqaraliyeva, Bahodir Mirmaqsudov kabi aktyor va aktrisalar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

4-iyun kuni filmlar quyidagi manzillarda namoyish etiladi:

Toshkent tumani Madaniyat saroyi soat 10:00
Chinoz tumani 14-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi soat 11:00
Zangiota tumani Madaniyat saroyi soat 15:00
Yangiyo‘l tumani 5-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi soat 15:00

Filmlar namoyish etiladigan manzillar to'liq ro'yxatini 👉 USHBU LINK orqali ko'shingiz mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Сўнг давлатимиз раҳбари соҳа вакиллари ва тадбиркорлари билан мулоқот қилиб, уларнинг муаммолари ва таклифларини эшитди. Жумладан, мулоқотда:

- туризм хизматлари кўрсатувчиларни молиявий қўллаб-қувватлаш ва иқтисодий имкониятларини кенгайтириш;

- туроператорларни маданий мерос объектлари ва темир йўл чипталари нархларидаги ўзгаришлар тўғрисида олдиндан хабардор қилиш;

- меҳмонхона бошқарувчиларини тайёрлаш ва меҳмонхона қуришга субсидиялар доирасини кенгайтириш;

- пенсия ёшидаги туристларга алоҳида виза тартибини жорий этиш;

- тарихий шахсларнинг уй-музейларини реставрация қилиш каби масалалар кўтарилди, таклиф ва ташаббуслар билдирилди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik

Tinchlik neʼmati


Inson qo‘lidagi neʼmatlarga shukur qilar ekan, neʼmatlar ziyoda bo‘lishiga guvoh bo‘ladi. Nolish, inkor qilish ila qo‘lidagi neʼmat ham yo‘q bo‘ladi. Alloh taolo bandalariga mislsiz neʼmatlarni inom etdi. Faqatgina bir talab, ana shu neʼmatlarga shukr qilishni talab etdi.

Xo‘sh, biz halovatga nima bilan yetamiz? Tinchlik bilan, ofiyat bilan. Shuning uchun bugun tinchlikni qadriga yetaylik!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

"Yoshlar kundaligi" rasmiy telegram kanalida ""TEZ YORDAM"GA TEZ YORDAM CHAQIRISHDI" mazmunida eʼlon qilingan xabar yuzasidan munosabat.

Joriy yil 1-iyun kuni soat 16:35 da Toshkent tumani Chuvalachi hududi Dilkash ko‘chasi 15-uydan 1998–yilda tug‘ilgan Odiljonov Jasur Jahongir o‘g‘li ismli fuqarodan bosh og‘rig‘i shikoyati bilan murojaat kelib tushgan. Chaqiruv soat 16:39 da eng yaqin “Yangiobod” shaxobcha brigadasiga uzatilgan. Shifokor Rajabov Temur va feldsher O‘lmasova Naziradan iborat brigada manzilga soat 16:45 da yetib borgan. Bemor shifokorga bosh og‘riʼg‘i, bezovtalik, umumiy xolsizlik, shikoyatlari borligini va buyrak kasalligi bo‘yicha davolanayotganini aytgan.

Shifokor birlamchi tekshiruvdan AQB120/80, Puls 75ta, T-36,6 C aniqlangan va og‘riqni qoldirish uchun feldsherga og‘riq qoldiruvchi dori vositasini shpritsga tortib taxlashini aytgan. Shu vaqtda shifokor bemorga qo‘shimcha kasalliklari bo‘yicha savollar berayotgan vaqtda, bemor shifokorga qarab “SAN KIMSAN, ISHINGNI TEZROQ QIL” deya xaqoratlay ketib o‘rnidan turib, to‘satdan shifokorning yuziga musht bilan urgan. Shifokorning labi va pastki jag‘ sohasidan qon ketishni boshlagan va biroz vaqtga shifokorda karaxtlik xolati kuzatilgan. Holat bo‘yicha hudud profilaktika inspektori Q. To‘rayevga xabar berilgan.

Shifokor boshqa brigada bilan TTA-3 Yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limiga olib kelingan. Jaroxat joyi tikilib, qon oqishi to‘xtatilgan. Shifokor ishini davom ettirish maqsadida ish joyiga qaytgan. Biroz vaqtdan so‘ng, shifokorda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, umumiy xolsizlik kuztila boshlagan va zudlik bilan TTA-2 klinikasiga gospitalizatsiya qilingan. TTA-2 Neyroxirurgiya bo‘limiga soat 23:45 da quyidagi tashxis bilan yotqizilgan: “Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya chayqalishi. O‘ng tomon pastki lab sohasida tikilgan jarohati. O‘ng pastki jag‘da yumshoq to‘qimalar lat yeyishi”. Hozirgi vaqtda bemor-shifokor bo‘limda tibbiy muolajalarni qabul qilmoqda.

Shu o‘rinda, shifokor ariza bilan tegishli organlarga murojaat qilgan taqdirda, shifokorni kaltaklagan fuqaroga nisbatan qasddan jarohat yetkazganlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilishini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

👍Bugungi kunda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xalq tayanchiga aylanmoqda. Birgina Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘layotgan natijali ishlar buning yaqqol misolidir.

📹Keling, bu haqida batafsil "Nurafshon" telekanali orqali efirga uzatilgan reportajda ko‘ramiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyati hududidan savdoga chiqarilgan Dehqon xo'jaligi yerlarini sotib oling.

🔹Bekobod tumanida 817 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 770 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 148 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 130 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 314 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 382 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 769 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 966 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1050 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 205 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 1005 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 302 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 56 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 499 ta (Ko'rish)

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Tadbirkorlik

Viloyatda xotin-qizlarning tadbirkorligi yanada rivojlanmoqda

👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kinokarvon

"Biz bir bo‘lsak yagona xalqimiz, birlashsak-Vatanmiz"


Aynan shu shior ostida joriy yil 4-iyun kuni madaniy-maʼrifiy targ‘ibot tadbiri yaʼni mamlakatimizda kino sanʼatini targ‘ib etish, aholi orasida vatanparvarlik, zamonaviy qahramonlarga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini oshirishga qaratilgan kino asarlari namoyishi, joylarda olimlar, ziyolilar, "Maʼrifat targ‘ibotchilar" jamiyati aʼzolari, kino sanʼati ijodkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan kino aktyorlaridan Zuhriddin Rejametov, Fotima Rejametova, Shavkat Komilov, Otabek Xaqberdiyev, Rajab Adashevlar ishtirok etdi. Elimiz suygan aktrisa Fotima Rejametova ishtirokchilar bilan dildan suhbat olib bordilar. Taniqli aktyorimiz Zuhriddin Rejametov hamda Otabek Xaqberdiyev o‘zining kino va seriallardagi obrazlari haqida gapirib berdi. Ushbu tadbir tumanimiz aholisida juda katta taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng kinokarvonga start berildi. Kinokarvon doirasida "O‘zbek qizi" filmi namoyish etildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM