Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.15K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

“Qonun yo‘q. Hammang yo‘qol O‘zbekistondan. Toshkent tumanida BEZPREDEL. Hasanboy”
nomi bilan Youtube ijtimoiy tarmog'ining “Sirojiddin Media” sahifasida eʼlon qilingan video yuzasidan:

Kuni kecha, Youtube ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan va Sirojiddin ismli bloger tomonidan tayyorlangan videolavhani ko‘rib, savodi chalaroq blogerning masalaga bir tomonlama yondashishi va Toshkent tumani Bahor mahallasi aholisini “provokatsiyaga" chorlayotganining guvohi bo‘ldik.

Ushbu videolavha yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Toshkent tumani Hasanboy hududida joylashgan Bahor mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli, ko‘p xonadonli turar joy “Toshkent Mega Stroy” MChJsi tomonidan qurilib, ushbu qurilish ishlari Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi qoshidagi shaharsozlik kengashi umumiy majlis yig‘ilishining 2023-yildagi 29-son bayoni hamda Bahor mahallasi jamoatchilik kengashi aʼzolarining navbatdan tashqari yig‘ilishi, shuningdek “ToshkentboshplanLITI” DUKning tegishli xulosasi asosida o‘z hududida qo‘shimcha binolar qurish uchun № 1727265-112308-sonli ruxsatnoma asosida qad rostlamoqda.

Tuman hokimligida yoki tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida ushbu qurilishni to‘xtatish, hujjatlarni bekor qilish yoki tadbirkorga biror-bir talab qo‘yish vakolati mavjud emas. Agarda MChJ ushbu qurilish ishlarini noqonuniy tarzda, o‘zboshimchalik bilan va davlat qonunlarini mensimagan holda amalga oshirayotgan bo‘lganida, tuman hokimligi korxonani sudga berish orqali qurilishni to‘xtatish choralarini ko‘rish harakatini qilar edi. Hujjatlarni o‘rganish davomida qurilish tashkilotida ko‘p qavatli uy-joylarni qurishga barcha zaruriy hujjatlar mavjudligi aniqlangan.

Videolavhada o‘zining shaxsiy fikrini bayon qilgan fuqaro va youtube ijtimoiy tarmog‘ining "Sirojiddin Media" sahifasini yurituvchisi Sirojiddin ismli blogerga esa, eng avvalo “bespredel” so‘zining maʼnosi, uni ishlatish o‘rni, har qanday bo‘hton va yolg‘on uchun jazo muqarrar ekanligini eslatib, "mavjud muammo" yuzasidan fuqarolar tomonidan sudga daʼvo arizasi kiritish masalaga eng to‘g‘ri yechim bo'lishini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasmiy munosabat

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali yo‘llangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Toshkent tuman bo‘limi tomonidan holislar ishtirokida o‘rganilib, tumanning Tutzor MFY, Qadrdonlar ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan mulk egasi M.X ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-modda 3-qismi bilan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanildi hamda 15 kunlik muddat ichida qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan rasmiy ogohlantirish berildi.

Batafsil videoda

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Tilla topdi koʻchasi qachon asfalt qilinadi?


YouTube ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilingan videolavha yuzasidan munosabat:

Toshkent tumani Bogʻizilol mahallasi Tilla topdi koʻchasida haqiqatdan ham 800 metr koʻcha asfalt qilinmasdan qolib ketgan.

Bunga sabab u yerda istiqomat qiluvchi aholining kam sonligi hamda aholi oʻrtasida nizo mavjudligi.

Maʼlumki, hozirgi kunda mahallalardagi ichki koʻchalarni asfaltlashtirish "Tashabbusli byudjet" jarayonlari orqali moliyalashtiriladi. Bu yili tuman hokimligi tomonidan "Tashabbusli byudjet" portaliga 17 milliard soʻm pul mablagʻlari qoʻyilgan va gʻolib boʻlgan mahalla ushub mablagʻlar evaziga oʻz tashabbusini moliyalashtirish imkoniyatiga ega.

Bloger va fuqarolar bilan boʻlgan suhbat davomida tuman hokimi O.Rustamov va tuman deputati M.Usmonov fuqarolarga "Tashabbusli byudjet" jarayonlarining shaffofligi va bugungi kunda tuman hokimligi tomonidan tashabbuslarni moliyalashtirish faqatgina "Ochiq byudjet" portali orqali amalga oshirilishi tushuntirildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Biz ularni koʻchalarni ozodaligiga qarayapti deb oʻylasak, aslida koʻchani chiqindilarga toʻldirishayotgan shular ekan..." sarlavhasi ostida eʼlon qilingan va muhokamalarga sabab boʻlgan holat yuzasidan munosabat:

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Haqiqatdan ham Toshkent tumani Fayzobod mahallasida koʻchani tozalayotgan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari maishiy chiqindilarni yigʻib, shamoldan uzoqroqga toʻplagan.

Bundan asosiy maqsad, chiqindi tashuvchi yuk mashinasi "musor" toʻplangan joyga yetib kelgunicha, ularni shamoldan tarqalib, koʻchalarga yoyilib ketishini oldini olish boʻlgan.

Bugun, koʻchalar tozalanib, chiqindilar olib ketildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Tutzor MFY da TABAQA devori qurilganmi?!


Aynan shu mavzuda Nazorat.uz ijtimoiy tarmogʻi orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yil 30- iyul kuni Toshkent tumani hokimligi qurilish boʻlimi, arxitekturasi, tuman FVB va boshqa mutasaddilar ishtirokida holat oʻrganildi.

Aslida, ilgari ushbu koʻchada mahalla fuqarolari oʻtishi uchun bosh rejaga asosan yoʻl mavjud emas. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan aholi yashashi va yer uchastkalaridan foydalanishi uchun yer ajratilganidan soʻng ushbu yer maydonlariga uchastkalar qurilgan va oʻtish yoʻli barpo qilingan.

Aslida bu muammo fuqarolar oʻrtasidagi muammo hisoblanib tumanda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolarning foydasiga tumanda yashovchi boshqa fuqarolar noroziligin keltirib chiqarmaslik maqsadida sud organlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq ekanligini bildiramiz.

Shu bilan birga, aholi eʼtirozini inobatga olgan holda hamda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida bosh rejada belgilangan, mavjud boʻlgan ushbu yoʻlga yopib qo'yilgan yo'lni qoʻshish maqsadida viloyat hokimligi va viloyatning tegishli tashkilotlarga murojaat qilish belgilandi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Gʻisht-koʻprikka ichimlik suvi qachon beriladi?


Toshkent tumani Gʻishtkoʻprik mahallasi fuqarolarining aholini ichimlik suvi taʼminlash boʻyicha "Nurafshon TV" telekanaliga yoʻllagan murojaatlari yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Toshkent tuman filiali mutaxassislari tomonidan holat oʻrganilib, fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2818 qaror loyihalari asosida ichimlik suv tarmoqlari tortish ishlari olib borilganligi lekin ushbu loyihadan Gʻishtkoʻprik mahallasi Sulola koʻchasi qolib ketganligi aniqlandi.

Aholi bilan uchrashuv davomida suv taʼminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan Toshkent tumani Gʻisht-koʻprik mahallasi Sulola koʻchasini qoʻshimcha loyiha dasturiga kiritilganligi, hozirgi kunda aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida qoʻshimcha loyihalar amalga oshirilayotganligi tushuntirildi.

Gʻisht-koʻprik mahallasi Sulola koʻchasida koʻcha joʻmragi mavjud boʻlib, aholiga tasdiqlangan jadval asosida ichimlik suvi beriladi, maʼlum sabablarga koʻra ichimlik suvida uzilishlar boʻlgan vaqtda “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Toshkent tuman filiali tomonidan aholiga maxsus avtoulovlarda ichimlik suvi yetkazib turiladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

"Milliy" telekanalining "Millar" dasturida Toshkent tumani Chigʻatoy mahallasida mavjud muammoga doir efirga uzatilgan lavha yuzasidan
munosabat:

Toshkent tumani Chigʻatoy mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-408-son qaroriga muvofiq, aholining koʻp yillik murojaatlari inobatga olinib, Toshkent tumani Chigʻatoy va Diydor mahallalari hududida yangi oqava suv tarmoqlari qurilishi belgilangan.

2023-yil mart oyida loyiha boʻyicha ishlar boshlangan, joriy yilning oxiriga qadar ishlarni yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Hozirgi vaqtda Chigʻatoy mahallasi Ozod 2-berk koʻchasi-murojaat qilingan koʻcha boʻyicha mavjud muammolar, yaʼni 40 metr qismi yaxshi zichlanmaganligi va yer choʻkishi yuzaga kelganligi munosabati bilan koʻchaning bu qismidagi muammolarni bartaraf etish choralari belgilangan. So'ng, quruvchi-pudratchi tashkilot tomonidan joriy yil avgust oyining 10 kunlik ish kuni davomida asfaltlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Toshkent tumani Shirin mahallasi fuqarolarining mahalla idorasi qurib berish yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan murojaatiga
munosabat:

Toshkent tumanida 70 mahalla boʻlib, ushbu mahallalarning 5tasida fuqarolarga xizmat koʻrsatish uchun shaxsiy idora mavjud emas. Fuqarolar yigʻinlarining xodimlari, yaʼni yettiligi ijtimoiy soha obʼektlarida joylashtirilgan.

Xususan, Shirin mahallasiga biriktirilgan mahalla yettiligi xodimlari QVP binosida faoliyat yuritadi.

Ushbu mahalla fuqarolari yigʻiniga bino qurib berish maqsadida boʻsh turgan yer maydoni ajratilib, oʻsha joyda mahalla idorasini qurib berishga ruxsat soʻrash uchun hujjatlar tayyorlangan va tuman hokimi nomida yuqori turuvchi tashkilotlarga, xususan, viloyat hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga rasmiy xat yuborilgan.

Yuqori turuvchi tashkilotlardan ajratilgan yer maydonlarida mahalla idorasini qurishga ruxsat beruvchi rasmiy javob xati kelganidan soʻng, Shirin mahallasi uchun idora qurib berilishini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Toshkent tumani Chuvalachi mahallasi Mahorat koʻchasida yashovchi bir guruh fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʻllagan murojaati yuzasidan:


Toshkent tumani Chuvalachi mahallasi hududida 2021-2022 yillarda "Loyihachi OMAD ISHONCH LOYIHA" MCHJ quruvchi "STEM QURILISH" XK tomonidan 7.5 km ichimlik suv tarmoqlari tortilib, 53 dona suv nazorat quduqlari oʻrnatilgan.

Chuvalachi suv inshootida suv quduqlarini qurish va 2 ta koʻtarma nasos stansiyasi qurish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda qurilish ishlari tugatilmaganligi sababli aholi tomonidan noroziliklar koʻpaymoqda.

Murojaatlarning aksariyatida suv tarmoqlari oʻtkazish ishlarini tezroq yakunlab, toza ichimlik suvi berilishi va koʻchalarni taʼmirlash soʻralmoqda.

Shu sababli 2024-yil 2-chorakdan boshlab “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Toshkent tuman filial xodimlari tomonidan tarmoq tortish va quduqlarni oʻrnatish ishlari boshlangan.

Bir soʻz bilan aytganda, Toshkent tumani Chuvalachi hududi aholisini tez kunda toza ichimlik suvi bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Toshkent tumani Avliyo ota mahallasidagi koʻchadan katta koʻchaga chiqishda chorraha boʻlmaganligi sababli yuzaga kelayotgan tirbandliklar borasida "Milliy" telekanalining "Millar" dasturida uzatilgan lavha yuzasidan munosabat:

Toshkent tumani Avliyo ota mahallasidagi koʻchadan katta koʻchaga chiqishda chorraha boʻlmaganligi sababli yuzaga kelayotgan muammoli masala ayni kunlarda Toshkent tumani yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi va tegishli organlar tomonidan oʻrganilmoqda.

Natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Toshkent tumani Zahariq mahallasidagi toza ichimlik suvi, ichki koʻchalar asfalti masalasi yuzasidan "ZOʻR TV" telekanalining "Bu kun" dasturida efirga uzatilgan lavha yuzasidan munosabat:

Toshkent tumani Zahariq mahallasi hududida hozirgi kunda pudrat tashkilot “China Geo Engineering Corporation” kompaniyasi (Xitoy) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2818 qaror loyihasi asosida tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.

Shartnoma 2021-yil 12-dekabr sanasida imzolangan boʻlib tarmoq tortish ishlarini yakunlash muddati 2024-yil 15-fevralga belgilangan. Biroq, 2020-2021-yillarda hukm surgan COVID pandemiyasi tufayli ishlar surilib, joriy yil 31-dekabr sanasigacha yakunlash belgilangan.

Toshkent tumani Zahariq mahallasi hududidagi ichimlik suvi tarmogʻi tortish ishlari toʻliq yakunlangach koʻchalar taʼmirlanishini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 2 ta umumta’lim maktabida mavjud muammolar qalamga olingan maqola uzatildi.

Holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi tasarrufidagi 22-sonli umumta’lim maktabidagi faollar zalida qurilish ta’mirlash ishlari hali to‘laligicha yakuniga yetkazilmagan. Ayni paytda, so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari nihoyasiga yetgach, zal to‘liq jihozlanadi. Shuningdek, pudrat tashkilotining qurilish va ta'mir ishlarida kamchiliklar aniqlanganligi sababli, ayni kunlarda quruvchiga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.

Tumandagi 21-sonli umumta’lim maktabida faollar zali, qizlarga va o‘g‘il bolalarga texnologiya xonalari, kurash zali, oshxona, sport kompleks va yugurish maydonchasi qurilishi uchun mahalliy budjetdan 4 253 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratilgan. Moliyalashtirilgan mablag‘lar evaziga, ayni paytga qadar bajarilgan ishlar 65 foizni tashkil qiladi. Shu kunga qadar suvoq ishlari 100 foizni, tom qismi 100 foiz, ichki pardozlash 70 foiz, montaj ishlari 100 foizga bajarilgan. Pudrat tashkilotga buyurtmachi tomonidan pul mablag'lari to'liq o'tkazib berilmaganligi munosabati bilan yakunlash ishlari ortga surilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Tadbirkor va aholi oʻrtasidagi mojaroga kim yakun yasaydi?


Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo'lgan Toshkent tumani Diydor mahallasida joylashgan “suyaklarni qayta ishlash sexi” borasidagi xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Toshkent viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Boshqarmasining sanitariya qoidalari va meʼyorlarida koʻrsatilgan talablarga asoslangan holda Toshkent tumani Diydor mahallasida joylashgan YATT “Saidov Xusan Raxmatullayevich” ga qarashli baliqlarga ozuqa yemi tayyorlaydigan ishlab chiqarish sehi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi 2020-yil 24-dekabrdagi daʼvo arizasiga asosan 2021-yil 7-yanvar sanasida Toshkent viloyati Zangiota tumani tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan hal qiluv qarori tayinlangan.

Hal qiluv qaroriga muvofiq, ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining nazorati Toshkent tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimiga topshirilgan. Hal qiluv qarori ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent tumani boʻlimiga yoʻnaltirilgan. Biroq, viloyat sudi organidan MIBga ijro varaqasi joʻnatilmaganligi sababli ushbu hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash imkoni boʻlmagan.

Hal qiluv qaroriga koʻra YATT “Saidov Xusan Raxmatullayevich” ishlab chiqarish sehida faoliyat yuritishi va ozuqa yem tayyorlashi mumkin emas deb topilgan boʻlsada, korxona yuqoridagi talablarga rioya etmagan holda oʻz faoliyatini toʻxtatmagan.

Ayni kunlarda, Toshkent tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat yoʻllanib, № 4-1101-2002/981-sonli Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xal qiluv qarori ijro varaqasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent tumani boʻlimiga joʻnatishni taʼminlash borasida saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Ijro varaqasi MIB organlariga taqdim etilganidan soʻng, YATT “Saidov Xusan Raxmatullayevich” ga nisbatan tegishli chora koʻrilishini va fuqarolar murojaatlari ijobiy hal qilinishini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Kun.uz telegram kanalida eʼlon qilingan “Toshkent tumanida «dom» qurish maqsadida qazilayotgan kotlovan sabab qoʻshni hovlining bir qismi qulab tushdi” nomli xabar yuzasidan munosabat:

Toshkent tumani Bahor mahallasi M.Xorazmiy koʻchasida joylashgan 2-raqamli xonadondagi holat Toshkent tumani hokimi va tegishli oʻrinbosarlar tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganida xonadon devori emas darvozaxona devori qulab tushganligi maʼlum boʻldi.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan " Toshkent tumanida it yosh bolani oʻldirib qoʻyay dedi" sarlavhasi ostidagi xabarga munosabat:

Xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Ushbu holat Toshkent tumani Sabzavot mahallasida sodir boʻlgan. Bolakayni qoʻshnining iti tishlagan. Kuchuk tishlagan vaqtda uy egalari Yunusobod tumanidagi xonadonlarida boʻlishgan. Xonadonda katta it boqilishiga sabab, hovlida hech kim istiqomat qilmagan va uy egasining soʻzlariga koʻra it bogʻlangan holda boqilgan. Biroq, nomaʼlum sabablarga koʻra yechilib ketgan.

Holat mutasaddilar nazoratiga olingan, "bahaybat" it Qibray tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan olib ketilib, maxsus yovvoyi hayvonlar boqiladigan muassasaga joylashtirilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgan "Keles Hokimiyatni oldidagi domlar atrofidagi holat ekanligi aytilmoqda" sarlavhasi ostidagi videoxabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Tuman hokimligi roʻparasidagi koʻp qavatli uylarning birinchi qavatida bir nechta xususiy klinika joylashgan boʻlib, ularda aholiga ambulator xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratilgan. Biroq, ana shu klinikalarning qaysi biridadir, aholi xavfsizligiga befarq boʻlgan xodimlar ham bor.

Ayni vaqtda koʻp xonadonli uylarga oʻrnatilgan kuzatuv kamerasi orqali chiqindi tashlagan xodim shaxsiga aniqlik kiritilmoqda. Aniqlik kiritilgach, klinika egasiga nisbatan jarima jazosi qoʻllanilishini, ayni vaqtda chiqindilar tegishli tashkilot tomonidan olib ketilganligini ma'lum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasmiy_munosabat

Aholining kelishmovchiligiga chek qoʻyiladimi?


Youtu.be ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilinib, muhokamalarga sabab boʻlayotgan "Tabaqa devorining taqdirini manfaatdorlik hal qilayaptimi?" nomli videolavha yuzasidan munosabat.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Toshkent tumani hokimligi masʼullari holatga oydinlik kiritish maqsadida Tutzor mahallasida boʻlib, "tabaqa devori" nomini olgan transformatorni yoʻlni chetiga surdirdilar va aholiga yoʻlni ochib berdilar.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, viloyat hokimining qarorida, ushbu yoʻlni asfalt qilish va ichki yoʻl sifatida undan foydalanish topshirigʻi berilmagan. Qarorda, ushbu hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga oʻtkazish topshirigʻi berilgan. Biroq, voqeaga jozibadorlik berishni istagan blogerlar, fuqarolar qayta-qayta taʼkidlayotgan qaror mazmuni bilan qiziqib ham koʻrmagan.

Qolaversa, ikki guruhga boʻlinib qolgan aholi vakillarining oʻrtasiga qayta-qayta nizo singdirishdan blogerlarga nima naf? Tuman hokimligi ikkala tomon fuqarolarini fikrini eshitadi va ular oʻzaro kelishuvga erishmaguncha ushbu nizoli hudud boʻyicha aniq yechim bera olmaydi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Keles koʻprigida sodir boʻlgan YTH yuzasidan...


Instagram ijtimoiy tarmogʻida keng tarqalgan va muhokamalarga sabab boʻlgan yoʻl transport hodisasi yuzasidan rasmiy munosabat:

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Joriy yil 7-noyabr kuni soat 18:51 da RTTYOM Toshkent viloyati filiali Toshkent tumani stansiyasiga “CALL” markazi tomonidan “Keles koʻprigi usti” manzilidan YTX bilan chaqiriq tushgan. Chaqiriqqa reanimatolog-N.Roʻziyev, anesteziolog D. Abdujabborov, haydovchi S.Tursunboyevdan iborat, brigada 18:57 da chaqiruv manziliga yetib borgan.

Voqea joyida 40 yoshlar atrofidagi erkak jinsiga mansub, qayni akasi soʻzidan keyinchalik maʼlum boʻlishicha 1973 yilda tugʻilgan, doimiy yashash manzili Qoraqalpogʻiston respublikasi Toʻrtkoʻl tumani boʻlgan fuqaro T. T. ismli shaxs xushsiz boʻlgan. Eginida erkaklar qora kurtkasi. Bosh, oyoq va egindagi kiyimda qon izlari bor. Atrofdagilar soʻziga qaraganda oq rangli Damas rusumli yoʻlovchi avtomobil, yoʻldan oʻtayotgan T.T. ni urib yuborgan.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Tutzor mojarosiga kim barham bera oladi?


Aynan shu sarlavha ostida Nazorat.uz kanalida eʼlon qilingan xabar yuzasidan Toshkent tumani hokimligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Hurmatli Nazorat.uz kanali asoschilari va unda faoliyat yuritayotgan qoʻshtirnoq ichidagi muammoga yechim izlovchi blogerlar.

Tutzor mojarosini aslida Sizlar oʻylab topdingiz va "pashshadan fil yasash" qobiliyatingiz bilan uni keng omma eʼtiboriga tortiq qildingiz.

Ammo, shuni unutdingizki, tuman hokimligi bitta shaxsning boshqa shaxsga bergan vaʼdasiga qarab ish yuritmaydi va har qanday xatti-harakatida eng avvalo qonunchilikka tayanadi.

Toshkent viloyati hokimining qarorida ushbu yer maydonini tuman Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga oʻtkazish topshirigʻi berilgan boʻlib, unda avtomobil yoʻlini barpo qilish boʻyicha hech qanday gap-soʻz yoʻq.

Undan tashqari, tuman hokimligi aholi talab va istagiga koʻra transformatorni yoʻldan chetga, yaʼni xavfsiz hududga koʻchirish chorlarini joriy yil 14-noyabr kuni amalga oshirgan. Shunday boʻlsa-da Siz Tutzor mahallasi Qadrdonlar 4-tor koʻchasida istiqomat qiluvchi shaxs bilan joriy yil 27-noyabr kuni viloyat hokimligiga borib, noaniq vajlar bilan rahbarlarga yuzlangansiz. Siz "Oltin devor" deb nomlagan oʻsha joyda aslida hech qachon avtomobil yoʻli boʻlmagan.

Shu munosabat bilan tuman hokimligi yana bir marotaba Sizlardan bitta mahallada istiqomat qiluvchi aholi oʻrtasida bir-biriga nisbatan gʻaraz uygʻotmaslikga hamda Farovon 1-tor va Vatandoshlar koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻrtasiga raxna solmaslikga chaqirib qoladi.

Shuni unutmangki, tuman hokimligi birinchi guruh fuqarolarining xohish-istagini ikkinchi guruh fuqarolarining talablariga zid ravishda bajarmaydi va har qanday xatti-harakatida qonunchilikka va xalq roziligiga amal qiladi.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

⚡️ Toshkent tumanining Sabzavot mahallasida kabellar yonib ketmagan. Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan videoxabar ikki yil oldingi holat


Ijtimoiy tarmoqda “Toshkent tumani, Sabzavot mahallasidagi kabellar yonib ketyapti, yordam beringlar” mazmunida video eʼlon qilindi.

Shuni maʼlum qilamizki, ushbu videoda 2022-yil dekabr oyida sodir boʻlgan holat aks etgan boʻlib, uni (eski videoni) xuddi bugungi holatdek tarqatishgan. Aslida bu video ikki yil oldingi holatdagi tasvir.

Toshkent tumani, Sabzavot mahallasida bugungi kunda elektr taʼminotida hech qanday muammo yoʻq. Mahalla isteʼmolchilariga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda.

❗️Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar egalari va fuqarolardan tasdiqlanmagan hamda notoʻgʻri boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini soʻraymiz. Bu boʻyicha qonunchilikda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib oʻtamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM