Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.27K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Muhim_sana

15-may-Xalqaro oila kuni


Oila jamiyatimizning boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi muqaddas mo‘jaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga ko‘chadi, jamiyatga kirib boradi.

BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 15-may kunidagi rezolutsiyasiga asosan ushbu kun butunjahon oila kuni (International Day of Families) deb eʼtirof etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808 qaroriga asosan 15-may - Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.

Oila jamiyatning asosiy elementi sifatida insoniy qadriyatlar, madaniyat va avlodlarning tarixiy davomiyligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Oila tufayli davlat mustahkamlanadi va xalqning turmush farovonligi ortadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda

⚡️Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi shuni maʼlum qiladiki, Bog‘zor podstansiyasi L-Bog‘zor-1 35 kV havo tarmog‘ida shikastlanish (avariya) bo‘lganligini sababli Ko‘ksaroy hamda Qizg‘aldoq hududidagi aksariyat mahallalarda elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan.

⚡️Hozirgi vaqtda TET xodimlari tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Hududlardagi elektr jihozlarini saqlash hamda avariya holatlarini oldini olish maqsadida har ikki soatdan elektr taʼminoti o‘chirilib yoqilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz. Ushbu hududlarda elektr taʼminotini kun davomida to‘liq tiklash choralari ko‘riladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya

Yaponiya tadbirkorlari tuman hokimi bilan uchrashdi


Kuni kecha, Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov Yaponiyaning bir nechta tadbirkorlari bilan uchrashib, tumanning qulay investitsion muhiti haqida suhbatlashdi.

Xususan,"Noritsuisu" CO LTD rahbari Aoki Shogo bilan suhbat davomida, yuqori texnologiyalar asosida yaratiladigan sifatli mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan zavodni tuman hududida barpo etish uchun talab etiladigan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.

Investitsion faoliyatni amalga oshirish jamiyatning butun iqtisodiy qonunlar tizimi, eng avvalo iqtisodiy jamg‘arishi, ehtiyojlarning ortib borishi, mehnat unumdorligining o‘sib borishi, vaqtni tejash qonunlari bilan uzviy bog‘liqligi hech kimga sir emas.

Aynan shu nuqtai nazardan Yaponiya Davlati tadbirkorlari bilan uchrashgan tuman hokimi birinchi galda, tumanning investitsion jozibadorligi, yirik tadbirkorlik subyektlari uchun mavjud imtiyozlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oila_kuni

64 yillik turmush sirlari nimada?


Xalqimiz azaldan oilani muqaddas, muborak dargoh sifatida eʼzozlagan, bu qo‘rg‘onga zavol yetmasligi uchun bor mahoratini ishga solgan. Zero, oilani boshqarish farzandlarni xalqqa, vatanga munosib avlod qilib yetishtirish masʼuliyatli vazifadir.

Toshkent tumani Oydin hayot mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Musayevlar oilasi ham ana shunday oilalardan.

Maxsuma aya va Jamoliddin doda 64 yil oila qo‘rg‘onida umrguzaronlik qilib, 4ta zurriyot ketidan bu dunyoga 12ta nabira va 33ta evara kelishiga sababchi bo‘lishdi.

15-may-Xalqaro oila kunidan oldin biz ulardan uzoq yil turmush qurish sirlari haqida so‘radik.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Tadbirkorlar va ishbilarmonlar DIQQATIGA!!!

E-auksion.uz savdo platformasida Toshkent viloyati hududidan 1500 dan ortiq bo'lgan Tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 198 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 25 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 31 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 114 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 191 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 35 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 178 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 67 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 151 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 205 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 55 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 163 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 66 ta (Ko'rish)

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi shuni maʼlum qiladiki, Bog‘zor podstansiyasi L-Bog‘zor-1 35 kV havo tarmog‘ida shikastlanish (avariya) bo‘lganligini sababli Ko‘ksaroy hamda Qizg‘aldoq hududidagi aksariyat MFYlarda elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda TET xodimlari tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududlarda elektr taʼminoti joriy yil 15-may kuni taxminan soat 20:30 larga tiklash choralari ko‘riladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Toshkent tumani korrupsiyadan holi hudud


Toshkent tumanida tuman Adliya bo‘limi rahbari Sh.Tadjiyev, RMMM tuman bo‘linmasi mutaxassisi F. Bekbaltayeva, tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xodim U.Sheraliyev, tuman Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i, tuman FXDYO bo‘limi mudirasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko'maklashish bo‘limi, Quruvchi mahallasi raisi, tuman"Maʼnaviyat targ‘ibotchi" guruhi aʼzolari hamkorligida "Toshkent tumani Korrupsiyadan holi hudud" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mavzu yuzasidan Adliya bo‘limi rahbari Sh.Tadjiyev so‘zga chiqib, manfaatlar to‘qnashuvi yaʼni korrupsiya tushunchasiga to‘xtalib, ushbu xatti-harakatga jinoiy jazo belgilanganligini tushuntirib ogohlantirdi. Shundan so‘ng, tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xodim U.Sheraliyev tumandagi statistika haqida so'z yuritib, yoshlarga korrupsiya illatlari haqida so'zlab berdi.

Tadbir so‘ngida tuman DXM boshlig‘i B.Fozilbekov so‘zga chiqib, kundalik hayotimizda uchraydigan talablar va muammolarni ochiq va shaffoq tarzda davlat xizmatlari oraqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'lishi haqida gapirdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_oila_kuni

Tuman hokimligi Axborot xizmati ijodiy guruhi 15-may-Xalqaro oila kuni munosabati bilan Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi yana bir namunali oilaning turmush sirlarini bilish uchun Oydin hayot mahallasida bo‘lib, Mirhodiyevlar oilasi bilan suhbatlashdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba – investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.


🔘 Toshkent tumani. Tuman hokimi Yaponiyalik tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🔘 Ohangaron tumani. Aholini daromadli qilish masalalari yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔘 Ohangaron shahri. Shahar hokimi sanoat hududidagi "Angren shakar" MChJda bo'lib, zavod faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘 Angren shahri. Shahar hokimi Xitoylik investorlar tomonidan tadbiq etilgan yangi loyiha - kafel ishlab chiqarishga moʻljallangan zavod faoliyati bilan tanishdi.

🔘 Yangiyo‘l tumani. Tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi sezilarli darajada oshmoqda.

🔘 Bekobod shahri. Shahar hokimi hamda tegishli mutasaddilar eksportyor korxona rahbarlari bilan uchrashdi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Subsidiya

❗️Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun arizalar joriy yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi


📝 Arizalarni shaxsiy kompyuter yoki uyali aloqa vositasidan foydalanib YIDXP (my.gov.uz) orqali yuborish mumkin.

Arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish bepul.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSh elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda inson huquqlari va so‘z erkinligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan, ingliz tilini o‘qitish dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish
#Xalq_qabulxonasi

Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani boʻlimi faoliyati oʻrganildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan Toshkent tumani Yoshlar ishlari boʻlimida 2023-yilning 12 oyi hamda 2024-yilning oʻtgan davrida Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Qonuni va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi boʻyicha qilingan ishlar oʻrganildi.

Oʻrganish davomida, boʻlim xodimlari tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqishda bir nechta kamchiliklar yo'l qo'yilganligi aniqlanib, ularni bartaraf etish, kelgusida qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek Yoshlar ishlari boʻlimi faoliyatini yanada yaxshilash borasida tegishli koʻrsatma va takliflar berildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM