Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Yangi_inshoot

Suv ko‘tarish inshootlari ishga tushirildi


Bugun, Toshkent tumani aholisi uchun unutilmas kun. Sababi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3- martdagi PQ-2818- sonli qarori doirasida 3 ta suv ko‘tarish inshootlarini ishga tushirish marosimi o‘tkazildi.

Toshkent tumanining Qirariq mahallasida bo'lib o'tgan tadbirda, "O'zsuvta'minot" AJ boshqaruv raisi, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari, deputatlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning 1-bosqich 4-paket “MESMER-EAST” MCHJ tomonidan 3 ta - URV-2, URV-3, URV-4- Suv ko‘tarish inshootlari ishga tushirildi. Natijada Toshkent tumanining 26 ta mahallasi 214 ta ko‘chasi doimiy ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Kun davomida tadbirning to'liq tafsilotlari haqida videolavha ham uzatiladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Musobaqa

"Yashil chiroq" musobaqasi o‘tkazildi


Toshkent tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ta'lim muassasasi o‘quvchi yoshlariga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish, iqtidorlilarni aniqlash va rag‘batlantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, yo‘l harakatining madaniyatli ishtirokchisi sifatida tarbiyalash maqsadida 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Yashil chiroq" musobaqasi o‘tkazildi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

💦Toshkent tumanida 26ta mahalla uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlandi


Bugun, Toshkent tumani Qirariq mahallasida joylashgan 4-Suv ko‘tarish inshootini ishga tushirish marosimi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda, "O‘zsuvtaʼminot" AJ boshqaruv raisi, tuman hokimi, deputatlar, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Mahalla nuroniylari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda, 3 ta URV-2,3 va 4 - suv ko‘tarish inshootlari faoliyatiga start berildi.

Tadbir davomida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi ham o‘tkazildi.

👉Batafsil

📹Tadbir tafsilotlari yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Eʼlon

🌸Aziz yurtdoshlar!
💫Qadrli tumanimiz aholisi va mehmonlari!


💐Sizlarni 19-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Toshkent tumani Markaziy sayilgohda boʻlib oʻtadigan katta Navroʻz sayliga chorlaymiz!

🌱Yurtimiz boʻylab yasharish va yangilanish, tinchlik va ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi Navroʻzi- olam shukuhi kezmoqda.

🌺Har yili xalqimizning asl milliy bayrami boʻlgan Navroʻz sayliga katta tayyorgarlik koʻrish anʼanaga aylangan. Bu yilgi bayram tantanalari har qachongidan ham oʻzgacha koʻngilochar dasturlarga boy boʻlishi kutilmoqda.

🌼Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” shiori ostida o'tkaziladigan Navroʻz sayli davomida el suygan sanʼatkorlar ishtirokidagi konsert dasturi, sport musobaqalari, musiqa va sanʼat olami vakillarining ijod namunalarini namoyish etish koʻzda tutilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Tuhfa

Toshkent tumanida 3 ta suv ko‘tarish inshooti ishga tushirildi


Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#Rasmiy_munosabat

Toshkent tumanining Darxon mahallasi yoʻli bilan bogʻliq masala yuzasidan:


Joriy yil 17-mart sanasida Facebook ijtimoiy tarmoq sahifalarida
hukumat vakillari oddiy xalq yuradigan yoʻlni toʻsib, oʻsha joyni ham oʻzlari uchun hovliga aylantirib olgani, yoʻlni toʻsib qoʻygan boyvachchalar sudyalarga ham bosim qilishayotgani, sudyalar ham toʻsib qoʻyilgan yoʻlni qayta tiklashga ojizlik qilishayotgani bayon etilgan xabar tarqalgan edi.

Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Ushbu masala Darxon mahallasida istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning bir necha yillik ichki nizosi hisoblanadi. Sababi, mahallaning ichkarisiga eltuvchi yo'l ko'cha yuzida yashovchi aholining talabiga mufofiq to'sib qo'yilgan va bunga bir nechta vajlar ko'rsatilgan. Mahalla fuqarolari oʻrtasidagi ichki nizoga, ijro organi vakillari yechim topib bera olmagach, fuqarolarga sudga murojaat qilish boʻyicha tavsiya berilgan edi. Oradan vaqt o'tib fuqarolar sudga murojaat qilgan.

Mazkur masala yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudi tomonidan fuqarolarning yoʻlni ochib berish yuzasidan kiritgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Bahor fasli tarovati


Bahorning ilk kunlaridanoq butun tabiat goʻzallikka, gullar iforiga burkanadi. Qir-adirlarga zumrad gilam toʻshalib, turli-tuman gullar va maysalarning rangiga burkandi. Bularni koʻrgan odamning, albatta, koʻzi quvnaydi.

Ana shu quvonchni toʻlaqonli his etish maqsadida Toshkent tumanidagi 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Assalom, Navroʻz!" deb nomlangan bayram tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda, taʼlim tashkiloti xodimalari, insoniylik tuygʻularini tarannum etgan lapar, oʻlan kabi kuy-qoʻshiqlar bilan bir-birlarining koʻngillariga samimiyat ulashgan boʻlishsa, bolajonlarning jozibador chiqishlari, kuy-qoʻshiqlari, goʻzal raqslari, bahor tarovatini yanada yorqin his qilishga imkon tugʻdirdi.

Shuningdek bogʻcha opalar, tadbir bahona, nafaqat bolajonlarga tarbiya berishdagi mahoratlari, balki, bahor taomlarini tayyorlashdagi pazandalik mahoratlarini ham namoyish etdilar.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website