Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Onlayn

Obod va fayzli mahalla-yurt ko’rki

Bugun erta tongdan Toshkent tumanining barcha korxona-tashkilot va mahallalarida umumxalq hashari boshlandi.

⚡️Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Onlayn

Obod va fayzli mahalla-yurt ko’rki

Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.
Aynan shu bunyodkorlik ishlariga hissa qo'shish maqsadida Toshkent tumanida o'tkazilayotgan umumxalq hashari ko'tarinki kayfiyatda, xodimlar hamjihatligida bo'lib o'tmoqda.

Tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Madaniyat bo'limi, bir so'z bilan aytganda barcha korxona-tashkilotlar va mahalla yettiligi xodimlari hasharda faol.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Maxsus_dayjest

Ayni damda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharlari bo'lib o'tmoqda. Hashar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari olib borilib, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari obodon holga keltirilmoqda.

Angren shahri. "Yoshlar bog'i"da tashkil qilingan hasharda shahar hokimligi, barcha korxona va tashkilot xodimlari faollik ko'rsatmoqda.

Bekobod shahri. “Bekobodshahargaz” bo‘limi ishchi-xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etib, atrofni obodon holga keltirmoqda.

Bekobod tumani. Mahallalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari yoshlar ishtirokida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Bo‘ka tumani. "Agrobank" ATB Bo'ka filiali, shuningdek, "O'zbek", "Yangiobod", "Qo'chqorso'ygan", "Ezgulik" va "Parkent" mahallalarida hashar ko'tarinkilik bilan davom etmoqda.

Bo‘stonliq tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Zangiota tumani. “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida, tumandagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Nurafshon shahri. Mahallalarda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik ko'rsatmoqda.

Olmaliq shahri. Erta tongdan mahallalar bo‘ylab korxona-tashkilot mehnat jamoalari, tarkibiy bo‘linmalar ishchi-xodimlari tomonidan hashar ishlari boshlab yuborildi.

Oqqo‘rg‘on tumani. Hasharda tumandagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ohangaron shahri. "Birlik" va "Navbahor" MFYda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Ohangaron tumani. "Ohangarontumangaz" GTB xodimlari hasharni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.

Parkent tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Piskent tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Chinoz tumani. Tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari olib borildi.

Toshkent tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq hashari ko'tarinki kayfiyatda, xodimlar hamjihatligida bo'lib o'tmoqda.

Chirchiq shahri. Erta tongdan korxona-tashkilot va mahallalarda umumxalq hashari boshlandi.

O‘rta Chirchiq tumani. Hasharda ko‘chalar, qabriston va ariq-zovurlar tozalanib, ko‘chatlar payvandlandi hamda atrofga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Qibray tumani. “Chinobod” qabristonida o’tkazilgan umumxalq hasharida yoshlar yetakchilari va ko’ngilli hasharchilar jonbozlik ko'rsatdi.

Quyi Chirchiq tumani. Hasharda tuman hududi bo'ylab ko'chalar, qabriston va ariq-zovurlarni tozalash ishlari olib borilib, ko‘chatlar o'tqazildi.

Yangiyo‘l tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik bilan ishtirok etmoqda..

Yangiyo‘l shahri. Barcha mahallalarda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hashar

Hashar-yoshlarga ho’p yarashar


Toshkent tumani yoshlar yetakchilari tomonidan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Umumxalq hasharida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ertaga ham davom etadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi!


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi shuni maʼlum qiladiki, Sagʻbon podstansiyasidan chiquvchi L-Bogʻzor-1-2. 35 kV quvvatli Havo tarmogʻi tayanch № 1-2-3 da taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli Koʻksaroy hududidagi MFYlarda va Bunyodkor MFYda va ushbu MFYlar hududida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarda joriy yil 17-mart kuni soat❗️10:30dan 14:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Xotin_qizlar_huquqi

Qonunchilikka ko'ra, erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Musobaqa

“Yosh qutqaruvchilar” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi


Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi hamkorligida “Yosh qutqaruvchilar" musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchi yoshlar orasida qutqaruvchi kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va  ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda favqulodda vaziyatlarga oid bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada, jarayonni nazariy va amaliy sinovlarda ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Yakunida  9-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilaridan iborat jamoa 1-o‘ringa sazovor bo‘lib  viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 7-sonli umumiy taʼlim maktabi 2-o‘rin va 3- o‘rin 25-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktab jamoalari qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website