Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Onlayn

Ayni damda 15-oktabr-Qishloq ayollari kuni munosabati bilan Toshkent tumanida qishloq hayotini namoyish qiluvchi sayohat o‘tkazilmoqda.

1-sektor hududidagi xotin-qizlar faollari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida brokkoli dalasidagi hasharchilar holidan ham xabar olindi.

📹Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ayollar_daftari

Ishsiz ayollar soni yana bir nafarga kamaydi

Toshkent tumani Gʻisht koʻprik mahallasida 3 ming 480 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ularning 1 ming 490 tasi ayollar.
Mahalladagi xotin-qizlar faoli Gulchehra Agzamova tomonidan ularning 83 nafar "Ayollar daftari"ga kiritilgan.

Dilobar Artikova ishsiz ayol sifatida roʻyxatga olingan boʻlib, xotin-qizlar faoli tashabbusi bilan ish bilan taʼminlash maqsadida malakasini oshirish uchun oʻqishga joʻnatilgan.

Hozirda Dilobar Artikova mahallada bolalar massaji bilan shugʻullanib oʻz oilasiga daromad olib kirmoqda.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayyor_qabul

Tuman hokimi E'zoz mahallasida
bo'ldi

Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov E'zoz mahallasida
sayyor qabul o'tkazib, aholi murojaatlarini tingladi. Qabulda tegishli sektor mas’ullari, korxona, tashkilot rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Nig‘mat Muhamedov ham qatnashdi.

Mas’ullar ishtirokida 18dan ortiq fuqaroning murojaati batafsil eshitilib, qonun doirasida hal etish choralari belgilandi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Onlayn

💫Inson qadri uchun

Bugun, Toshkent tumanining 4 ta sektori hududida joylashgan madaniyat saroylari hamda dala shiyponlarida “15 oktabr -Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan, tumanimizning barcha jabhalarida, xususan qishloq xo‘jaligi, tomorqachilik yo‘nalishlarida xizmat qilayotgan faol xotin-qizlar, fermer ayollar ishtirokida hamda xotin-qizlar faollari boshchiligida hayotiy turmush tarziga ijobiy muhitni, maʼnaviy-maʼrifiy darajalarini oshirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazilmoqda.

Tadbirlarda fermer ayollar, xotin-qizlar faollari, mahalla beshligi tuman hokimining o'rinbosari Lola Qoraboyeva va sektor rahbarlari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanmoqdalar.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
‼️Adashib qolmang!

“Umra” tadbirini tashkil etish bo‘yicha talablar 1-noyabrdan kuchga kiradi.

Norma talablariga javob bermaydigan turoperatorlarga 1-noyabrdan "Umra" tadbirlarini amalga oshirish huquqi bekor qilinadi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Kensoy podstansiyasi 110/35/10 kv 25000 kVa quvvatli T-1
transformatorida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va ta'mirlash hamda simlarni daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan Qashqarlik, Ibrat, Oydin-hayot, Yuqori-hasanboy, Mustaqillik, Kensoy, Bog'bon mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 11-oktabr kuni soat❗️08:00dan 17:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

🔹“Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi Manba: (515-son, 29.09.2023-y.);

🔹Kollej va texnikumlarda taʼlim olayotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi Manba: (516-son, 29.09.2023 y);

🔹“Yashil” isteʼmol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi Manba: (517-son, 29.09.2023-y.);

🔹Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etiladi Manba: (PF-166, 28.09.2023-y.);

🔹Mayning faoliyati quyosh energiyasi bilan amalga oshiriladi Manba: (roʻyxat raqami 3461, 29.09.2023-y.);

🔹Davlat daromadiga olingan mol-mulklar “E-auksion shop” orqali sotiladi Manba: (526-son, 04.10.2023-y.);

🔹Sogʻliqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari Kengashlariga hisobot beradi Manba: (OʻRQ-870, 04.10.2023 y).

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

11-oktabr–Xalqaro qizlar kuni

Har yili 11-oktabrda butun dunyo boʻylab qizlar kuni keng nishonlanadi. Chunki BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktabr “Xalqaro qizlar kuni” (International day of the Girl Child) deb eʼlon qilingan.

BMTga aʼzo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bogʻliq holatlarni oʻrganish tavsiya etiladi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumanidagi 12-umumtaʼlim maktab sardorlari tomonidan barcha qizlar bayram bilan qutlandi.

📷Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ayollar_daftari

Pazandalik daromadga aylandi

Toshkent tumani G‘isht-ko‘prik mahallasi xotin-qizlar faoli tomonidan ishsiz ayollarni bandligini taʼminlash bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Ulardan biri Gulnoza Abduqodirovaga ko‘rsatilgan yordam hisoblanadi. Ayolning pazanda, lekin vaqtincha ishsiz ekanligi maʼlum bo‘lgach, unga uyida qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarib, do‘konlarga topshirish orqali daromad olish imkoniyati yaratildi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_ayollari_kuni

Toshkent tumanida 15-oktabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni keng nishonlandi

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘risidagi rezolutsiyasiga asosan 15-oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan.

BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga eʼtibor qaratishga, xususan, ularning taʼlim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni taʼminlashga chaqiradi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari Lola Qoraboyeva hamda 70ta mahalladagi xotin-qizlar faollari boshchiligida har bir sektorda “Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga bag‘ishlangan mazmunli tadbirlar tashkil etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида туризм ва маданият масканлари имкониятларини тўлиқ ишга солиш ҳамда "Яшил макон" кузги мавсумини самарали ташкил этиш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам полного задействования возможностей объектов туризма и культуры, а также эффективной организации осеннего сезона "Яшил макон".

Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида туризм ва маданият масканлари имкониятини тўлиқ ишга солиш ва “Яшил макон” кузги мавсумини ташкил этиш бўйича йиғилиш бошланди.

Давлатимиз раҳбари дунёдаги ҳозирги мураккаб вазиятда ҳар бир давлат турист жалб қилиш учун барча имкониятларини ишга солаётганини кўрсатиб ўтди. Биз ҳам бундай кескин рақобат шароитига мос бўлиб ишлашимиз шартлиги қайд этилди.

Ўтган 8 ойда:

- юртимизга хориждан 4,3 миллион турист келди, улардан 1,4 миллиард доллар тушум бўлди;

- 15 мингта янги меҳмон ўринлари яратилиб, уларнинг сони 137 мингтага етди;

- 540 та дам олиш ва кўнгилочар маскан барпо этилди, 70 та туризм маршрути очилди.

Шунингдек, 6 та хусусий авиакомпания иш бошлади, янги 23 та самолёт олиб келинди, 20 та халқаро ва 6 та ички қатнов йўлга қўйилди, Самарқанд аэропортида ҳафталик халқаро рейслар 46 тадан 85 тага кўпайди, 1 минг 300 та замонавий автобус харид қилиниб, 38 та маршрут очилди.

Қўшимча дам олиш кунлари ва чегирма берилгани ҳисобига ички сайёҳлар сони 15 миллион нафарни ташкил қилиб, ўтган йилга қараганда 2 баробарга ўсди.

Facebook|Instagram|Twitter