Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.67K subscribers
21.3K photos
4.81K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_ayollari_kuni

Toshkent tumanida 15-oktabr-Xalqaro
qishloq ayollari kuni keng nishonlandi

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘risidagi rezolutsiyasiga asosan 15-oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan.

BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga eʼtibor qaratishga, xususan, ularning taʼlim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni taʼminlashga chaqiradi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari Lola Qoraboyeva hamda 70ta mahalladagi xotin-qizlar faollari boshchiligida har bir sektorda “Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga bag‘ishlangan mazmunli tadbirlar tashkil etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
11🎉1