Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.66K subscribers
21.2K photos
4.79K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Toshkent shahri uchun alohida propiska tizimi bekor qilinadi

“Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra:

🔹Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimi joriy etiladi;

🔹“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi qonun bekor qilinadi;

🔹2024-yil 1-yanvardan maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlardan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi;

🔹2023-yil 1-avgustdan soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib taʼlimning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimiga joriy etiladi;

🔹2023-yil 1-iyundan chakana savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining faoliyat koʻrsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar bekor qilinadi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim elektron ommaviy axborot vositalari va virtual makon foydalanuvchilari orasida “tanishlariga oddiy diniy qoʻshiq, nashida tarqatgan talaba qamaldi” mazmunidagi noxolis maʼlumotlar tarqalayotgani yuzasidan

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Koʻrik_tanlov

💫Toshkent tumanining ibratli oilasi aniqlandi

Toshkent tumani markaziy Madaniyat saroyida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan ushbu bellashuvda 4 ta sektordan bittadan oilalar ishtirok etdi.

Koʻrik-tanlov oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash va farovonlik darajasini oshirish, qolaversa oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan boʻlib, 15-may-“Xalqaro oila kuni” kuni oldidan bejizga oʻtkazilmadi, gʻolib oila viloyati bosqichida tumanimiz shaʼnini himoya qiladi.

“Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida Beshterak mahallasida istiqomat qiluvchi Gulnora Nabiyeva oilasi gʻolib boʻldi va viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#DXX_kubogi

⚽️DXX kubogi uchun bahslar davom etmoqda

🌟Xabaringiz bor, Toshkent tumanida sportning mini-futbol hamda futbol turlari boʻyicha 16-30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida DXX kubogi musobaqalarining mahalla bosqichiga start berilgan edi.

💫 Kuni kecha esa Toshkent tumani mahallalari boʻylab davom etayotgan futbol musobaqasida "Zargar" va "Xiyobon" mahalla yoshlari  bellashdilar.
   
 Oʻyin davomida yosh futbolchilari raqiblariga imkoniyat qoldirmadilar va o'yin 6:0 hisobida Zargar mahalla yoshlari g'alabasi bilan oʻz yakuniga yetdi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: tadbirkorlarga berilgan eng muhim 9 ta kafolat

1️⃣ Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.

2️⃣ Tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.

3️⃣ Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi.

4️⃣ Bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning sir tutilishi kafolatlanadi.

5️⃣ Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.

6️⃣ Davlat halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi.

7️⃣ Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi.

8️⃣ Yer xususiy mulk boʻlishi mumkin.

9️⃣ Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bilasizmi

Pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli vafot etgan fuqaroning oila aʼzolariga vafot etgan oy uchun toʻliq miqdorda toʻlanadi. Bunda pensioner vafot etgan oy uchun bank plastik kartasiga kirim qilingan mablagʻlar vafot etgan pensionerning oila aʼzolariga qayta toʻlanmaydi va Pensiya jamgʻarmasiga qaytarilmaydi.

Oilaning bir necha aʼzolari olinmay qolgan pensiya puli uchun murojaat qilgan taqdirda, ularga berilishi kerak boʻlgan pensiya puli ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Koʻrsatib oʻtilgan pensiya pulini olish uchun pensioner vafot etganidan soʻng oltmish kundan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi.

👉 Batafsil

Dilshod Muhiddinov,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Toshkent tuman bo‘limi boshlig‘i.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Ogohlantirish

🆘 Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent tumanining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi

‼️ "Toshkenttumangaz" gaz ta'minoti bo'limi
Sizga shuni ma'lum qiladiki, Keles shahar hududi Huvaydo mahallasi Ofarin ko'chasida joylashgan yer usti o'rta bosimli D-159mm va past bosimli D-89mm gaz quvurlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Huvaydo mahallasi Ofarin , Keles yo'li, M. Qoshg'ariy ko'chalaridagi 270 ta aholi xonadonlar, 6 ta ulgurji tashkilotlar hamda Ittifoq mahallasi Keles yo'li, Muqimiy, Nurxon ko'chalaridagi 180 ta aholi xonadonlari, 6 ta ulgurji tashkilotlarga ❗️2023-yil 12-may soat 09:00dan-17:00gacha❗️ tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to'xtatilishi haqida ogohlantiradi.

🔴 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

“Toshkenttumangaz” gaz ta’minoti bo’limi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_inshoot

💫Nurhayotda yangi bogʻcha foydalanishga topshirildi

Toshkent tumani Nurhayot mahallasida kapital taʼmirdan soʻng 39-maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

🌟120 oʻrinli ushbu bogʻcha endilikda mahallada istiqomat qiluvchi va bogʻchaga borish uchun navbat kutayotgan bolajonlarni oʻz bagʻriga oladi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🎉1
#Toshkent_tumani
#Nazorat

♻️ Mahallalarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash ishlari oʻrganildi

Xabaringiz bor, Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari evaziga amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Toshkent tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash bilan bogʻliq qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

💦Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov jamoatchilik nazorati guruhi a'zolari hamda tegishli korxona-tashkilotlar mutasaddilari bilan birgalikda joylarda loyihaning amalga oshirilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Suv koʻtarish inshootlarining holati hamda Masalboy hududida ichimlik suvi quvurlarini yotqizish ishlarini oʻrgangan ishchi guruh vakillari, har bir obʼektni koʻzdan kechirgach, joylarda loyihaning kechishi holati boʻyicha pudrat tashkilot rahbarlari bilan suhbatlashib, kamchiliklar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2