Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.21K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Sabzavot podstantsiyasidan chiquvchi 35/6kV quvvatli Tutzor fiderida ta'mirlash va simlarni daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan Tutzor, Iqbol, Sabzovot mahallalarida (qisman) joriy yil 12-may kuni soat❗️ 09:00dan 18:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қайта тикланувчи энергия манбаларидан фойдаланишни рағбатлантириш учун аҳоли ва кичик тадбиркорлик учун “яшил” кредит маҳсулотлари яратилади. Ажратилган кредит фоизларининг бир қисми компенсация қилинади.

Для стимулирования использования возобновляемых источников энергии будут созданы "зеленые" кредитные продукты для населения и малого бизнеса. Часть процентов по выделенным кредитам будут компенсироваться.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bilasizmi

❗️Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar uchun tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.

💰 Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida bandligi ta’minlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so‘mgacha davlat granti ajratiladi.

☑️ Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:

▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;

▫️ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan;

▫️xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;

▫️nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz;

▫️norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan;

▫️odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;

▫️umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarini tugatgan, OTMga o‘qishga kira olmagan yoki oliy ta’limda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar;

▫️muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kasblar_festivali

💫Bitiruvchilar kelajagi uchun...

📚 Toshkent tumani hokimligida Respublika Tashxis Markazi tashabbusi bilan tumandagi  maktab bitiruvchilarini kasbga va oliy taʼlimga yoʻnaltirish maqsadida «PERFECT UNIVERSITY»universiteti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

♻️ Yigʻilishda, «PERFECT UNIVERSITY» dan  tashrif buyurgan vakillar,Tashxis Markazining "Kasbga yo'naltirish" bo'limi boshlig'i X.Foziljonov, TVMMTT tashxis sho'basi rahbari Sh.Xakimova, tuman  MMTB  boshligʻi  N. Ubaydullayeva, psixologi B.Raximova, maktab bitiruvchilari va ularning ota- onalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida namoyish etilgan taqdimotlar orqali mazkur universitetdagi mavjud shart-sharoitlar haqida bitiruvchilarga batafsil maʼlumot taqdim etish barobarida oʻquvchilarni  qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

Bu singari tadbirlarni o'tkazishdan asosiy maqsad maktab bitiruvchilarida oliy ma'lumot egasi bo'lishlariga qiziqishlarini oshirishdan iboratdir.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

12-may-Xalqaro hamshiralar kuni

🌟Har yili 12 may – Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyoda munosib nishonlanib, hamshiralarga alohida ehtirom koʻrsatiladi.

💫Darhaqiqat, tibbiyot sohasini hamshiralar faoliyatisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Sohadagi eng soʻnggi tibbiyot texnologiyalari asosidagi operatsiyalarni muvaffaqiyatli oʻtkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, ona-bola parvarishi, shoshilinch va tez tibbiy xizmat, sanitariya-epidemiologiya, farmatsevtika kabi qator sohalarida yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan 300 ming nafardan ziyod oʻrta tibbiyot xodimlari, hamshiralarning oʻrni beqiyos. Shu jumladan, uyma-uy yurib, oiladagi tibbiy madaniyat darajasining yuqori boʻlishida ulkan hissa qoʻshib kelishayotgan patronaj hamshiralarning mehnati ham alohida tahsinga loyiq.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi tomonidan tumanda faoliyat yurituvchi tez tibbiy yordam, koʻp tarmoqli poliklinika, oilaviy poliklinika va Markaziy shifoxona hamshiralariga eʼtibor koʻrsatildi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#Ijtimoiy_himoya

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi eʼtiborda

Mamlakatimizda imkoniyati cheklanganlarga eʼtibor tobora ortib bormoqda. Hokimliklar va tegishli tashkilotlar ularning holidan xabar olib, muammolarini oʻrganib amaliy yordam berib kelmoqdalar.

👍Xususan bugun, Toshkent tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami vakillarining uzogʻini yaqin qilish maqsadida Respublika Protez-ortopediya va reabilitatsiya ishlab chiqarish korxonasi mutaxassislari tumanga taklif qilindilar.

Oyoq va qoʻl, shuningdek boshqa tana aʼzolari proteziga muhtoj boʻlgan 200ga yaqin imkoniyati cheklangan fuqarolardan tana aʼzolarining oʻlchami olinar ekan, ular uzoq yoʻlga bormasdan protez-ortopediya mahsulotlari olish imkoniyatiga ega boʻlganliklari uchun tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Isteʼdod

🏆Mumtozabegim Gran-pri sohibasi boʻldi

💫Toshkent viloyati Toshkent tumani 20- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 3-B sinf oʻquvchisi Mumtozabegim Xasanova Samarqand viloyatida bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan "Tansuy vsey dushoy" nomli Xalqaro raqs tanlovining "milliy raqs" yoʻnalishi boʻyicha Gran-pri sohibasi boʻldi.

Toshkent tumani MMTB boshligʻi Nilufar Ubaydullayeva Mumtozabegimga kelgusidagi raqs bellashuvlarida yanada yuqori choʻqqilarga erishishini tilab, iste'dod egasiga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini hadya qildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

🥇"Eng yaxshi korxona" nominatsiyasi g'olibi aniqlandi

Bugun tuman MMTB tashkiloti Kasaba uyushmalarning viloyat kengashida "Mehnat muhofazasini tashkil etish" bo'yicha e'lon qilingan tanlovining viloyat bosqichi yakunlariga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tdi.

⭐️Tanlovga tavsiya etilgan Toshkent tumani MMTB tasarrufidagi 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi "Eng yaxshi korxona" nominatsiyasida 1-o'rinni egallagani uchun diplom va qimmatbaho sovg'a bilan taqdirlandi.

Toshkent tumani 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi rahbari va jamoasini chin qalbimizdan tabriklab, Respublika bosqichidagi tanlovlarda ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Hurmatli fuqarolar!

⚡️Jamoatchilik fikri asosida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish jarayoni bilan tanishing.

Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga respublika bo‘yicha jami ajratilgan tegishli mablag‘lar hududlarga mavjud mahallalar va aholi sonidan kelib chiqib taqsimlanadi;

Har bir mahalla fuqarolar yig‘ini raislari umumiy qiymati 8 mlrd so‘mdan oshmagan takliflardan iborat loyihalar paketini shakllantiradi hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga kiritadi;

Shakllantirilgan loyihalarni tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya o‘rganib chiqib, saralagan holda ovoz berish jarayoniga o‘tkazadi;

Fuqarolar “Ochiq budjet” portaliga kirgan holda shaxsiy kabinetlari orqali ovoz berishda loyiha bilan bir vaqtda tadbirlar uchun ham ovoz beradi.

#obod_qishloq #obod_mahalla

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim transportlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi vaqtincha talab etilmaydi

“Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–153-son, 11.05.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024-yil 1-yanvargacha to‘xtatib turiladi:

🔹eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm kubdan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport vositalarini;

🔹shu jumladan xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni.

📌 Bunda, ushbu transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarur.

⚠️ Shuningdek, buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turiga kiritildi (ilgari shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turi hisoblangan).

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

💫 Uch avlod uchrashuvi

Inson qadri muqaddas, inson xotirasi barhayotdir. Zero, xotirasi bo‘lmagan, tarixini unutgan, o‘z ajdodlarini tanimagan xalqning kelajagi bo‘lmaydi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tumani sudi tashabbusi bilan 9- may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#paralimpiya

💫 Bizni mehr birlashtiradi

Aynan shu shior ostida  Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman bo'limi tomonidan Besh tashabbus olimpiadasining Paralimpiadasi doirasida sportning shaxmat va shashka yo'nalishi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Universal sport majmuasida o'tkazilgan musobaqada tumandagi 70 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirok etib o'z iqtidorlarini namoyon qilgan xolda o'zaro murosasiz bahslashishdi.

👍Musobaqada faol ishtirok etib faxrli 1-2-3-o'rinni egallagan iqtidorli yoshlarimizga Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi tomonidan maxsus diplomlar topshirildi. Tuman bosqichida g'olib bo'lgan yoshlarimiz viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

O'ylaymizki bu kabi sport tadbirlari yoshlarimizda, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini qaror toptirish, ularning buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik an’analarini munosib davom ettirishga qodir insonlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM