Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.22K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Jarayon

📣Targ'ibot tadbirlari: FVB xodimlari hududlarda

Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi, Yong'inga qarshi kurashish jamiyati xodimlari bilan birgalikda joriy yilning 24-yanvar kuni Toshkent tumani mahallalari hududidagi korxona-tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlari, ijtimoiy soha ob'ektlarida bo'lib, ishchi xodimlar bilan qish mavsumini betalafot o'tkazish va is gazidan zaharlanish hamda boshqa ko'ngilsiz hodisalarini oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar, targ'ibot tadbirlarini o'tkazdilar.

⁉️Tadbir davomida fuqarolarga nosoz, qoʻlbola elektr, gaz jihozlaridan foydalanmaslik boʻyicha tushuntirishlar berilib, eslatma va bukletlar tarqatildi.

Hurmatli fuqarolar❗️

⚡️Sizlardan isitish maqsadida, elektr uskunalari va gaz jihozlaridan foydalanish davrida xavfsizlik va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etishingizni, suyultirilgan gaz, ko’mir va shunga o’xshash mahsulotlardan foydalanishda is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida, kerakli choralarni ko’rishingizni so’rab qolamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_saxovat

💫Zargar mahallasi aholisi e'zozda

Toshkent tumani Zargar mahallasi raisi, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi saxovatpesha insonlar ko'magi bilan ijtimoiy ko'makka muhtoj aholi qatlami, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ayollar va yakka-yolg‘iz keksalar xonadoniga osh tarqatdilar.

Anomal sovuq davrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan oilalarga oz bo‘lsa-da dalda bo‘lishni maqsad qilgan hokimlik va mahalla vakillari xonadon egalariga issiq ovqat, mehr va eʼtibor ulashishga harakat qildilar.

🎚️Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jinoyat_va_jazo

Tibbiyot xodimiga jarohat yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatiladi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

💫Xotin-qizlar faollariga planshet topshirildi

Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida 24-yanvar kuni Toshkent viloyati hokim o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zuhra Mirgaziyeva, Toshkent tumani hokim o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Lola Karabayeva hamda tumandagi barcha mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📖Unda Toshkent tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi va barcha mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan 2022-yil davomida olib borilgan ishlar sarhisobi hamda 2023-yilda amalga oshiriladigan rejalar muhokama etildi.

📱Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 300-son Qarori ijrosini taʼminlash ushbu qaror bo‘yicha ishlarni rejali tashkil etish uchun mahalladagi xotin-qizlar faollariga maxsus PLANSHETlar O‘zbekiston Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan topshirildi.

🎚️Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

‼️2010 yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati – 31 mart

💢 Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

▫️2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
▫️2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
▫️2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha;
▫️2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

📣 Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

📆 Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.

https://t.iss.one/AOKBToshvil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun hokimliklar tomonidan quyidagi choralar ko‘rilishi kerak:

🔸barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil qilish;

🔸“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ko‘mir va suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim bilan taʼminlash;

🔸olis borish qiyin hududlar va tabiiy ofatlar oqibatida talafot ko‘rish ehtimoli mavjud qishloqlarda ko‘mir va suyultirilgan gazni yetkazib berish va kamida 15-20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#Jarayon

Kalas va Ma'rifat mahallasi hokim yordamchilari Konsepsiya taqdimotini o'tkazdilar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16- avgustdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida” gi PQ-450-son qaroriga asosan hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha konsepsiya har yili yanvar oyida hokim yordamchisi tomonidan ishlab chiqilishi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida har tomonlama muhokama qilinishi belgilangan.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 23-yanvar kunidan boshlab har bir hududda mahalla faollari, aholi va mutasaddi tashkilotlar hamda sektor rahbarlari oldida hokim yordamchilari tomonidan 2022-yilda qilingan ishlar hisobot berilib, 2023-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar yuzasidan ishlab chiqilgan konsepsiya taqdimoti bo'lib o'tayotganligi haqida xabar bergan edik.

Kalas va Ma'rifat mahallasi hokim yordamchilarining Konsepsiyasi taqdimoti yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident farmoni bilan vazirlik va idoralarda budjet va nobudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz).

Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar bo‘shamoqda.

Hukumatga bo‘ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barcha qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:

vazirliklar – 21 ta;
qo‘mitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
inspeksiyalar – 11 ta.

Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 ming 573 nafar etib belgilanmoqda.

Vazirlik va idoralarning nobudjet mablag‘laridan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarni kiritishi qatʼiy taqiqlanmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

💫Toshkent tumanining ishbilarmon ayollari eʼtiborda

Kuni kecha Toshkent viloyati hokim oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Z.Mirgaziyeva, Toshkent tumani hokim oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi L.Karabayeva boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtganligi haqida xabar bergan edik.

Yigʻilishdan soʻng Zuhra Mirgaziyeva va Lola Karabayeva Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 376-son qarori boʻyicha Ozodlik mahallasi hududida ish faoliyatini boshlagan Tadbirkorlik Markazi bilan yaqindan tanishdilar.

Hozirgi kunda ushbu markaz “Nafis uslub” MCHJga tadbirkor ayol Zilola Poʻlatova tegishli tartibda ijaraga berilgan.

Shuningdek, Koʻksaroy mahallasi Bogʻ koʻchasi 41-uyda istiqomat qiluvchi Toshkent kimyo xalqaro universitetining 1-kurs talabasi Irodaxon Maxsudova xonadoniga borib, u yaratgan nafis sanʼat asarlari bilan tanishdilar.

Iqtidorli qizimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imtiyozlar doirasida xalqaro tanlovlarda ishtirok etish taklifi berildi.

🎚️Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Bemor holidan xabar olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 23-yanvar kuni soat 16:30larda Toshkent tumani tez yordam xodimlari (shifokor va feldsher) xizmat vaqtida kelib tushgan chaqiruvga asosan, tumandagi Qorabo‘rik mahallasiga yetib borganligi, jarohat olgan bemor (ayol)ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatayotgan vaqtlarida, ayolning o‘g‘li (1999 y.t. O‘.A.) kirib kelib, janjal ko‘targanligi va tibbiyot xodimini jarohatlaganligi haqida xabar tarqalgan edi.

Bugun Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining birinchi muovini Jaxongir Asatullayev va Toshkent tumani Tibbiyot birlashmasi rahbarining davolash ishlari bo‘yicha muovini Xasan Rixsiyevlar 1993 yilda tug‘ilgan feldsher holidan xabar olish uchun bemor davolanayotgan shifoxonada bo‘ldilar.

Bemorning holati o‘rta og‘irlikda, 24 yoshli fuqaroga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda keyingi paytlarda tibbiyot xodimlariga nisbatan bemorlarning qarindoshlari va yaqinlari tomonidan nohaq tahdid qilinishi, hatto, tan jarohati yetkazilishi holatlari tez-tez kuzatilayotgani juda ayanchli holatdir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana bir karra xalqqa, jamoatchilikka murojaat qilib shuni maʼlum qiladiki, tibbiyot xodimi uchun eng ezgu maqsad — dardiga malham istab kelgan har bir bemorga shifo baxsh etish. U bunday ezgu vazifani kimningdir tahdidi yoki do‘q-po‘pisasidan qo‘rqqani uchun emas, avvalo, o‘zining xizmat burchi, insoniy vazifasi bo‘lgani uchun vijdonan bajaradi.

🎚️Jarayon yuqoridagi fotolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Hurmatli davlat bojxona xizmati organlari xodimlari!

Sizlarni 26-yanvar – O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM