Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Onlayn

Aholining ko‘p yillik orzulari ushalmoqda

🛣Xabaringiz bor, “Tashabbusli budjet” 2022 yil 2-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni yakunlanib, natijalarga ko‘ra mamlakatimiz bo‘ylab jami 1 ming 418 ta loyiha g‘olib deb topilgan edi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 1 trln. so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilgan.

🟢Ayni damda Toshkent tumani Majnuntol mahallasi, Qamarnisoga o‘tish ko‘chasi asfalt qilinmoqda.

"Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida Majnuntol mahallasi , Qamarniso 2 ko‘chasi, Elparvar 1,4,6,7 ko‘chalari, Sharofobod ko‘chasi jami Majnuntol mahallasining o'zida 3 ming 228 metr ichki ko‘chalar asfaltlashtiriladi.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_va_eʼtibor

🔹 Qutlug' sana munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi

3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan insonlar uchun tuman hokimligi, O‘zbekiston Nogironlar jamiyati tuman bo‘limi hamda homiylar ko‘magida “Omad saroy” marosimlar uyida bayram dasturxoni yozildi.

Mazkur mehr-muruvvat tadbirida tuman hokimining o‘rinbosari Ilyos Dostonov so‘zga chiqib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning jamiyatda teng huquqliligi, har biri Davlatimiz rahbarining eʼtiborida ekanligini taʼkidlab, ularga sog‘lik va salomatlik tiladi.

🎼Tadbirning badiiy qismida tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Batafsil ushbu videolavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Audio
#dayjest

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.


🔘Toshkent tumani. 2-sektor hududidagi 17 ta mahallaning hokim yordamchilari tashabbusi bilan “Sirgʻali” mahallasidagi “Fayzibaland” koʻchasiga 60 tup olma koʻchati ekildi.

🔘Chirchiq shahri. 100 dan ortiq milliy gvardiya chirchiq shahar qo'riqlash bo'limi xodimlari ko'chat o'tkazish jarayonida faol bo'lishdi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimi Ixtiyor Qosimovning tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanga 20 mingdan ziyod mevali daraxt koʻchatlari olib kelinib, hududlarga tarqatilmoqda.

🔘Ohangaron shahri.Qoʻrgʻon” MFY hududiga Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi viloyat boʻlimi tomonidan mevali va manzarali daraxt koʻchatlari olib kelindi.

🔘Parkent tumani.Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlarda tuman IIB xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Onlayn

🤼Ayni damda,  Toshkent tumani "Ibrat"  mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 26-umumiy o‘rta taʼlim maktabida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida murabbiy  Bekzod Bahodirov tomonidan tashkil etilgan "BEK-SHOX"  klubining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan sportning Muaytay turi bo‘yicha 26-maktab ochiq birinchiligi o‘tkazilmoqda.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Gaz va elektr energiyasi bugun internetda kun mavzusi boʻlib turibdi.

Toʻgʻri, shu kunlarda poytaxtda ham viloyatlarda ham gaz taʼminoti borasida yetishmovchilik kuzatilmoqda.

Buning sababi oʻlaroq, Oʻzbekiston energetika vazirligi, yer osti gaz konlarida qazib chiqariladigan tabiiy gaz xajmi kamayganligini va uni oshirish choralari koʻrilayotganligini maʼlum qildi.

Unga koʻra, hozirda qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz toʻliq ichki isteʼmol uchun, xususan aholi uchun va ijtimoiy sohaga hamda issiqlik stansiyalariga yoʻnaltirilmoqda.

Hurmatli Toshkent viloyati fuqarolari!

Tashqarida qish, havo sovuq, agar Siz, shu vaziyatda ogʻir ijtimoiy ahvolda boʻlsangiz, “1055 Toshkent viloyati boʻyicha Markaziy dispetcherlik xizmati” telegram guruhi orqali mavjud vaziyat haqida xabar bering.

Yoki +998951432056, +998951462056 raqamlari orqali, 7/24 tartibda ishlovchi aloqa markazi (call center)ga murojaat qiling.

Ushbu shtabda – Viloyat IIBB, Elektr, Gaz, Koʻmir va Suv taʼminoti, Maktabgacha va oʻrta taʼlim tashkilotlari hamda favqulodda vaziyatlar va sogʻliqni saqlash boshqarmasi vakillari faoliyat yuritib, murojaatlarni tegishliligi boʻyicha ijobiy hal etish choralarini koʻrishmoqda.

Toshkent viloyati boʻyicha Markaziy dispetcherlik xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хайруллоҳ домла Абдуллаев:
Кимки ўз жонига бирор нарса билан қасд қилса,
Қиёматга қадар шу тарзда азоб чекади

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yiliga 200 millionta ko‘chat ekiladi

“2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
gi Prezident qarori (PQ–436-son, 02.12.2022 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

▫️issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;

▫️qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;

▫️sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;

▫️yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini 30 foizga kamaytirish;

▫️suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy etish;

▫️yiliga 200 million ko‘chat ekish va ko‘chatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;

▫️respublika o‘rmon fondi zaxiralari ko‘rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;

▫️hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish.

🗓 2023 yil 1 iyundan mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga taʼsirni cheklash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar asosida “yashil sertifikatlar" tizimi joriy etiladi.

☑️ 2024 yil 1 yanvardan:

🔹 barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi Iqlim o‘zgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) yo‘lga qo‘yiladi;

🔹yangi quriladigan, quvvati 1 MVtdan yuqori bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida ushbu stansiyalarning o‘rnatilgan quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

📃 2023 yil 1 maygacha "Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

👉Manba

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Jarayon

Havoning keskin sovib ketishi tufayli yuzaga kelayotgan avariya holatlarini bartaraf etish jarayoni fotosuratlarda

Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida avariya holatlari koʻpaymoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent viloyati filialida bugun tunu kun ish qizgʻin.

Maxsus shtab faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, fuqarolar murojaatlari asosida energiya taʼminotidagi uzilishlarni zudlik bilan taʼmirlash choralari koʻrilmoqda.

Foto: Avariya holatlarini bartaraf etish jarayonlari

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Murojaat

Fuqarolarni sabrli boʻlishga chaqiramiz!

Bugungi kunda Toshkent tumanining beshta mahallasi xonadonlariga ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida tabiy gaz taʼmminoti umuman yetib bormayapti. Qolgan mahallalarda gaz bosimi juda pasayib ketgan. Bu esa tumandoshlarimiz orasida koʻplab noroziliklarga sabab boʻlmoqda.

Muammolarning yechimi boʻyicha 3 dekabr kuni Respublika "Uztransgaz" va "Hududgaz" tashkilot mutasaddilari, 4 dekabr kuni esa tumangaz rahbarlari bilan Qibray tumanidagi tumanlararo gaz taqsimlash markazida tegishli tashkilot mutasaddilari bilan uchrashdik. Nasib etsa, bugundan xayrli yechim boʻlishi kutilmoqda.

Aziz tumandoshlar!
Hozirgi kunda viloyatimizning deyarli barcha tuman va shaharlarida, qolaversa Toshkent shahrida ham kunlarning keskin sovib ketishi oqibatida gaz bosimi pasayib ketgan. Hech kimga oson tutmaymiz, barchangizni sabrli boʻlishga chaqiramiz.

Toshkent tumani kengashi deputati Mirislom Usmonov

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website