Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.9K subscribers
20.2K photos
4.63K videos
31 files
13.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Taʼlim

Kasb-hunar maktabi faoliyati hokim nazarida

♻️Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish uchun taʼlim muassasasida boʻldi.

Toshkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida 24 nafar oʻqituvchi-xodimlar faoliyat olib boradi. Shulardan 9 nafari umumtaʼlim 2 nafari maxsus fan oʻqituvchilari 13 nafari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini tashkil etadi. Bu oʻqituvchilarning 36 foizi malaka toifasiga ega. Bir nafari yetakchi oʻqituvchi 3 nafari bosh oʻqituvchi hisoblanadi. Barcha ishlab chiqarish taʼlimi ustalari xalqaro sertifikatlarga ega.

🔷Bugungi kunda kasb-hunar maktabida oʻquvchilarga 7 ta kasb boʻyicha taʼlim beriladi. Ularning orasida oshpazlar, hamshiralar, tikuvchilar, buxgalterlar, tadbirkorlar, xizmat koʻrsatish sohasi xizmatchilari va boshqalar bor.

🔵Tuman hokimi yoshlar bilan suhbatlashar ekan, ularning kelajakka boʻlgan ishonchi juda muhim ahamiyat kasb etishi, ular egallagan kasbidan unumli foydalanishi va Yurtboshimiz ishonchini oqlashi nechogʻlik muhimligi haqida soʻz yuritdi.

🟢Uchrashuv soʻngida ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan guruhda taqdimot oʻtkazilib, kasb-hunar maktabi yutuqlari namoyish qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tajriba

Hokim yordamchisi oʻquv-amaliy seminarda


Ayni kunlarda Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida "Turkiyzabon Dunyosi munitsipalitetlari Ittifoqi" tomonidan hokim yordamchilarining navbatdagi guruhi uchun oʻquv-amaliy seminari oʻz yakuniga yetdi.

Seminarda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan respublikaning turli hududlaridan tanlab olingan hokim yordamchilari jumladan Toshkent tumani Kir-ariq mahallasi hokim yordamchisi A.Nurmurodov ham ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilari Turkiya tajribasi asosida mahalliy hokimiyat organlarining tadbirkorlar bilan hamkorligi, ularning oʻzaro qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari borasida bilim olishdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Juma - qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.


Mazkur sohadagi yangiliklar bilan Yangiyoʻl, Nurafshon shaharlari hamda Piskent, Oʻrta Chirchiq, Boʻka, Yangiyoʻl, Toshkent tumanlari misolida Muzayyana Davlatova (sunʼiy intelekt) tanishtiradi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️"Vatandosh kartasi"ga ega shaxslar O'zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkinligi belgilandi


Prezident Qarori (PQ-397-son, 20.11.2024 y.) bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to'g'risida Nizom tasdiqlandi

🔰 Nizom bilan yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi belgilandi.

"Vatandosh" guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag'batlantirish shakli bo'lib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan do'stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo'shayotgan, respublikada xayriya (mesenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda "Vatandosh" kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.

➡️Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish bo'yicha taqdim etilgan nomzodlarni ko'rib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.

🔖"Vatandosh" kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda O'zbekiston Respublikasi hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat;

⚡️Kartaga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:

O'zbekiston Respublikasiga hududiga vizasiz kirish va chiqish;
mamlakat hududida ko'chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko'chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug'ullanish;
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta'lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.

❗️Karta egalarining oila a'zolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:

🔹amaldagi viza muddatini uzaytirishda O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan ko'p martalik viza olish;
🔹O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, ta'lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
🔹vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

“Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir”

Aynan shu shior ostida joriy yil 22-noyabr kuni 65921-harbiy qismida Toshkent tumanidagi inspektor-psixologlari-mayor A.Namozov, leytenant A. Mamajonov va K.Orzuqulovlar tumandagi 1, 23,24,26,28-maktab oʻquvchilari hamda Toshkent tumanidagi Mudofaa Vazirligiga qarashli 9-maktab qoshidagi “Jasorat vatan tayanchi harbiylashtirilgan taʼlim maktabi” oʻquvchilarini jalb etgan holda “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.

Tadbirda, Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash nuroniylar jamgʻarmasi Qibray tumani raisi Sayfullo Temirov, Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari, FVV faxriysi Xamidullo Orifjonovlar ishtirok etdi.

Tadbir soʻngida Milliy gvardiya AHNKO musiqiy konsert dasturini namoyish etdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM