Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.19K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Халқ депутатлари Тошкент шаҳри Кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтмоқда. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этмоқда.

Давлатимиз раҳбари сўзининг аввалида мураккаб ва таҳликали замонда яшаётганимиз, Яқин Шарқдаги ва асосий ҳамкорларимиз ўртасидаги можаролар ечим топмаётганини, шу жумладан Москва вилоятидаги мудҳиш теракт оқибатида халқаро вазият янада жиддий тус олаётганини қайд этди.

Бундай мураккаб шароитда иқтисодиётимизга, аҳоли даромадларига салбий таъсирни камайтириш энг муҳим вазифалардан бири экани таъкидланди. Бунинг учун маҳалланинг иқтисодий заминини мустаҳкамлаш, одамлар даромадини кўпайтириш учун мавжуд имкониятларни тўлиқ ишга солиш зарурлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X
Президент пойтахтда ҳали ишга солинмаган имкониятларни кўрсатиб ўтди.

Жумладан, 979 та ер участкасини аукционга чиқариш, қишлоқ хўжалигидан саноат ва аҳоли пункти тоифасига ўтган 175 гектар ерларни тадбиркорларга бериш орқали янги лойиҳаларни амалга ошириш мумкин.

Пойтахтдаги корхона ва ташкилотларда мавжуд 98 минг бўш иш ўрни – аҳоли бандлигини таъминлаш учун ишга солинмаган имкониятлардан бири. Бундан ташқари, Янгиҳаёт туманида 764 гектар ерда ташкил этилаётган “Янги авлод” махсус саноат зонасида яна ўн минглаб иш ўрни яратиш имконияти бор.

Facebook|Instagram|X
Сессияда ташкилий масала кўриб чиқилди.
Президент Тошкент шаҳри ҳокими лавозимига ҳоким вазифасини бажариб келаётган Шавкат Буронович Умурзоқов номзодини тавсия этди.

Шаҳар ҳокимини тайинлаш масаласи овозга қўйилди. Овоз бериш натижаларига кўра, Шавкат Умурзоқов Тошкент шаҳри ҳокими этиб тасдиқланди.

Давлатимиз раҳбари халқ вакиллари билдирган бу юксак ишонч янги ҳокимдан катта масъулият, тинимсиз меҳнат ва фидойиликни талаб қилишини таъкидлади.

Янги ҳоким ўз ўринбосарлари, туман ҳокимлари, сектор ва банк раҳбарлари, “маҳалла еттилиги” билан пойтахт аҳолиси учун муносиб шароит яратиш, инвестиция олиб келиб, янги-янги юқори даромадли иш ўринларини кўпайтириш, шаҳарни янада обод қилиш, бир сўз билан айтганда, одамлар рози бўлиши учун янгича ёндашув асосида катта марраларни олиб, қаттиқ ишлаши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
⚡️100 MLN SO‘MGACHA GAROVSIZ KREDIT SHARTI O‘ZGARDI, ENDI 50 MLN. SO‘MINI KARTAGA O‘TKAZISH MUMKIN

Hukumatning 2024-yil 30-mart kungi VM-181-sonli qarori bilan «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2024 -yil 20-yanvardagi VM-37-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra:

🟰Baholash guruhining har bir aʼzosi loyihalarni tanlab olish va toifalarga ajratish masalalarida uch ish kunida o‘z fikr va mulohazalarini berishi shart. Guruh aʼzosi ushbu muddat davomida munosabat bildirmagan taqdirda, u tomonidan ijobiy xulosa berilgan deb hisoblanadi (Avvalgi tartibda ushbu uch kunlik muddat belgilanmagan edi. Chinovniklar istagan vaqtida qarab, istamasa arizalar ushbu guruhning tasdig‘idan o‘tishda uzoq vaqt qolib ketayotgan edi. Ajoyib taklif).

🟰O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan jismoniy shaxslar moliyaviy instrumentlardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritganda belgilangan tartibda tadbirkorlik subʼekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🟰O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlarning 50 foiz qismi ularning bank kartalariga o‘tkazib berilishi mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент ер ўта чекланган шароитда бор инфратузилмани вертикал ўстириш орқали саноат ва савдони ривожлантириш зарурлигига алоҳида эътибор қаратди.

Масалан, йирик бозорларни қават-қават усулда кенгайтириш, Юнусобод кичик саноат зонасидаги биноларни 3-4 қават қилиб қайта қуриш ҳисобига қўшимча майдонларни ҳосил қилиш имкониятлари кўрсатиб ўтилди.

Вазирлар Маҳкамасига унумли фойдаланилмаётган давлат объектларини хатловдан ўтказиб, уларни ўрнида саноат ва хизматларда юқори даромадли иш ўрни яратадиган лойиҳаларни жойлаштириш дастурини тасдиқлаш топширилди.

Facebook|Instagram|X
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatida savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.

🔷Davlat aktivlari 139 ta (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish 490 ta (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi 1792 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk 270 ta (Ko'rish)
🔷Avtomototransport 397 ta (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari 1862 ta (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi 6 ta (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar 45 ta (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari 179 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari 308 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari 2831 ta (Ko'rish)
🔷Микромарказлар 16 ta (Ko'rish)
🔷Boshqa mulklar 239 ta (Ko'rish)

E-auksion.uz Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning.

Видео кўлланма

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Toshkent tumanida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi davom etmoqda


Avval xabar berganimizdek, Toshkent tumanida "Turon” maktab teatri Respublika tanlovining 7-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida tuman bosqichi o'tkazilmoqda.

Kecha, Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida 2-sektor hududidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari ishtirokida tanlovning 2-sektor saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Unda 24-umumta'lim maktabi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Quvonarlisi, Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

Tuman (shahar) bosqichi — 1-6-aprel kunlari;

Hududiy bosqich — 22-apreldan 4-maygacha;

Respublika bosqichi — 2-5-iyun kunlari o'tkaziladi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

"Mobil telefon, planshet"larning ijobiy va salbiy oqibatlari


Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi psixologi B.Raximova va 14- umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari hamda ota-onalari "Nurafshon TV" telekanalining "ASLIDA"ko'rsatuvida.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️Hurmatli TOSHKENT TUMANI elektr energiyasi isteʼmolchilari!  

"Toshkent tuman elektr taʼminoti" korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, P/S Bog‘zor T-2dan chiquvchi 10 kV quvvatli havo tarmoqlarida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli Issiqxona-2, Ko‘prik, Shamsiobod, Damariq fiderlari orqali elektr energiyasi bilan taʼminlangan Bunyodkor, Ko‘ksaroy, Zaxariq, Bog‘izilol, Qizg‘aldoq, Chig‘atoy, Beshterak, Shamsiobod, Sohibkor, Zarbdor mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil❗️4-aprel kuni soat 9-00 dan 17:00 gacha❗️elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kambag'allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatiladi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-923-son, 02.04.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo'shimchalar kiritildi

🔰Unga ko'ra:

▶️“Hamkorlik shartnomalari”ga asosan “20 ming tadbirkor –500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga (bundan Toshkent shahrida ro'yxatdan o'tgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ayrim soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu tadbirkorlar yaratgan yangi ish o'rinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati beriladi:

🔹51 tadan 100 tagacha yangi ish o'rni yaratilganda – 3 oygacha;

🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o'rni yaratilganda – 6 oygacha;

🔹200 tadan ortiq yangi ish o'rni yaratilganda –12 oygacha.

Shuningdek, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini 2025 yil 1 yanvargacha quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari bo'yicha to'laydi:

🔸51 tadan 100 tagacha yangi ish o'rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;

🔸101 dan 200 tagacha yangi ish o'rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;

🔸200 dan ortiq yangi ish o'rni yaratilganda – ushbu soliqlarni to'lashdan ozod etiladi.

📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi

👉Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Toshkent tumani Fayziobod mahallasida sektor rahbarlari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

📹Batafsil "Nurafshon TV" telekanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishlaydigan pensionerlar, ishlovchi talabalar.

⁉️Ularning soni qancha?

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2_sektor

Sayyor qabul

📌Kecha, Toshkent tumani Sanoat mahallasi idorasida Toshkent tumani prokurori 2-sektor rahbari A.Nazarov hamda Tuman Xalq qabulxonasi mudiri N.Muxamedovlar tomonidan  sayyor qabul o‘tkazildi.

♻️
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalari muammolarini manzilli hal etish, kerakli huquqiy maslahatlar berish maqsadida o‘tkazilgan ushbu sayyor qabulda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

✔️
Sayyor qabulda murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, qolganlari tegishli tashkilotlar elektr energiya ta'minoti, suv oqova, yo‘l qurilish, kadastr, sog‘liqni saqlash, obodonlashtirishdan biriktirilgan mas'ullar tomonidan ijrosi ta'minlanishi nazoratga olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab davlat muassasalari, vazirliklar, tizim tashkilotlari va hokimliklarda 20 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylash bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

👥 Bunda respublika bo‘ylab davlat muassalari, hokimlar va tijorat banklari tomonidan doimiy ravishda bo‘sh ish o'rinlari e'lon qilib boriladi.

🖋 Arizalar Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali vacancy.argos.uz orqali topshiriladi.

⚠️ Bunda ushbu vakant lavozimlar uchun tanlovlarda test sinovi o‘tkazilmaydi.

🎬 Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil videoda tanishishingiz mumkin.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin

“Dolzarb 40 kunlik”: boshoqli don ekinlarini asrash tadbirlari oʻtkazilmoqda

🌾 Boshoqli don ekinlarining zang va boshqa kasalliklari, begona oʻtlar hamda zararkunandalarning tarqalishini oldini olish maqsadida 2024-yil 12-martdan 21-aprelgacha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi.

📹 Toshkent tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuqoridagi videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirish takomillashtiriladi


"Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 02.04.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) quyidagicha ajratiladi:

🔹33 million so'mgacha, bir yildan so'ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo'shimcha 50 mln so'mgacha revolver asosida;

🔹ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo'nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;

🔹yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo'lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so'mgacha garovsiz;

🔹10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so'mgacha garovsiz.

✔️ Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Favqulodda vaziyatlar boʻlimi "Yashil makon"da faol

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan joriy yil 29-mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosi taʼminlash maqsadida Toshkent tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kecha Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan loyiha doirasida 1450ta manzarali va 50ta mevali daraxtlar ekildi.

Sanoat mahallasida oʻtkazilgan daraxt ekish aksiyasida Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga qarashli 36,37,38-kasbiylashtirilgan yongʻin qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi faol ishtirok edi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM