Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
18K photos
4.19K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

"Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–269-son, 21.12.2022 y) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan Vazirlar Mahkamasi aʼzosi bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi tizimi joriy etiladi.

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot
va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi tugatildi.

💫 Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi.

Shunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:

🔴Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
🔴Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
🔴Tog‘-kon va geologiya vazirligi;
🔴Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
🔴Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
🔴Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
🔴Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
🔴Tabiat resurslari vazirligi;
🔴Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
🔴Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
🔴Suv xo‘jaligi vazirligi;
🔴Raqamli texnologiyalar vazirligi;
🔴Adliya vazirligi;
🔴Transport vazirligi;
🔴Madaniyat va turizm vazirligi;
🔴Mudofaa vazirligi;
🔴Energetika vazirligi;
🔴Sog‘liqni saqlash vazirligi;
🔴Tashqi ishlar vazirligi;
🔴 Ichki ishlar vazirligi;
🔴 Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️24 ta davlat boshqaruvi organining tashkiliy bo'ysunuvi o‘zgaradi

📢 Farmonga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan quyidagi respublika davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy bo'ysunuvi o‘zgaradi:

🟢 Qo‘mitalar:

🔴Davlat statistika qo‘mitasi – Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi – Mudofaa sanoati agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Mudofaa vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – O‘rmon xo‘jaligi agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Tabiat resurslari vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Davlat soliq qo‘mitasi – Soliq qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Davlat bojxona qo‘mitasi – Bojxona qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🟢Agentliklar;

🔴Yoshlar ishlari agentligi – Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Prezident taʼlim muassasalari agentligi – Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Kinematografiya agentligi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴“O'zarxiv” agentligi – Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi – Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi – Dori-darmon va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilgan holda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🟢Inspeksiyalar:

🔴Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obʼektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – Suv xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🔴Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;

🟢Boshqa organlar:

🔴Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi

👉Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM