Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.91K subscribers
20.1K photos
4.62K videos
31 files
13.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi

“Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi
Prezident qarori (PQ–15-son, 10.01.2024-y.) qabul qilindi

📊 Qarorga ko'ra, 2024-2025-yillar uchun elektrotexnika tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha asosiy maqsadli ko'rsatkichlar belgilandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

🔹misni qayta ishlash quvvatini 2024-yilda 140 ming va 2025-yilda 160 ming tonnaga yetkazish;
🔹mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2024-yilda 30,8 trillion so'mgacha va 2025-yilda 38 trillion so'mgacha oshirish;
🔹mahsulotlar eksport hajmini 2024-yilda 1,5 milliard AQSH dollari va 2025-yilda 2 millard AQSH dollari miqdorida ta'minlash.

🏦 Elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024-2026- yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.

Bunda banklar tomonidan tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 7 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.

🗓 2027-yil 1-yanvargacha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizidan kam bo'lmagan elektrotexnika tarmog'i korxonalariga foyda solig'i va mol-mulk solig'i bo'yicha stavkalar 50 foizga kamaytiriladi.

🔰 2024-yil 1-apreldan davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (O'zbekiston) narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:

3 ta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;
2 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz;
1 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz.

📝 Qaror bilan shuningdek, 2024-yil 1-fevraldan O'zbekistonga olib kirishda ularning sifati, xavfsizligi va servis kafolatini ta'minlaydigan ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo'lishi talab qilinadigan mahsulotlar ro'yxati tasdiqlandi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Toshkent viloyati 86 yoshda

Bugun yodga olarli kun. Toshkent viloyati 86 yoshga toʻldi. 1938-yilning 15-yanvar kunida O‘zbekiston SSR tarkibida tashkil qilingan. Yurtimizning eng salohiyatli, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan hududi hisoblanadi.

Viloyatning ma’muriy markaziNurafshon shahridir. Toshkent viloyatida 15 ta tuman va 7 ta shahar mavjud.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xatlov

Ishchi guruh faoliyatidan


Toshkent tumani "Ayollar daftari" 5-bosqichi ishchi guruh shtab aʼzolari tuman hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari Lola Qoraboyeva boshchiligida Sarke mahallasi xatlovi jarayonini oʻrgandilar.

Xatlov davomida mahallaning Gulsanam koʻchasida istiqomat qiluvchi M.Saidjonova xonadonining ijtimoiy holati oʻrganilib, ushbu ayolning turmush oʻrtogʻi 2023-yil sentyabr oyida olamdan oʻtganligi maʼlum boʻldi va 7 nafar farzandi bilan yolgʻiz boquvchisini yoʻqotgan boʻlganligi munosabati bilan "Ayollar daftari"ning 5-bosqich 3-toifasiga kiritilishi rejalashtirildi.

Xatlov davom etmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

Diqqat, eʼlon!

Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Madaniyat hamda Yoshlar ishlari boshqarmalari hamkorligi ostida, sanʼatning turli yoʻnalishlari boʻyicha "Yangi Oʻzbekistonda yangi isteʼdodlar" nomli koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtadi.

Tanlovda milliy qoʻshiqchilik, folklor, baxshichilik, opera, estrada, raqs sanʼati kabi yoʻnalishlar boʻyicha 14 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan havaskorlar ishtirok etishi mumkin.

Gʻoliblar "Navroʻz" umumxalq bayramida viloyat hokimi tomonidan eʼtirof etiladi. Tanlovga materiallar 2024-yilning 15-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun tel.:
+998 99 859 25 11, +998 90 167 91 69.


Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_tayanchi

Toshkent tumanidagi "Vatan tayanchi" harakati aʼzolari jonli efirda


Toshkent tumani 9-umumtaʼlim maktabi qoshidagi "𝘽𝙐𝙍𝙂𝙐𝙏"  harbiy vatanparvarlik taʼlim sport guruhi aʼzolari va 𝙧𝙖𝙝𝙗𝙖𝙧𝙞, 𝙠𝙖𝙩𝙩𝙖 𝙡𝙚𝙮𝙩𝙚𝙣𝙖𝙣𝙩 𝙎𝙝𝙪𝙭𝙧𝙖𝙩 𝙎𝙖𝙞𝙙𝙢𝙪𝙧𝙖𝙙𝙤𝙫   "Oʻzbekiston" telekanalining 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan koʻrsatuvning jonli efirida intervyu berishdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Mahalla tizimini takomillashtirish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Diqqat
#Ogohlantirish

"MUSAFFO OBI Hayot" MCHJ OGOHLANTIRADI!


Toshkent tumanidagi D-225 mmli ichimlik suv tarmog‘ida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf qilish uchun, bugun 15-yanvar kuni soat ❗️18:00 da "Mehnat" suv ko‘tarish inshooti o‘chiriladi. Shu sababli kuyidagi mahallalarda suv bosimi kamayishi va uzilishlar kuzatiladi:

1. Qorabo‘rik
2. Beruniy
3. Zarbdor
4. Eʼzoz
5. Bog‘izilol
6. Zaxariq
7. Sohibkor mahallasining ayrim ko‘chalarida
8. Bunyodkor mahallasining ayrim ko‘chalarida 9. Qizg‘aldoq mahallasining ayrim ko‘chalarida.
Shuningdek, ushbu hududlardagi budjet va yuridik tashkilotlarda suv taʼminoti bosimi pasayishi va uzilishlar vujudga keladi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangach, ichimlik suv taʼminoti tiklanadi.
Zarur holatlarda ichimlik suvi maxsus avtoulov orqali yetkazib beriladi.

Murojaat uchun: ☎️ 78/129-03-33; 95/194-38-60; 71/208-70-50. 97/701-08-19

💦Keltirilgan noqulaylik uchun "Musaffo obi hayot" MCHJ aholidan uzr so‘raydi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Президент Шавкат Мирзиёев геология соҳасида қилинган ишлар ва келгуси режаларга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о проделанной работе и планах на перспективу в области геологии.

#Mirziyoyev #taqdimot #iqtisodiyot #geologiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing
:

🔹Suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratiladi Manba: (PQ–5-son, 05.01.2024 y.)

🔹Talabalar uchun haq to'lanadigan amaliyot o'tash tartibi belgilandi Manba: (VMQ-11-son, 08.01.2024 y.)

🔹“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlarning xaridlari uchun qo'shilgan qiymat solig'i qaytarib beriladigan tovarlar ro'yxati kengaytirildi Manba: (PQ-13-son, 10.01.2024 y.)

🔹“Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etiladi Manba: (PQ–14-son, 10.01.2024 y.)

🔹Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini import qilishda bojxona to'lovlarini kechiktirib to'lashga ruxsat beriladi Manba: (VMQ-13-son, 08.01.2024 y.)

🔹“Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi Manba: (PF-8-son, 09.01.2024 y.)

🔹Qatar bilan ishchilarni ishga qabul qilish bo'yicha hamkorlik qilinadi Manba: (PQ–18-son, 11.01.2024 y.)

🔹Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi Manba: (PQ–8-son, 09.01.2024 y.)

🔹Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi Manba: (PQ–15-son, 10.01.2024 y.)

🔹Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o'zgardi Manba: (O'RQ-895-son, 12.01.2024 y.)

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Tezkor
#Ogohlantirish

⚡️ Ayni damda Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki,
35/10 kV P/S Bog'zordan chiquvchi Damariq fiderlarida avariyaviy holat yuzaga kelganligi sababli Bunyodkor, Bog'izilol, Zarbdor, Yangi-hayot, Besh-terak mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bugun, 2024-yil 16-yanvar soat 13-00 ga qadar tiklash choralari ko'riladi.


🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда макроиқтисодий барқарорлик ва иқтисодий ривожланишни таъминлаш бўйича устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам обеспечения макроэкономической стабильности и экономического развития в 2024 году.

Facebook|Instagram|Twitter