Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Xatlov

"Ayollar daftari" boʻyicha tuman shtabi tashkil etildi


Toshkent tumanida xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning "Ayollar daftari" 5-bosqichi boʻyicha tuman shtabi ish boshladi.

Hozirgi kunda Shtab aʼzolari boshchiligida barcha mahallalarda ishchi guruhlar shakllantirilib, xonadonbay xatlov ishlari oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida oʻtkaziladigan xatlov natijalariga koʻra, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar "Ayollar daftari"ga 6 ta toifada kiritiladi va yil davomida ularga zarur yordamlar koʻrsatiladi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Xatlov

Ishchi guruh faoliyatidan


Toshkent tumani "Ayollar daftari" 5-bosqichi ishchi guruh shtab aʼzolari tuman hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari Lola Qoraboyeva boshchiligida Sarke mahallasi xatlovi jarayonini oʻrgandilar.

Xatlov davomida mahallaning Gulsanam koʻchasida istiqomat qiluvchi M.Saidjonova xonadonining ijtimoiy holati oʻrganilib, ushbu ayolning turmush oʻrtogʻi 2023-yil sentyabr oyida olamdan oʻtganligi maʼlum boʻldi va 7 nafar farzandi bilan yolgʻiz boquvchisini yoʻqotgan boʻlganligi munosabati bilan "Ayollar daftari"ning 5-bosqich 3-toifasiga kiritilishi rejalashtirildi.

Xatlov davom etmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website